Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Download 479,73 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/72
Sana12.07.2021
Hajmi479,73 Kb.
#117057
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   72
Bog'liq
odam anatomiyasifiziologiyasi va gigiyenasi

Tayanch  so’zlar:  fastsiya,  atrofiya,  falaj,  targ’il,  ixtiyoriy  endomizium, 

perimizium,  gilofi,  pay,  serbar,  duk,  dumi,  sinovial  qini,  sinergist,  antog’onist,  ikki 

qorish,  koordinatsiya,  aponevroz,  g’altak,  sesamasimon,  ampletuda,  trapetsiya, 

serbar,  rombsimon,  tishsimon,  qizilo’ngach,  aorta,  diafragma,  to’sh-umrov 

surgichsimon  muskul  deltasimon.  lateral  va  melial  qanotsimon,  yonok,  kulgu, 

takabburlik  va  ko’zning  doiraviy  muskuli,  qirra  osti  va  ustki,  tumshuqsimon  elka 

muskuli, pronator, suttimator, yonbosh-bel, noksimon,-ichki yopqich, mashinachilar, 

taroqsimon, yarim pay, yarim parda muskullari. 

PDF created with pdfFactory trial version 

www.pdffactory.com




 

17

Muskullar 



organizmda 

muhim 


o’rin 

tutadi. 


Markaziy 

nerv 


sistemasining 

impulslari 

ta’sirida 

gavda 


muskullari 

qisqaradi. 

Oqibatda  skelet  harakatta  keladi  va  gavda  bir  joydan  ikkinchi  joyga  ko’chadi. 

Muskullar  harakat  apparatining  aktiv  qismidir.  Suyaklar,  paylar  fastsiyalar  passiv 

qismi  hisoblanadi.  Muskullarda  harakat  va  sezuvchi  nervlarning  oxiri  uchi  yotadi. 

Shuning uchun.xar bir  muskul nerv sistemasi bilan bog’langan.  Qon tomirlari bilan 

yaxshi  ta’minlangan  moddalar  almashinuvida  qatnashadi.  Har  bir  muskulda 

harakatlantiruvchi va sezuvchi tolalar bo’lib, nyorv buzilsa muskul artrofiyaga uchrab 

qisqarish xususiyata yo’qoladi va fadaj bo’ladi. O’rta yoshli odamlar tanasining 40-

42 % muskullar tashkil etadi. Chaqaloq va yosh bolalarda faqat gavda og’irligining 

20-22%  ni,  qariganda  esa  25-30%  ga  tushib  qoladi.  Odam  gavdasida  600  ga  yakin 

skelet  muskuli  bor:  1.  Gavdamizdagi  skelet  muskullari  ko’ndalang  targil  muskul 

tolalaridan  tashkil  topgan,  ularning  qisqarishi    bizning  ixtiyorimizga,  ongimizga 

bog’liq.  Shuning  uchun  ixtiyoriy  muskullar  deyiladi.  Bularga  tana,  bosh,  qo’l-oyoq 

muskullari kiradi. 2. Ichki organlar qon, limfa trmirlaridagi va teri muskullari silliq 

muskullarga  kirib  bizning  ongimiz  va  ixtiyorimizga  bog’liq  emas.  Muskullarning 

funktsional  va  struktura  birligi  muskul  tolasidir.  Har  bir  muskul  tolasi  ikkinchi 

muskul-tolasi  bilan  ustini  o’rab  olgan  nozik  biriktiruvchi  to’qima  pardasi 

endomizium  yordamida  bog’langan  bir  kancha.  muskul  tolalari  qo’shilib 

muskul  tutamini  hosil  qiladi.  Ustidan  tashqi  qo’shuvchi  to’qima  parda  perimizium 

bilan  o’raladi.  Muskul  va  muskul  gruppalarini  biriktiruvchi  to’qimalaridan  iborat 

parda-fastsiyalar  bilai  o’ralgan.  Fastsiyalar  tananing  va  qo’l-oyoqlarni  o’rab  turadi. 

Ularga ko’krak, bilak, elka, son fastsiyalari kiradi.   

Fastsiya g’iloflari zich tolali to’qimalardan tuzilgan: qaysi qavatdagi muskulni 

o’rab  yotishiga  qarab  chuqur,  o’rta  yuza  fastsiya  deyiladi.  Shuning  uchun  u  juda 

pishiq  va  muskullar  qisqarganda  mexanik  cho’zilishiga  yaxshigina  qarshilik 

ko’rsatadi.  Muskullar  ikki  uchi  bilan  paylarga  o’tadi  va  o’sha  yordamida  skelet 

suyaklariga  birikadi.  Ba’zi  paylar  teriga  qo’shilib  ketgan.  Paylar  juda  zich 

biriktiruvchi  to’qimalardan  tuzilgan  pishiq  va  baquvvat:  boldirning  uch  boshli 

muskulining payi 400 kg yukni ko’tarsa, sonning 4 boshli muskul payi 600 kg yukni 

ko’tara oladi. 1 kv. sm ko’ndalang kesimga et bo’lgan muskul 10 kg yukni ko’tarsa, 1 

kv. mm ko’ndalang qesimli pay esa 7 kg yukni cho’zilmasdan ko’taradi. 

Tanadagi  serbar  muskullarda  yassi  pay  tortmalari  bo’ladi.  Shuning  uchun 

aponevrozlar  deyiladi.  Har  bir  muskulning  go’shtdor  qismi  tanasi  va  ikki  uchi  pay 

qismlari  bor.  Uzun  muskullarda  bundan  tashqari  boshi  va  dumi  bo’ladi. 

Muskullarning shakli duksimon, bir patli, 2 patli ikki boshli, ikki qorinli, ko’p qorinli 

bo’ladi.  Muskulning  ikki  uchi  ya’ni  muskulning  ustki  uchlari  boshi  hisoblansa 

(qo’zg’almas  nuqtasi)  pastki  uchi  birikadigan  qismi  hisoblanib  (muskulni 

qo’zg’aluvchan nuqtasi) muskul qisqarganda qo’zgaluvchan 

nuqtasi  qo’zgalmas 

nuqtasiga  yaqinlashadi.  Tana  muskulini  qaysi  umurtqa  pog’onasiga  yaqin  turgan 

bo’lsa,  uning  boshi  qo’l-oyoq,  muskulini  tepaga  yaqin  turgan  qismi  ham  boshi 

hisoblanadi.  Muskullar  shakliga  qarab  uzun,  yassi  (serbar),  qisqa  (kalta)  bo’ladi. 

Uzun muskullar duk shaklida, ular qo’l-oyoqda joylashgan. Muskullarning 2, 3 va 4 

ta  boshchaligi  bor.  Ba’zi  muskullarning  tanasi  pay  bilan  2  ta  va  bir  qancha 

qorinchalarga bo’lingan. Uzun muskullarning bir necha dumi masalan: oyoq va qo’l 

PDF created with pdfFactory trial version 

www.pdffactory.com




 

18

panjasini bukuvchi va yozuvchi umumiy muskul 4 ta dumlidir. Serbar muskullarning 



paylari plastinka shaklida bo’lib tanada bo’ladi. Ularning tolalari parallel, qiyshiq va 

doiraviy  bo’ladi.  Muskul  tutamlari  payga  faqat  bir  tomondan  birlashsa,  bir  payli 

muskullar,  ikki  tomondan  qo’shilsa  ikki  payli  muskullar  deyiladi.  Doiraviy 

muskullar,  ikki  tomondan  qo’shilsa,  ikki  payli  muskullar  deyiladi.  Doiraviy 

muskullar tabiiy teshiklar (og’iz, anal teshigi, ko’z kosasi). atrofida bo’lib, qisuvchi 

muskullar  yoki  sfinkterlar  deyiladi.  Xususiy  fastsiyalar  qalin  tortib  doiraviy 

bog’lamlarni hosil qiladi. Ulardan kanallar hosil bo’ladi. Bu kanallar va paylar ichki 

tomondan  sinovial  parda  bilan  qoplangan,  bu  parda  har  bir  kanalda  berk  sinovial 

qinini hosil qiladi. Bu qin sinovial suyuqligi bilan to’la. Bu suyuqlik moy xizmatini 

o’tab  ishqalanishni  kamaytiradi.  Muskul  va  paylarning  yopishish  joylarida  shilliq 

xaltalar bor, ular suyak do’mboqlariga, do’nglariga tegib ishqalanishni kamaytiradi. 

Bir  xil  funktsiyani  bajaradigan  muskullar  sinergistlar  deyiladi,  qarama-qarshi 

harakatni  bajaruvchi  muskullar  antogonistlar  deyiladi.  Murakkab  muskullar:  ikki 

boshli, uch, to’rt boshli, ikki qorinli, tishsimon muskullar mavjud. Muskullar bo’g’im 

orqali ba’zan 2 yoki undan ortiq bo’g’im orqali o’tib harakatni keltirib chiqaradi. 

Odam  gavdasining  muskullari  quyidagichadir:  bosh,  bo’yin,  ko’krak,  orqa, 

dumba,  diafragma,  qorin,  qo’l,  elka,  bilak,  panja,  oyoq  va  chakok,  boldir  va 

panjalardir.  Ularning  harakatlari  ham  turlichadir.  Bukuvchi,  yozuvchi, 

yaqinlashtiruvchi,  cho’zuvchi,  o’zoqlashtiruvchi,  aylantiruvchi,  taranglashtiruvchi, 

qisuvchi,  kengaytiruvchi,  ko’taruvchi  va  tushiruvchi  muskullarga  bo’linadi. 

Muskullar  xamisha  guruh-guruh  bo’lib  ishlaydi.  Har  bir  muskul  ayni  vaqtda 

antog’onist bo’shashib turgan bo’lsa shundagina ishlashi mumkin. Shunga muskulni 

koordinatsiyasi  deyiladi.  Inson  yurish  vaqtida  bir  qancha  muskullar  ishtirok  etadi. 

Ikkala  oyoq  va  tana  muskullari  juda  uyg’unlashgan  xolda  qisqarishi  va  yozilishi 

zarur.  Shu  vaqtda  muskullar  qisqarishi  bilan  bo’shashuvini  muayyan  tartibda  kuch 

bilan yuzaga chiqaradi. Shu tufayli harakat bir tekisda ravon bo’ladi. Harakatlanishni 

uyg’unlashuvi  qoordinatsiyasida  nerv  sistemasi  boshqaradi,  muskullarning  ishi  3 

fazaga  bo’linadi;  1.  Qarshilikni  engish.  2.  Qarshilikni  ushlab  turish.  3.  Qarshilikni-

kuchigo bardosh bera olmaslik fazasi. 

Muskullar  odatda  suyaklarga  pay  yoki  aponevrozlar  yordamida  yopishadi. 

Muskul  va  paylarning  ostida,  ularning  boshlanish  va  yopishish  paylarida  ba’zan 

shilliq  xaltalar uchraydi,  ana shu  xaltalar paylarning ostidagi suyak  do’mboqchalari 

va  do’nglariga  tegib  ishqalanishini  kamaytiradi.  Pay  o’z  yo’nalishini  keskin 

o’zgartirganda  suyaklarda  do’mboqlar,  g’altaklar  vujudga  keladi.  Muskulning 

suyakka  yopishish  burchagini  kattalashtirish  zaruriyati  tugilsa,  paylarning  bag’rida 

sesamasimon suyaklar paydo bo’ladi. Muskullarning 

yordamchi  apparatlari, 

ularning 

ishlarini 

osonlashtiradi, 

kuchini 

ko’paytiradi 

va 

richaglar 



harakatining qo’lamini  oshiradi. 

Ma’lumki,  sesamasimon  suyaklar  turli  katta-

kichiklikdagy yumaloq suyakchalar bo’lib, muskul payiny tagida joylashadi va payni 

suyaklardan  biroz  ko’tarib,  ishqalanishdan  saqlaydi,  aylanish  burchagini  oshirib, 

harakatini  kuchaytiradi.  Eng  katta  sesamasimon  suyak  tizza  qopqog’i  suyagidir. 

Muskullar suyaklarga ishqalanmay osongina harakat  qilishida  sinovial  xaltachalar 

bo’g’im  yaqinida  joylashib  moysimon  suyuqlik  bilan  moylab  turadi.  Muskullar 

qisqarganda 

kalta 

tortadi, 



boshlanish 

va 


yopishish 

nuqtalari 

PDF created with pdfFactory trial version 

www.pdffactory.com




 

19

bir-biriga  yaqin  keladi.  Muskulning  kuchi  uning  tarkibidagi  muskul  tolalarini 



miqdoriga va fiziologik diametrining yuzasiga bog’liq, yoki uning ko’ndalang kesim 

yuziga  barobar  keladi,  Muskulning  qisqarish  ampletudasi  uning  uzunligiga  bog’liq. 

Muskul  tolasi  qancha  uzun  bo’lsa  qisqarish  ampletudasi  shuncha  kalta 

bo’ladi. Muskullar qisqarishi bilan harakatta keladigan suyaklar turli tuman mexanik 

richaglarini  hosil  qiladi.  Mexanik  richagining  tayanch  nuqtasi,  qarshilik  ko’rss1tish 

nuqtasi  va  kuch  qo’yish  nuqtasi  mavjud.  Mexanik  richaglar  uch  xil  bo’ladi: 

«muvozanat richaga», «kuch richagi», «tezlik richagi». 


Download 479,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish