Tayanch iboralar: boshqarishning ma’muriy usullarini tugatish va iqtisodiy jarayonlarni bozor mexanizmi orkali o’z-o’zini boshqarishga o’tish, davlat mulki monopoliyasini tugatish va mulkchilikning turli shakllarining vujudga kelishi.
56.Bozor va uning tarkibiy tuzilishi.
Tayanch iboralar: bozor tushunchasi, bozor obyekti va subyekti.
57.Bozorning turlari va ularning turkumlanishi.
Tayanch iboralar: iqtisodiy mazmuni, ayirboshlash obyektlari, xududiy belgilari raqobatning yetuklik darajasi va subyektlari bo’yicha turkumlash.
Hozirgi davrdagi bozor murakkab tuzilishga egadir. Bozorning ichki tuzilishi murakkab bo’lganligi sababli uni turkumlashga har xil me’zonlar asos qilib olinadi. Bular bozorning yetuklik darajasi, sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi, bozor subyektlari xususiyatlari, bozor miqyosi, iqtisodiy aloqalar tavsifi va boshqalar. Bozorning yetuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, klassik (erkin) bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlariga bo’linadi. Rivojlanmagan, shakllanmagan bozor ko’proq, tasodifiy tavsifga ega bo’lib, unda tovarni tovarga ayirboshlash usuli (barter) ko’proq qo’llaniladi. Bozorning bu turi tarixan hali haqiqiy pul kelib chiqmagan davrga to’g’ri keladi. Lekin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo’qotgan, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan davrlarda ham bu bozor amal qilishi mumkin
58.Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari.
Tayanch iboralar: bozor infratuzilmasi tushunchasi, ishlab chiqarish, savdo sotiq, moliya kredit, xizmat ko’rsatuvchi va axborot tizimi infratuzilmasi.
Bozor infratuzilmasi — bozorda tovarlar va xizmatlarning erkin harakatini taʼminlaydigan muassasalar, tashkilotlar majmui.
Bozor infratuzilmasining asosiy unsurlari quyidagilar:
birjalar (tovar, xom ashyo, fond, valyuta) va ularning tashkiliy rasmiylashtirilgan vositachiligi;
kimoshdi savdolari, yarmarkalar va birjadan tashqari tashkiliy vositachilik shakllari;
kredit tizimi va tijorat banklari, emissiya tizimi va emissiya banklari;
aholi bandligini boshqarish tizimi, davlat va nodavlat bandlikka yordam koʻrsatish markazlari (mehnat birjalari);
axborot texnologiyasi va ishbilarmonlik aloqalari vositalari;
soliq tizimi va soliq inspeksiyalari;
tijoratxoʻjalik xatari sugʻurtasi tizimi va sugʻurta kompaniyalari;
maxsus reklama agentliklari, axborot markazlari va ommaviy axborot vositalari agentliklari;
savdo palatalari, ishbilarmon doiralarning ixtiyoriy, davlat, jamoat birlashma (uyushma)lari;
bojxona tizimi; oʻrta va oliy iqtisodiy taʼlim tizimi, auditorlik kompaniyalari;
konsalting (maslahat) kompaniyalari;
ishbilarmonlik faoliyatini ragʻbatlantirishga xizmat qiladigan davlat va jamoat fondlari;
maxsus erkin tadbirkorlik zonalari va boshqala
59.O’tish davri va uning belgilari.
Do'stlaringiz bilan baham: |