Tayanch iboralar: ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi, ichki,tashqi va boshqa xarajatlar
Ishlab chiqarish harajatlari — korxonaning mahsulot i.ch. maqsadlarida, iqtisodiy resurslar sotib olish uchun qilgan pul sarflari. Firma oʻz faoliyatini bozordan moddiy resurslar, yaʼni asbob-uskuna, dastgohlar, transport va aloqa vositalari, xom ashyo, yoqilgʻi, har xil materiallarni, mehnat bozoridan ish kuchini sotib olishdan boshlaydi. Shunga muvofiq holda I.ch.x. tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonil-gʻi va energiya harajatlari, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar, foiz toʻlovlari va b. harajatlar kiradi. I.ch.x. ga qilingan barcha harajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxinn tashkil qiladi.
I.ch.x.ni oʻrganishga iqtisodchilar turlicha yondoshadilar. Jumladan, harajatlarning qiymat nazariyasiga koʻra, I.ch.x. quyidagi turlarga boʻlinadi: doimiy harajatlar: — korxona toʻlov majburiyatlari, soliqlar, amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qoʻriqlash xizmati harajatlari, boshqaruv xodimlari maoshi va b; oʻzga-ruvchan harajatlar: — xom ashyo, materiallar, yonilgʻi, transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilar uchun harajatlar.
Umumiy (yalpi) harajatlar — doimiy va oʻzgaruvchan harajatlar yi-gʻindisi. Bevosita i.ch. harajatlari — konkret mahsulot i.ch.ga ketgan va bevosita uning tannarxiga oʻtadigan harajatlar. Bilvosita harajatlar — mahsulot tannarxiga bevosita qoʻshilmaydigan harajatlar. Oʻrtacha harajatlar — maʼlum vaqt orali-gʻidagi mahsulot birligiga, tovarlar partiyasi boʻyicha yoki tashkilotlar gu-ruqi boʻyicha bir buyumga toʻgʻri keladigan harajatlarning oʻrtacha kattaligi. Ekspluatatsiya (foydalanish) harajatlari — uskunalar, mashinalar, transport, i.ch. vositalarini va kundalik foydalaniladigan xoʻjalik buyumlarini ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan harajatlar
82.Foyda va uning turlari.
Tayanch iboralar: foyda tushunchasi, iqtisodiy,me’yoriy va sof foyda
Foyda turlari va funktsiyalari
Ishlab chiqarish-xo'jalik faoliyatini baholashda foydalaniladigan foydaning asosiy ko'rsatkichi: balans foydasi, mahsulotni sotishdan olingan foyda, yalpi foyda, soliqqa tortiladigan foyda, korxona ixtiyorida qolgan foyda (sof foyda).
Foydaning asosiy ko'rsatkichlari:
· Hisobot davrining umumiy foydasi (zarari) - balans foydasi (zarari);
· yalpi daromad;
· Mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotishdan olingan foyda (zarar);
· Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda;
· Boshqa operatsion bo'lmagan operatsiyalardan olingan foyda (zarar);
· soliqqa tortiladigan foyda;
· sof foyda.
83. Korxonalarni sanasiya qilish, uning mazmuni va amalga oshirish sharoitlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |