Tayanch so’zlar: diafragma, msdial va lateral chetlari, darvozasi, piramida,
nefron, kovuzlogi, burma, yig’uvchi naychalar, kosacha, jomi, ekskretor, moyak,
urug’ pufakchasi, prostata bezi, yorg’oq, spermatozoid, testeron, esteron, tuxumdon,
bachadon nayi, bachadon, kin, follikula siydik-tanosil organlarining sistemasiga
siydik organlari (va jinsiy a’zolar) kiradi. Siydik organlariga siydik ajratuvchi
buyraklar va siydik chiqaruvchi, uni vaqtincha to’plovchi yo’llar (siydik yo’llari,
qovuq va siydik chiqarish kanali) kiradi.
Buyrak loviya shaklida, old va orqa tomonlari yassilangan, o’rta yashar
odamlarda 140-150 g ga teng organdir. Buyraklar 1-2 bel umurtqalarining ikki
yonida, qorin bo’shlig’ining orqa tomonida joylashgan, muskul va diafragma tegib
turadi. O’ng buyrak chap buyrakka nisbatan pastroqda joylashgan. Chap buyrakning
yuqori uchi 2-3-bel umurtqalarining oralig’iga to’g’ri keladi. Buyrakning yuqori va
pastki oxirlari medkal va lateral chetlari hamda, oldingi va orqa yuzalari tafovut
qilinadi. Buyrakning lateral cheti qavariq, medial cheti esa botiq bo’lib, uning o’rtasi
buyrak darvozasi deyiladi. Ikki pallaga ajratilgan buyrakda jigar rang, qalinligi 4-5
mm keladigan buyrakning po’st moddasi va ichki tomonda alohida-alohida
to’dalashib piramida shaklida joylashgan miya (oq moddasini) ko’rish mumkin.
Piramidalarning keng tomoniga, surgich shaklidagi uchi buyrak bo’shlig’iga qarab
joylashgan. Piramidalar taxminan 1 mln mayda kanalcha (nefron)lardan tuzilgan. Har
bir buyrakda taxminan 1 mln nefrrn bor. Naychalar piramidaning uchiga yaqinlashib
orqasiga qaytadi va shu yo’sinda nefron qovuzlog’ini hosil qiladi. Po’stloq moddaga
etgan distal buralma naychalari yig’uvchi naychalarga qo’shiladi. Bu naychalar
piramidalar tarkibida joylashib to’g’ri yo’nalishga ega. Ular asta-sekin o’zaro
qo’shilishi natajasida 15--20 ta kalta naylar hosil qilib. piramidaning uchiga ochiladi.
Siydik piramida so’rg’ichni o’rab turgan kichik kosachalarga quyiladi.
8-9 ta kichik kosachalar o’zaro qo’shilib, 2-3 ta katta kosachani hosil qiladi.
Ular
o’zaro
qo’shilib
buyrak
jomi
hosil
buladi.
Jom
buyrak
darvozasidan
chiqishi
bilan
siydik
yo’liga
o’tadi,
qovuqqa
ochiladi.
Siydik
yo’lining
uzunligi
30
sm
atrofida
bo’lib,
siydik
jomidan
qovuqqa
o’tadi.
Bu
nayni
qorin
parda
faqat
old
tomonidan
qoplaydi.
Siydik
pufagi
kichik
chanoq
bo’shlig’ida
joylashgan
500-700
ml
hajmli
bo’lib,
ichidagi
siydik
miqdoriga
ko’ra
o’z
shaklini
o’zgartirib
turadi.
Kovuqni
pastida
qovuq
tubining
keng
qismi,
yuqorisi
toraygan
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
48
uchi chuqqisi va bu ikki qismi oralig’ida qovuq tanasi tafovut
qilinadi.
Tanosil a’zolarga: erkak va ayollarning jinsiy a’zolari kiradi. Erkaklarning
jinsiy bezlari-moyaklar, urug’ chiqarish yo’llari, urug’ pufakchasi, prostata bezi
kiradi. Moyaklar bir juft bo’lib yorg’oq ichida-spermatozoid. Moyak ustini oqsil
parda o’rab turadi. Pardaning ichki tomonidan moyak ichiga o’sib kirgan to’siq 200-
300 bo’laklar bo’lib, bo’lakning har birini ichida 3-4 urug’ ishlab chiqaruvchi burma
kanalchalari bo’lib, 12-16 ta urug’ chiqarish naychalari mavjud. Gormonlar testeron
ishlab chiqaradi. Urug’ chiqarish yo’lini uzunligi 40-45 sm. Urug’ pufakchasi bir juft
uzunligi 3 sm keladigan haltacha bo’lib, ishlab chiqargan suyuqlik siydik chiqarish
yo’lini spermatozoidlar uchun tayyorlab beradi. Aks holda moyakdan kelayotgan
urug’ siydik yo’lidan o’ta turib harakatlantirish qobiliyatini yoki otalantirishini
yo’qotadi.
Ayollar ichki tanosil a’zolari bilan tashqi tanosil a’zolaridan tashkil topgan.
Ichki a’zosiga bir juft tuxumdon, bachadon nayi, bachadon va qindan iborat.
Tuxumdon 1 juft uzunligi 2-3 sm, qalinligi 1 sm, bachadon naylarini ostida
joylashgan. Tuxumdon po’stloq va ichkarida joylashgan tomirli mag’iz moddadan
tuzilgan. Po’stloq moddasida ayollarning tuxum hujayralari-ovotsitlar joylashgan.
Tuxum hujayralardan pufakchalar (folliqo’la) 6 mm kattalikda-etilib turadi (har 28
kunda bittadan).
Do'stlaringiz bilan baham: |