Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida “molekulyar- kinetik nazariya asoslari” boʻlimini innovatsion texnologiyalardan foydalanib oʻqitish


Innovatsion ta’lim texnologiyalarining mohiyati, turlari va nazariya asoslari



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/32
Sana06.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#484792
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32
Bog'liq
4. Hikmatova Nigara BMI

Innovatsion ta’lim texnologiyalarining mohiyati, turlari va nazariya asoslari. 
Lug’aviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilganda 
(“innovation”) “yangilik kiritish” degan ma’noni anglatadi. “Innovatsiya” 
tushunchasi mazmunan aniq holatni ifodalaydi. 
Innovatsiya- muayyan tizimning ichki tuzilishini o’rganishga qaratilgan foaliyat 
“O’zbekiston Milliy entiklopediyasi”da ko’rsatilishicha, innovatsiya quyidagicha 
mazmun va tushunchalarga ega: “Innovatsiya (ingl. “innovationas” kiritilgan 
yangilik, ixtiro)” 1) texnika va tehnologiya avlodlarini almashtirishni ta’minlash 
uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag’lar; 2) imiy texnika yutuqlari, shuningdek, 
ularning urli sohalar va faoliyat doiralarida qo’llanilishi.
A.I.Prigojinning fikriga ko‘ra, innovatsiya maqsadga muvofiq ravishda 
muayyan ijtimoiy birlik tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga nisbatan munosabatga 
yangicha yondoshish, bu munosabatni bir qator turg’un elementlar bilan boyitib 
borish tushunilishi lozim. Bu o’rinda anglanadiki,muallifning qarashlari bevosita 
ijtimoiy munosabatlar,ularga nisbatan innovatsion yondoshish mohiyatini 
ifodalaydi. Shundan kelib chiqqan holda har bir shaxs, fuqaro, mutaxassis, rahbar, 
hodim qolaversa turli ijtimoiy munosabatlar jarayoning ishtirokchisi sifatida o’ziga 
xos innovator faoliyatni tashkil etadi. Amerikalik psixolog E.Rojers o’z 
tadqiqotlarida innovatsion harakterga ega ijtimoiy munosabatlarning ijtimoiy- 
psixologik jihatdan ijtimoiy munosabatlarga yangilik kiritish, bu jarayonda ishtirok 
etuvchi shaxslarning toifalari, ularning yangilikka bo’lgan munosabatlari, 
yangilikni qabul qilish, mohiyatini anglashga bo’lgan tayyorgarlik darajasi hamda 
muayyan shaxslar toifalari o’rtasidagi innovatsion harakterga ega ijtimoiy 
munosabatlarning tasnifi masalalarini o’rgangan. 
Innovatsion ta’lim (ingl. “innovation” – yangilik kiritish, ixtiro) ta’lim oluvchida 
yangi g’oya, me’yor, qoidalarni yaratish, o’zga shaxslar tomonidan yaratilgan 


25 
ilg’or g’oyalar, me’yor qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni 
shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta’lim. Innovatsion ta’lim jarayonida 
qo’llaniladigan texnologiyalar, innovatsion ta’lim texnologiyalari yoki ta’lim 
innovatsiyalari deb nomlanadi.
Ta’lim innovatsiyalari- ta’lim sohasi yoki o’quv jarayonida mavjud moummoni 
yangicha yondashuv metod va texnologiyalar. Innovatsiyalar turli ko’rinishga ega. 
Quyidagilar innovatsiyalarning asosiy ko’rinishlari sanaladi: 
-
yangi g’oyalar; 
-
tizim yoki faoliyat yo’nalishlarini o’zgartirishga qaratilgan aniq maqsadlar; 
-
noan’anaviy yondashuvlar, odatiy bo’lmagan tashabbuslar; 
-
ilg’or ish uslublari; 
ta’lim tizimida yoki o’quv faoliyatida innovatsiyalarni qo’llashda sarflanadigan 
mablag’va kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olish maqsadi ko’zlanadi. 
Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat 
qilishga imkon beradigan o’zgaruvchan mexanizmga ega bo’lishi zarur. Barcha 
sohalarda bo’lgani kabi ta’limda ham “innovatsiya” hamda ularning mohiyatini 
ifodalovchi faoliyat to’g’risida so’z yuritiladi. Agar faoliyat qisqa muddatli, yaxlit 
tizim xususiyatiga ega bo’lib, faqatgina tizimdagi ayrim elementlarni 
o’zgartirishga hizmat qilsa, innovatsiya yangilanish deb yuritiladi. 
Bordiyu faoliyat ma’lum konseptual yondashuv asosida amalga oshirilib, uning 
natijasi muayyan tizimning rivojlanishiga yoki uni tubdan o’zgartirishga hizmat 
qilsa, u innovatsiya (yangilik kiritish) deb yuritiladi. 
Ilmiy adabiyotlarda “novatsiya” (yangilanish, yangilik) hamda “innovatsiya” 
(yangilik kiritish) tushunchalarining bir biridab alohida farqlanishiga alohida 
e’tibor qaratiladi.bmisol uchun, V.I.Zagsyavinskiyning e’tirof etishicha, 
“yangi”,”yangilik” tushunchasi nafaqat muayyan g’oyani, balki hali amaliyotda 
foydalanilmagan yondashuv, metod hamda texnologiyalarni ifodalaydi. Ammo 
bunda jarayon elementlari yaxlit yoki alohida olingan elementlardan iborat bo’lib, 
o’zgarib turuvchi sharoit va vaziyatda ta’lim va tarbiya vazifalarini samarali hal 
etish g’oyalarini o’zida aks ettiradi. Darhaqiqat- yangilik vosita sanalib, u aksariyat 


26 
holatlarda yangi metod, metodika, texnologiya va boshqa ko’rinishda namoyon 
bo’ladi. I.P.Podlasiyning fikriga ko’ra, ta’lim innovatsionlari quyidagi 
o’zgarishlarga olib keladi: 
- pedagogic tizimning tamomila o’zgarishi; 
- o’quv jarayoning o’zgarishi; 
- pedagogic nazariyaning o’zgarishi; 
- o’qituvchi faoliyatining o’zgarishi; 
-o’quvchi faoliyatining yangilanishi; 
-pedagogik texnologiyaning o’zgarishi; 
-ta’lim mazmuning yangilanishi; 
- o’qitish shakl, metod, vositalarining o’zgarishi; 
-ta’lim tizimi boshqaruvining o’zgarishi; 
- talim maqsadi va vazifalarining o’zgarishi. 
V.Pedagogik innovatsion jarayon mohiyati. Zamonaviy ta’limga hos muhim 
jihatlardan biri pedagogic faoliyatning innovatsion xarakter kasb etishiga erishish 
sanaladi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlardab pedagog faoliyatining innovatsion 
xarakter kasb etishiga erishish masalasi o’tgan asrning 60-yillardan boshlab jiddiy 
o’rganila boshlagan, xususan, X.Bamet, J.Basset, D.Gamilton, N.Gross, R.Karlson, 
M.Maylz, 
A.Xeyvlok, 
D.Chen, 
R.Edem, 
F.N.Gonobolin, 
S.M.Godnin, 
V.I.Zagvyazinskiy, V.A.Kan-Kalik, N.V.Kuzmina hamda V.A.Slastenin kabi 
tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ishlarda innovatsion faoliyat, pedagogic 
faoliyatga innovatsion yondashish, innovatsion g’oyalarni asoslash va ularni 
amaliyotga samarali tadbiq etish, xorijiy mamlakatlar hamda respublikada yarat 
ilgan pedagogik innovatsiyalardan bohabar bo’lish orqali pedagog faoliyatida 
ulardan faol foydalanish borasidagi amaliy harakatlar mazmunini yoritilgan.
Mohiyatiga ko’ra innovatsiyalar munosabat yoki jarayonga yangilik kiritishning 
dinamik tizimi sanaladi. O’z-o’zidan tizim sifatida yangilik kiritish munosabat 
yoki jarayonning, birinchidan ichki mantig’ini, ikkinchidan kiritilayotgan 
yangilikning muayyan vaqt oralig’ida izchi rivojlanishi va atrof-muhitga 
ko’rsatadigan o’zaro ta’sirini ifodalaydi. V.A.Slastenin innovatsiyani yangilik 


27 
yaratish, keng yoyish va foydalanishga qaratilgan maqsadga muvofiq, 
yo’naltirilgan jaryonni majmuidir. Muallifning fikricha har qanday innovatsiya 
yangi vositalar yordamida ijtimoiy sub’ektlarning extiyojini qondirish va 
intilishlarini rag’batlantirishmaqsadini ko’zlaydi. Har qanday innovatsiyada 
“yangi”, “yangilik” tushunchalari muhim ahamiyatga ega. Turli munosabat va 
jarayonlarga kiritilayotgan yangilik mazmunan xususiy, sub’ektiv, mahalliy hamda 
shartli g’oyalar tarzida namoyon bo’ladi. Xususiy yangilik munosabat, ob’ekt yoki 
jarayonga tegishli elementlardan birini o’zgartirish, yangilashni nazarda tutadi.
Sub’ektiv yangilik ma’lum ob’ektning zaruriyatini ifodalaydi. Mahalliy yangilik 
alohida olingan ob’ekt uchun kiritilayotgan yangilikning amaliy ahamiyatini 
tavsiflash uchun xizmat qiladi.Shartli yangilik esa munosabat,ob’ekt yoki 
jarayonda murakkab progressiv yangilanishning sodir etilishini ta’minlovchi 
ma’lum elementlarning yig’indisini yorotishga hizmat qiladi. R.N.Yusufbekova 
innovatsiyalarni pedagogic nuqtai nazardan ko’rib chiqishga etiborni qaratadi. 
Pedagogic innovatsiyalar muallif tomonidan ta’lim va tarbiya jarayonida avval 
ma’lum bo’lmagan, qayd qilinmagan holat yoki natijaga olib boruvchi pedagogic 
hodisaning o’zgarib turishi mumkin bo’lgan mazmuni ekanligi ta’kidlanadi. 
Rassiyalik olimlar A.I.Prigojin, B.V.Sazonov, V.S.Tolstoy, N.P.Stepanov va 
boshqalar esa innovatsion jarayon hamda uning tarkibiy qismlarini o’rganishga 
e’tiborni qaratgan. Bu o’rinda ular innovatsion jarayonning tashkil etilishiga 
nisbatan quyidagi ikki yondashuv mavjud ekanligini e’tirof etadi: 1) yangilikning 
individual mikro darajasi(unga ko’ra qandaydir yangi g’oya amaliyotga joriy 
etiladi); 2) alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o’zaro ta’sirini ifodalovchi 
mikro daraja (bu o’rinda alohida- alohidakiritilgan yangilikning o’zaro 
ta’sirlanishi, birligi, raqobati va birining o’rnini ikkinchisi tomonidan egallanishi 
ahamiyatli sanaladi). A.I.Prigojin, B.V.Sazonov, V.S.Tolstoylar o’z tadqiqotlarida 
yangilik kiritishning tizimli konsepsiyani asoslashga uringan. Bu o’rinda mualliflar 
innovatsion jarayonlarning quyidagi muhim ikki bosqichini bir-biridan ajratib 
ko’rsatishadi: 1. Yangilik sifatida namoyon bo’ladigan g’oyalarni ishlab chiqish 
(korxona,tashkilot tomonidan muayyan turdagi mahsulotni ishlab chiqarilishining 


28 
rejalashtirilishi). 2. Yangilik (muayyan mahsulot)ni keng ko’lamda ishlab 
chiqarish. Ta’lim muassasalarida innovatsion jarayonlarni tashkil etishda o’ziga 
hos yondashuvlar kuzatiladi. Ular : 
1.
Gnostik- dinamik yondashuv (unga ko’ra pedagoglar, pedagogic 
innovatsiyalar, ularning turlari yaratilishi, amaliyotga tadbiq etilishi, horij 
mamlakatlarida yaratilgan ilg’or pedagogik innovatsiyalar va ularni 
o’rganish, mahalliy shart-sharoitlarni inobatga olgan holda amaliyotda 
ulardan foydalanishga doir bilim, ko’nikma, malakalarni izchil 
o’zlashtiradilar, o’z faoliyatlarida pedagogic innovatsiyalarni faol qo’llash 
borasidagi tajribalarni o’zlashtiradilar). 
2.
Individual faoliyatli yondashuv (bunda pedagoglar o’zlarining individual 
imkoniyatlari,qobiliyatlari,tajribalariga tayangan holda amaliyot faoliyatida 
pedagogik innovatsiyalarni qo’llashda muayyan izchillikka erishadilar). 
3.
Ko’p sub’ektli (dialogik) yondashuv (mazkur yondashuv pedagogik 
jarayonda innovatsiyalarni hamkasblarning o’zaro faoliyatlari bilan 
tanishish,ularning ta’lim innovatsiyalarni samarali, maqsadli va uzluksiz 
qo’llashda doir tavsiya hamda ko’rasatmalaridan foydalanishlarini 
ifodalaydi). 
4.
Insonparvarlik 
yondashuvi(ushbu 
yondashuv 
pedagogik 
jarayonda 
innovatsiyalarni qo’llashda ta’lim oluvchilarning imkoniyatlari,xohish-
istaklari,qiziqishlari,bilim,ko’nikma va malakalari darajasini inobatga olish 
maqsadga muvofiqligini yoritishga xizmat qiladi) 
5.
Individual ijodiy yondashuv( unga ko’ra har bir pedagog faoliyatini 
o’rganilayotgan mavzu,o’quv materialining mohiyati,shuningdek,o’z 
imkoniyatlari,salohiyati,mahorati,ish tajribasidan kelib chiqqan holda ta’lim 
va tarbiya jarayonlarini ijodiy ishlanmalar asosida tashkil etadi). 
Bugungi kun fizika o‘qituvchisi oldida turgan dolzarb muammolardan biri 
ta’limning zamonaviy texnologiyalarini loyihalash va uni o‘qitish amaliyotida 
qo‘llashdir. Fizika o‘qituvchisi o‘quvchilarga fizika fanidan zaruriy bilimlarni 
beribgina qolmay, ularda fanga nisbatan qiziqish uygʻota olishlari kerak, natijada 


29 
bu sohada yaxshi mutaxassis, yetuk kadrlar yetishib chiqishiga erishilsin. 
O‘qituvchi o‘tgan har bir dars boshqa darsdan farq qilishi, bugungi o‘tiladigan dars 
kechagisiga nisbatan mukammal bo‘lishi kerak. Darsni yangi pedagogik 
texnologiyalar:
─ axborot vositalaridan foydalanib; 
─ ko‘rgazmali qurollari yordamida; 
─ interfaol metodlarni qo‘llash orqali va h.k.lardan foydalanib tashkil etsak, 
bu dars o‘quvchi ongiga yaxshi yetib boradi va xotirasidan joy oladi. O‘quvchining 
ilmiy dunyoqarashi kengayib, bilim darajasi ortadi. An’anaviy ta’limdan farqli 
zamonaviy ta’limni tashkil etishdan maqsad ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf 
etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt ichida muayyan 
nazariy bilimlarni o‘quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan 
ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek o‘quvchilar faoliyati, bilimini 
nazorat qilish, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash fizika fani 
o‘qituvchisidan katta pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga yangicha 
yondashishni talab etadi. Hozirgi kunda dunyoning ko‘plab rivojlangan 
mamlakatlarida o‘quvchilarning ilmiy faoliyatini, ijodkorligini oshiruvchi va shu 
bilan bir qatorda ta’lim-tarbiya jarayoninig samaradorligini kafolatlovchi yangi 
pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba to‘plangan. Shu tajriba 
asosini tashkil qiluvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilib, bu 
metodlarni dars jarayoniga qo‘llay bilish bugungi zamon fizika o‘qituvchisi 
zimmasiga 
yuklatilgan 
yuksak 
vazifadir. 
Pedagogik 
texnologiyaning 
muvaffaqiyatli loyihalanishi va yakuniy natija (samara)ning kafolatlanishi 
o‘qituvchining didaktik masalalar mohiyatini anglab yetish darajasi va darsda 
ularni to‘gʻri baholay olishiga bogʻliqdir. Har bir o‘tiladigan darsda ta’limning aniq 
maqsadining belgilanishi o‘qitish texnologiyasini loyihalashda muhim shartlardan 
biri sanaladi. Bunda fan mavzulari bo‘yicha o‘qitishning tashxislanuvchi maqsadi 
aniqlanadi. Fizika fan sifatida o‘tilgan vaqtdan boshlab fanning ma’lumotlar bazasi 
ko‘payib katta hajmni tashkil etmoqda va u yuqori tezlikda yil sayin boyib 
boryapti. Shu sababdan fizikani o‘tish jarayonida faqat zaruriy axborotlarnigina 


30 
tanlab olish va o‘quvchining o‘zlashtirish qobiliyatlariga mos holda ma’lumotlar 
hajmini miqdoriy o‘lchamga keltirish zarur. 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish