Umumiy metallurgiyaga



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/108
Sana06.08.2021
Hajmi2,03 Mb.
#139792
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   108
Bog'liq
1.UmumiyMetallurgiyagamajmua

 
 
18-Ma’ruza.IKKILAMCHI METALLURGIYA TO‘G’RISIDA UMUMIY 
TUSHUNCHALAR  
 
Reja: 
1. O‘zbekistonda va xorijiy davlatlarda ikkilamchi metallurgiyaning 
rivojlanishi. 
2. O‘zbekistonda ikkilamchi xom-ashyolarni qayta ishlovchi korxonalar. 
          3. Xalq xo‘jaligida temir–tersaklarni hosil bo‘lish manbalari. 
          4. Metalni temir-tersaklarini ishlatish. 
 
Hozirgi  dunyoda  hech  qaysi  mamlakat,  shu  jumladan  O‘zbekiston 
Respublikasi  ham,  boshqalardan  ajralgan  hudud  emas.  Bu  mamlakatlar  jahon 
xo‘jalik aloqalarining muayyan jo‘g‘rofiy va siyosiy tizimlari tarkibiga kiradi. 
O‘zbekiston o‘z yer osti boyliklari bilan  haqli ravishda  faxrlanadi – bu  yerda 
mashhur  Mendeleev  davriy  sistemasining  deyarli  barcha  elementlari  topiladi. 
Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma’dan namoyon 
bo‘lgan  istiqbolli  joylar  aniqlangan.  Ular  100  ga  yaqin  mineral  –  xom  ashyo 
turlarini  o‘z  ichiga  oladi.  Shundan  60  dan  ortig‘i  ishlab  chiqarishga  jalb  etilgan. 
900  dan  ortiq  kon  qidirib  topilgan  bo‘lib,  ularning  tasdiqlangan  zahiralari  970 
milliard AQSH dollaridan ortiqroq baholanayotganligini ham aytib o‘tish kerak. 
Qidirib  topilgan  foydali  qazilmalarning  hozirgi  darajasi  va  u  bilan  bog‘liq 
holda, qimmatbaho, rangli va nodir metallarning g‘oyat boy konlarini o‘zlashtirish 
respublikaning kelajagiga ishonch bilan qarash imkonini beradi. 


72 
 
Har  yili  respublika  konlaridan  taxminan  5,5  milliard  dollarlik  miqdorda 
foydali  qazilmalar  olinmoqda  va  ular  yoniga  6,0  –  7,0  milliard  dollarlik  yangi 
zahiralar qo‘shilmoqda.  
Shu  bilan  birgalikda  xalq  xo‘jaligining  turli  sohalarida,  har  qanday 
tashkilotlarda,  ishlab  chiqarish  korxonalarida  qora  va  rangli  metallarni  ishlab 
chiqarilishi,  iste’mol  qilinishi  natijasida  qirindi,  qirqim,  skrap,  kuyindi  va  boshqa 
ko‘rinishlarda metallarni temir-tersaklari, chiqindilari hosil bo‘ladi. 
Metallar  mashina,  uskuna,  moslama,  asbob  va  boshqa  shakllarida  fizik  va 
ma’naviy eskirish natijasida o‘z ishlash muddatini tugatadi va amartizatsion temir-
tersak,  chiqindilarga  (eski  mashinalarga,  eskirgan  asbob-uskunalarga,  yaroqsiz  uy 
jihozlariga, predmetlarga) aylanadi (18.1-rasm). 
Bu 
temir-tersak 
va 
ularni 
chiqindilarini  yaroqli  holga  keltirish 
ikkilamchi 
metallurgiyani 
vazifasi 
hisoblanadi.  Metall  chiqitlari  va  temir-
tersaklarini  qayta  eritish  va  qayta  ishlab 
metall 
olish 
jarayonlari 
majmuasi 
ikkilamchi metallurgiya deyiladi. 
Tabiiy  xom-ashyoning  kamayib 
borishi sababli, ikkilamchi metallurgiya-
ning  ahamiyati  tobora  oshib  bormoqda. 
XX asrda olinadigan metallarning yarmi 
ikkilamchi  metallurgiyaning  mahsuloti 
bo‘ldi. 
18.1-rasm. Metal chiqindilari va 
temir-tersaklar 
Hozirgi  kunda  ikkilamchi  metallurgiya  keng  qamrovli  ishlab  chiqarish 
sohalaridan  hisoblanib,  jami  ishlab  chiqarilayotgan  rangli  metallarni  30  %  qora 
metallarni 70-80 % tashkil qilmoqda.  
Xom  ashyoni  ishlab  chiqarish,  boyitish  va  metallurgik  qayta  ishlash  bilan 
metall  temir  –  tersaklari  va  chiqindilaridan  metall  olish  solishtirishganda  bir 
qancha afzallik ko‘zga tashlanadi. Bu afzalliklarni asosiylari quyidagilarini tashkil 
qiladi: 
1. Nisbatan kam kapital quyilmalar talab qiladi. 
2. Qayta ishlash texnologiyasini yuqoriligi. 
3. Energiyani sezilarni darajada kam sarf bo‘lishi. 
4.  Qayta  tiklanmaydigan  mineral  xom  ashyo  resurslaridan  foydalanish 
kamayadi. 
5. Atrof muhitga zarari kamayadi. 
Ikkilamchi  metallar  ishlab  chiqarishda  materiallarga,  elektr  energiyaga, 
yoqilg‘iga  ketgan  sarf-xarajatlar  birlamchi  metall  ishlab  chiqarishga  qaraganda 
ancha  kam  sarf  bo‘ladi.  Masalan,  elektr  energiyani  sarfi  birlamchi  mis  ishlab 
chiqarishda  6,2;  ruh  ishlab  chiqarishda  3,6;  alyuminiy  ishlab  chiqarishda  19,5; 
nikel  ishlab  chiqarishda  9,3;  qo‘rg‘oshin  ishlab  chiqarishda  2,3  marta  ikkilamchi 
metall ishlab chiqarganga qaraganda ko‘p bo‘ladi. 


73 
 
Hozirgi kunda muddatini o‘tagan  mashina, mexanizmlar, uskunalar, metall 
konstruksiyalar  juda  ko‘p  yig‘ilib  qolganki  bularni  yo‘qotishni  birdan-bir  yo‘li 
ikkilamchi  metallurgiyadir.  Metall  ajratib  olish  iqtisodiy  jihatdan  o‘zini 
oqlamayotganligi, 
transport 
xarajatlarining 
qimmatligi 
ikkilamchi 
metallurgiyaning rivojlanishiga turtki berdi. 
Hozirgi  konlardagi  metall  miqdorini  kamayib  ketganligi  uchun  ko‘pgina 
konlar  yaroqsiz  deb  topilib,  ishlab  chiqarishdan  olib  tashlandi.  Bunday  konlarga 
Uchkuloch, Kauldi, Qo‘rg‘oshinkon va boshqalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. 
Bundan  ko‘rinib  turibdiki  kelajakda  ikkilamchi  metallurgiyani  rivojlantirish, 
muddatini o‘tagan mashina-mexanizmlarni qaytadan metall holiga keltirish, buning 
uchun  metall  chiqitlari  va  temir-tersaklarini  isrof  qilmaslik  kerak.  Metall 
konstruksiyalar,  mashina-mexanizmlarni  ishlash  muddati  25  yil,  mana  shu  25  yil 
ichida  bu  konstruksiya,  mashina-mexanizmlarni  25  foizi  ishdan  chiqadi.  Bu 
korroziya,  chang,  nam  ta’sirida  emirilishi  natijasida  yuz  beradi.  Bu  chiqitlar  va 
temir-tersaklar ochiq joyda qolib ketishi natijasida yaroqsiz holga kelishi mumkin. 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish