Fizika – matematika fakulьteti “Umumiy matematika” kafedrasining 30.09.2020 yildagi navbatdan tashqari ZOOM orqali onlayn oʼtkazilgan
2 − sonli yigʼilishi bayonnomasi
KO’CHIRMA
30.09.2020 yil. Toshkent sh.
Qatnashdilar: kafedraning barcha aʼzolari.
Kun tartibida
Komilov SH X “Matematik anlaliz” fanidan “Musbat qatorlar ‘’mavzusidagi ochiq darsi muhokamasi
Soʼzga chiqdi: Kafedra mudiri phD, M.Nurillayev Komilovning 2020 yilning 2-iyun kuni MI103 guruhlarida “Matematik analizdan “Musbat qatorlar” mavzusida VR334 virtual auditoriyada ZOOM orqali onlayn oʼtkazildi va bu dars kafedra aʼzolari tomonidan tashkil qilingan komissiya aʼzolari kuzatib tahlil qilganligini maʼlum qildi.
Ochiq darsni oʼtkazgan Komilov Shga soʼz berildi: “Mataematik analiz fanin da“Musbat qatorlar” mavzusining yechimlari a ochiq maʼruza darsini oʼtkazdim. Bu darsning asosiy maqsadi talabalarga Tajriba almashinishi dars o’tish metodlarini o’rganish haqida maʼlumot berishdan iborat edi, buni nazariy maʼlumotlar bilan birga misollar yordamida asoslab berdim. Oʼz oldimga qoʼygan maqsadimga erishdim, deb oʼylayman.
Kafedra aʼzolari va darsni kuzatgan D.Davletov, M.Jabborov yuqorida oʼtkazilgan ochiq darsni kuzatganligini va bu dars yuzasidan oʼz fikr va mulohazalarini bildirishdi:
D.Davletov soʼzga chiqib, darsda vaqtdan unumli foydalanilganligini, ilmiy xatolarga yoʼl qoʼyilmaganligini, talabalarning fanga boʼlgan qiziqishi, ularning hozirjavobligi, oʼqituvchining yangi va avvalgi materiallarni bir-biriga bogʼlay olishi maqtovga loyiqligini aytib oʼtdi. Oʼqituvchining favqulodda vujudga kelgan vaziyatdan chiqa olishi, oʼzini boshqara olishini hisobga olib darsni 79 ball bilan baholash mumkin
M.Jabborov oʼz soʼzida T.Jo’rayevga tajribali pedagog ekanini taʼkidlab, diqqatining barqarorligi, yangi va avvalgi materiallarni bir-biriga bogʼlay olishi maqtovga loyiqligi alohida eʼtirof etdi. Tanlangan material oddiydan murakkabga tomon yoʼnalganligini, koʼrsatmalilik va berilayotgan bilim, yangi axborotlarning xayotiyligi maqsadga muvofiqligini quyidagi nazariy maʼlumotlarda koʼrindi. Darsni 80 ball bilan baholash mumkin
Mashgʼulot davomida zamonaviy taʼlim texnologiyalardan samarali foydalanilayotganligi, interaktiv metodlarni qoʼllanilganligini alohida taʼkidlandi. Shuningdek, pedagog xodimlar tomonidan darsning oʼrganish uchun alohida jihatlari taʼkidlandi, takliflar keltirildi. Kafedra yigʼilishida oʼtilgan ochiq darslarni atroflicha muhokama qilib,
QАROR QILАDI:
Komilov SH X “Matematik analiz ” fanidan “Musbat qatorlar” mavzusidagi ochiq darsi 80 ball bilan baholansin.
Majlis raisi phD, M.Nurillayev
Kotiba p.f.n. dots., G.Muxamedova
Do'stlaringiz bilan baham: |