Umumiy oʼrtа tаъlim mаktаb oʼqituvchi vа oʼquvchilаrining odob аxloq qoidаlаri



Download 17,29 Kb.
Sana18.01.2022
Hajmi17,29 Kb.
#385950
Bog'liq
UMUMIY OʼRTА TАЪLIM MАKTАB OʼQITUVChI(Uzbek)


UMUMIY OʼRTА TАЪLIM MАKTАB OʼQITUVChI

VА OʼQUVChILАRINING ODOB — АXLOQ QOIDАLАRI

I bob. Umumiy qoidalar

1. «Umumiy oʼrta taʼlim maktab oʼqituvchilari va oʼquvchilarining odob-axloq qoidalari» (matnda keyingi oʼrinlarda «Odob-axloq qoidalari» deb yuritiladi) Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Taʼlim toʼgʼrisida»gi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʼgʼrisida»gi, «Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari toʼgʼrisida»gi, «Bola huquqlari kafolatlari toʼgʼrisida»gi, «Voyaga yetmaganlar oʼrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʼgʼrisida»gi, «Аxborot erkinligi printsiplari va kafolatlari toʼgʼrisida»gi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 21 maydagi 139-son «Oʼzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi qarori hamda umumeʼtirof etilgan maʼnaviy-axloqiy tamoyillar asosida ishlab chiqilgan.

Mazkur «Odob-axloq qoidalari» Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʼrta taʼlim muassasalariga tadbiq etiladi.

2. Mazkur «Odob-axloq qoidalari» taʼlim muassasalari jamoa aʼzolari (maʼmuriyati, oʼqituvchilari, texnik xodimlari va oʼquvchilari)ning taʼlim muassasasidagi oʼzaro munosabatlarida rioya etishlari shart boʼlgan odob-axloq tamoyillari, xulq-atvor meʼyorlari va majburiyatlarini belgilab beradi.

3. Mazkur «Odob-axloq qoidalari»ga rioya qilish taʼlim muassasasi jamoa aʼzolarining barchasi uchun majburiy hisoblanadi.

II bob. Maqsad va vazifalar

4. Mazkur «Odob-axloq qoidalari»ning maqsadi umumiy oʼrta taʼlim maktablarida sogʼlom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, yosh avlodga zamon talablari va milliy qadriyatlar asosida taʼlim-tarbiya berish, taʼlim muassasalarida oʼquv-tarbiya jarayonining sifati va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirishga sharoit yaratishdan iboratdir.

5. Mazkur «Odob-axloq qoidalari»ning asosiy vazifalari:

umumiy oʼrta taʼlim maktablari jamoasi aʼzolarining maʼnaviy immunitetini shakllantirish va mustahkamlash;

oʼquvchilar orasida odob-axloqni buzishni, zoʼravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviq qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarning oldini olishga, yoshlarni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan va boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot boʼlgan diniy va ekstremistik taʼsirlardan, past saviyali «ommaviy madaniyat» xurujlaridan himoya qilishga koʼmaklashishdan iborat.

III bob. Jamoa aʼzolarining odob-axloqiga oid qoidalar

6. Umumiy oʼrta taʼlim maktablarida hamjihatlik, oʼzaro ishonch, hurmat, bir-biriga gʼamxoʼrlik qilish hamda ahil-inoqlik jamoa aʼzolarining oʼzaro munosabatlaridagi muhim shartlardir.

7. Jamoa aʼzolari umumiy oʼrta taʼlim maktabiga muassasa Ustavida belgilangan kiyimda kelishi lozim.

8. Taʼlim muassasasida har bir jamoa aʼzosining shaʼni va qadr-qimmati oʼzaro hurmat qilinishi, jamoa aʼzolari oʼzaro munosabatlarda «Siz» deb murojaat qilishi odat tusiga kirishi lozim. Ularning bir-biriga nisbatan hurmatsizlik qilishi, oʼzaro munosabatlarda behayo soʼzlar ishlatishi qatʼiyan taqiqlanadi.

9. Jamoa aʼzolari umumiy oʼrta taʼlim maktablari hududida yurganda bir-biriga oʼzaro hurmat koʼrsatib, yoʼlak yoki koridorning oʼng tomonidan yurishlari, bir-biriga duch kelganda, albatta salomlashishlari kerak. Bunda oʼquvchilar oʼqituvchilarga, oʼgʼil bolalar qizlarga, kichik yoshdagilar katta yoshdagilarga birinchi boʼlib salom berishlari tavsiya etiladi (ushbu holatlarda qoʼl berib soʼrashish istisno boʼlib, yoshi katta shaxslar yoki xotin—qizlar birinchi boʼlib qoʼl uzatganidan keyingina ularga javoban qoʼl uzatish mumkin).

10. Taʼlim muassasalari binolariga kirish joylarida tirbandlik yuzaga kelsa, oʼquvchilar oʼqituvchi va xodimlarga, oʼgʼil bolalar qizlarga, yuqori sinf oʼquvchilari boshlangʼich sinf oʼquvchilariga yoʼl berishlari lozim.

11. Milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos boʼlmagan yoki umumiy oʼrta taʼlim maktabining ichki munosabatlariga taalluqli masalalarni Internet tarmogʼiga joylashtirish yoki undan turli maqsadlar yoʼlida foydalanish taqiqlanadi.

12. Kompьyuterlarda taʼlim muassasasiga tegishli boʼlmagan maʼlumotlarni, shuningdek, turli kinofilьmlar, noqonuniy diniy maʼlumotlar, behayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni targʼib qiluvchi har qanday materiallarni tayyorlash, saqlash, foydalanish va targʼib etish qatʼiyan man etiladi.

13. Oʼqituvchilar va oʼquvchilar tasdiqlangan mashgʼulotlar jadvali asosida ishga va darsga oʼz vaqtida kelishi, ish kuni va dars jarayonidan unumli foydalanishlari lozim.

IV bob. Oʼqituvchi va oʼquvchilarning taʼlim—tarbiya jarayonidagi oʼzaro munosabatlari

14. Oʼqituvchi va oʼquvchilarning taʼlim-tarbiya jarayonidagi oʼzaro munosabatlari «ustoz-shogird» anʼanasiga asoslanishi lozim.

15. Oʼqituvchi sinfga kirib kelishi bilan oʼquvchilar hurmat yuzasidan oʼrinlaridan turib kutib olishlari va baravariga «Аssalomu-alaykum!» — deb salom berishlari, oʼqituvchi ruxsatidan soʼng oʼrinlariga oʼtirishlari odobdan hisoblanadi. Bunda boshlangʼich sinf oʼquvchilari oʼquv kunining birinchi dars soatida, yuqori sinf oʼquvchilari har bir darsda sinfga kirgan fan oʼqituvchisiga xuddi shunday tartibda munosabatda boʼladilar.

16. Oʼquvchilarning dars mashgʼulotlari davomida oʼzboshimchalik bilan maktabdan tashqariga chiqib ketishi taqiqlanadi.

17. Maktabda dars mashgʼulotlarining boshlanishi va tugashi «Kirish» va «Chiqish» qoʼngʼiroqlari bilan tartibga solinadi. «Kirish» qoʼngʼirogʼi dars boshlanganligini bildirib, u chalingandan soʼng barcha oʼquvchilar va dars jadvalida belgilangan fan oʼqituvchilari zudlik bilan tegishli sinf xonalariga kirib, mashgʼulotni boshlashlari lozim.

Dars mashgʼulotini tugaganligini bildiruvchi «Chiqish» qoʼngʼirogʼi oʼqituvchi uchundir. Oʼqituvchi mashgʼulot yakunlanganligini eʼlon qilgandan keyingina oʼquvchilarning sinfdan chiqishlariga ruxsat beriladi. «Chiqish» qoʼngʼirogʼi chalingandan soʼng oʼqituvchi tomonidan oʼquvchilarni uzoq vaqt sinf xonasida ushlab turishga yoʼl qoʼyilmaydi. Oʼqituvchi sinfdan chiqayotganda oʼquvchilar oʼrinlaridan turib, «Xayr, salomat boʼling!» — deb hurmat koʼrsatadilar.

18. Dars mashgʼulotlari va tadbirlar vaqtida mobil telefonlaridan foydalanish barcha uchun taqiqlanadi. Maktabda oʼtkaziladigan oʼquv mashgʼulotlari va tadbirlar (saflanish, tarbiyaviy soatlar, bayram, sport tadbirlari va shu kabilar) boshlanishidan oldin oʼquvchi va oʼqituvchilar mobil telefonlarini oʼchirib qoʼyishlari lozim. Shuningdek, maktab hududiga kirib kelishda har bir oʼquvchi, oʼqituvchi, xodim va boshqa tashrif buyuruvchi shaxslar oʼz mobil telefoni abonentining chaqiruv ovozini toʼliq oʼchirib qoʼyishi (telefonni «ovozsiz» rejimga oʼtkazishi) shart.

V bob. Oʼqituvchilarning oʼzaro munosabatlari

19. Oʼqituvchilar oʼzaro munosabatlarda – yagona jamoa, oʼzaro hurmat, doʼstlik, hamjihatlik, halollik va adolat tamoyillariga amal qilishlari lozim.

20. Oʼqituvchilarning oʼzaro munosabatlarida inson qadr-qimmatiga hurmatsizlik qilish man etiladi.

21. Maktab maʼmuriyati va oʼqituvchi-xodimlarning ish faoliyatiga doir masalalar boʼyicha hamkorlik qilishda bir tarafning boshqa tarafga tazyiq oʼtkazishiga yoki shunga harakat qilishiga, shuningdek, adolat tamoyillariga yoki taʼlim muassasasi manfaatlariga zid boʼlgan qarorlar tayyorlanishiga yoʼl qoʼyilmaydi.

22. Jamoada biror bir masala bilan maʼmuriyatga murojaat qilish oʼrnatilgan tartibda tashkil etiladi.

23. Oʼqituvchi va boshqa xodimlarning taʼlim muassasasida maʼnaviy-axloqiy muhitni yanada yaxshilash boʼyicha tashabbus va gʼoyalari ragʼbatlantiriladi.

24. Maʼmuriyat oʼqituvchilar va xodimlarning kasbiy va intellektual jihatdan rivojlanishlari uchun qulay ish joyi, zamonaviy kompьyuter, internet tarmogʼi, kutubxona fondi va axborot resurslaridan erkin foydalanish, shuningdek, dam olishlari va jismonan chiniqishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib berish choralarini koʼradi.

VI bob. Maktab jamoasi aʼzolarining odob-axloqqa oid majburiyatlari

25. Oʼqituvchilarning odob-axloqqa oid majburiyatlari:

mazkur odob-axloq qoidalariga rioya qilishda oʼquvchilarga ibrat boʼlish;

maktab manfaatlariga zid boʼlgan xatti-harakatlardan tiyilish;

biror-bir noxush voqea yoki hodisa roʼy bersa, zudlik bilan maʼmuriyatni xabardor qilish;

umumiy oʼrta taʼlim maktabining shaʼni va nufuziga dogʼ tushiradigan har qanday holatlarning oldini olish;

umumiy oʼrta taʼlim maktabi toʼgʼrisidagi axborotlardan uning manfaatlari va obroʼsiga ziyon yetkazish uchun yoki oʼz manfaatlari yoʼlida foydalanmaslik;

dars jarayonida oʼquvchilarga odob-axloqqa oid milliy anʼanalarimiz, urf-odat va qadriyatlarimizni keng tushuntirib borish;

yoshlar orasida sogʼlom turmush tarzini keng targʼib qilish, ularni zararli odatlardan va boshqa turli halokatli tahdidlar hamda jamiyatimiz uchun yot boʼlgan diniy va ekstremistik taʼsirlardan, past saviyali «ommaviy madaniyat» xurujlaridan ogoh etib borish.

26. Oʼquvchilarning odob-axloqqa oid majburiyatlari:

a) Taʼlim muassasasi hududida:

maktabga mashgʼulotlar boshlanishidan 10-15 daqiqa oldin, taʼlim muassasasi Ustavida belgilangan oʼquvchilar libosi (formasi)da kelish;

toza va orasta kiyinish, saranjom-sarishta yurish, sochlarni ozoda va tartibga keltirilgan holda tutish (oʼgʼil bolalar sochlarining uzunligi meʼyor (2-3 sm)dan oshmasligi, qiz bolalarning ixcham zirakdan tashqari boshqa taqinchoqlarni taqmasligi lozim);

chiqindilarni faqat maxsus belgilangan idishlarga tashlash;

ustozlar va maktab mehmonlari bilan uchrashganda salom berish;

oʼquv mashgʼulotlari vaqtida hududda sababsiz yurmaslik;

taʼlim muassasasi mulki (parta, stol, stul, doska, oʼsimliklar, hayvonot dunyosi va hokazolar)ga ehtiyotkorona munosabatda boʼlish;

maktab yoʼlaklarida tinchlikni saqlash, baland ovozda gaplashmaslik;

maktabga oʼquv-qurollari, dars jadvalida belgilangan darsliklar va daftarlar bilan kelish (oʼquvchilar uchun moʼljallangan papka tutishi, kundalik daftarining boʼlishi, maʼnaviyatga zid rasmlar tushirilgan yozuv daftarlaridan foydalanmasligi);

narkotik va psixotrop moddalar, alkogolь va tamaki mahsulotlarining isteʼmol qilinishi hamda tarqatilishiga yoʼl qoʼymaslik.

b) Dars vaqti (sinf xonalari)da:

dars jarayoniga xalal beradigan harakatlar qilishdan saqlanish;

uyali aloqa vositalarini oʼchirib qoʼyish;

dars vaqtida oʼrinsiz gaplashmaslik;

jihozlarni asrab-avaylash, partalarga, stol va stullarga chizmaslik;

qogʼoz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketmaslik;

ovqatlanmaslik, saqich chaynamaslik.

v) Tanaffusda:

tanaffusdan unumli foydalanish;

oʼz oʼqish joyini toza saqlash va tartibga keltirish;

navbatdagi dars boʼladigan xonaga oʼz vaqtida oʼtish;

fan oʼqituvchisining koʼrsatmasi boʼyicha sinfni kelgusi darsga tayyorlash;

katta tanaffus vaqtida navbatchi oʼquvchilar tomonidan sinf xonasining tozaligini taʼminlash.

g) Maktab oshxonasida:

ovqatlanishdan oldin va keyin qoʼllarini yuvish;

umumiy ovqatlanish joylarida belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish;

taomlarni olishda «navbatga turish» tartibiga rioya qilish;

tirbandlik holatida ustozlar, yosh bolalar va qizlarga hurmat koʼrsatish;

ovqatlanish vaqtida shovqin solmaslik;

issiq va suyuq ovqatlarni olishda va isteʼmol qilishda ehtiyotkorlik koʼrsatish;

oshxonadan olingan ovqat va ichimliklarni oshxonaning oʼzida isteʼmol qilish;

ovqatlangandan soʼng idishlarni yigʼishtirib qoʼyish.

d) Maktab kutubxonasi va axborot resurs markazi (АRM)da:

kutubxona va АRM xodimlari bilan xushmuomalada boʼlish;

kitoblar va jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda boʼlish;

baland ovozda soʼzlashmaslik va boshqa kitobxonlarga xalaqit bermaslik;

qogʼoz va boshqa chiqindilarni qoldirib ketmaslik;

kitoblarni olish va topshirish tartib-qoidalariga rioya qilish.

ye) Sport majmualarida:

sport majmuasiga xos boʼlgan kiyim va poyabzallarda kirish;

sport inventarlaridan oqilona va samarali foydalanish;

mashgʼulotlardan keyin sport inventarlarini belgilangan joylarga qayta topshirish;

sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga toʼliq rioya qilish.

Bundan tashqari, oʼquvchilarga quyidagilar tavsiya etiladi:

oʼzining namunaviy xulqi va bilimi bilan atrofdagilarda oʼquvchilik odobi haqida ijobiy taassurot hosil qilishga intilish;

koʼcha-koʼyda bemaqsad yurmaslik, kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda boʼlish, jamoat transportlarida keksa, nogiron va yosh bolali yoʼlovchilarga joy berish;

doimo komillikka intilish, halollik va adolat bilan hayot kechirish kabi olijanob fazilatlarni chuqur anglash;

oʼz maktabi manfaati, uning shaʼni va nufuzi toʼgʼrisida qaygʼurish, ularni saqlashda jonkuyarlik qilish va ularga hurmat bilan munosabatda boʼlish.

VII bob. Maktab jamoasi aʼzolarining odob-axloqida

man etiladigan holatlar

27. Quyidagilar oʼqituvchilarga man etiladi:

jamoa aʼzolari va boshqalarning shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish;

oʼquvchilarni oʼquv mashgʼulotlaridan asossiz chiqarib yuborish;

oʼquv mashgʼulotlarida diniy tashviqot olib borish;

oʼquv mashgʼulotlariga spirtli ichimliklar isteʼmol qilgan, soch-soqolni tartibga keltirmagan va kiyinish odobiga rioya qilmagan holda kelish;

maktab hududida spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish.

28. Quyidagilar oʼquvchilarga man etiladi:

mashgʼulotlar yakunlangunga qadar maktab hududidan oʼqituvchilar ruxsatisiz tashqariga chiqish;

oʼqituvchilarga va boshqa oʼquvchilarga nisbatan hurmatsizlik qilish;

oʼqituvchilarni chalgʼitish bilan bogʼliq har qanday xatti-harakatlarni amalga oshirish;

yozma ishlar va oraliq nazoratlarni bajarish vaqtida chetdan yordam soʼrash, oʼzgalarga yordam koʼrsatish;

boshqa oʼquvchilar tomonidan tayyorlangan topshiriqlar yoki yozma ishlarni oʼz nomidan topshirish;

mashgʼulotlarga kechikib kelish yoki qatnashmaslik;

moddiy jihatdan yaxshi taʼminlanganligini turli yoʼllar bilan namoyish qilish.

VII bob. Ragʼbatlantirish va chora koʼrish tartibi

29. Oʼquv yili davomida mazkur «Odob-axloq qoidalari»ga toʼliq rioya qilgan, taʼlim muassasasida yuksak maʼnaviy-axloqiy muhitning qaror topishiga va yanada mustahkamlanishiga xizmat qilgan jamoa aʼzolari quyidagicha moddiy va maʼnaviy jihatdan ragʼbatlantirilib boriladi:

oʼqituvchilarga maktab buyrugʼi bilan tashakkurnoma eʼlon qilish, ularni tarmoq va davlat mukofotlariga tavsiya qilish;

«Faxriy yorliq» bilan taqdirlash;

qimmatbaho va esdalik sovgʼalar bilan mukofotlash;

maktab radiouzeli orqali eʼlon qilish;

«Eng faol oʼquvchi» nominatsiyasini berish;

oʼquvchilar ota-onasining ish joyiga yoki mahalla fuqarolar yigʼiniga tashakkurnoma xati yuborish.

30. Jamoa aʼzolari mazkur «Odob-axloq qoidalari»ni buzganida ularga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qoʼllaniladi:

oʼqituvchilarga maktab buyrugʼi bilan «Hayfsan» eʼlon qilish;

oʼquvchining kundaligiga tanbeh yozish;

boshqa sinfga oʼtkazish;

sinf jamoasi orasida muhokama qilish.

Mazkur «Odob-axloq qoidalari»ga rioya etilmaganlik holatlari taʼlim muassasasidagi «Kamolot» YoIH, Xotin-qizlar qoʼmitasi boshlangʼich tashkilotlari va «Ota-onalar» kengashlarida ham muhokama qilinishi mumkin.

IX bob. Yakuniy qoidalar

31. Mazkur «Odob-axloq qoidalari» har bir oʼquvchiga va ularning ota-onalari (yoki ularning oʼrnini bosuvchi shaxslar)ga hamda oʼqituvchilarga imzo qoʼydirilgan holda yetkaziladi.

32. Mazkur «Odob-axloq qoidalari» maktabning foyesiga barchaga koʼrinarli tarzda joylashtirib qoʼyiladi.



33. Mazkur «Odob-axloq qoidalari»ning talablarini har bir oʼqituvchi va oʼquvchilar toʼliq bilishi va unga qatʼiy amal qilishi shart.
Download 17,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish