1 - ustunga^traxs-narsa nomini bildirgan so'zlarni, 2-us- tunga shaxs-narsa belgisini ifodalagan so'zlarni, 3-ustunga shaxs-narsaning harakatini bildirgan so'zlarni yozing.
Gaplar so'zlardan tuziladi.
Kim?, nima? so'roqlari shaxs-narsa nomini bildiruvchi so'zlarga beriladi. Shaxs-narsa belgisini ifodalaydigan so‘zlar qanday?, qanaqa? so'roqlariga javob bo'ladi. Nima qildi?, nima qiiyapti?, nima qilmoqchi? so'roqlari shaxs-narsaning harakatini bildiradigan so‘zlarga beriladi.
mashq. So‘roq so'zlarning o'rniga berilgan so'zlar- dan mosini qo'yib o'qing. Ular nimani ifodalashini ayting.
(Kim?) o'qidi, (nima?) gumburladi, (qanday?) shahar, (qanaqa?) yo‘l, kitobni (nima qilmoqchi?), xatni (nima qiiyapti?), musobaqaga (nima qiidi?).
Foydalanish uchun so‘zlar: kuchli, o‘quvchi, qatnashdi, o‘qimoqchi, sho‘x, yozyapti, katta, momaqaldiroq, tekis.
Do'stlaringiz bilan baham: |