12
angladim. Tajribamda ko’rdimki, ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy,
tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir».
Amir Temur o’z siyosatini davlatni boshqarishda tartib o’rnatish, yurt
osoyishtaligini
ta’minlash,
dehqonchilik
va
chorvachilikni
jonlantirish,
hunarmandchilik va savdoni rivojlantirish, ariq va kanallar qazish, suv inshoatlari va
to’g’onlar qurib suv chiqarish, ko’priklar qurish, chet davlatlar bilan tashqi iqtisodiy
aloqalar o’rnatish bo’yicha qurultoylar o’tkazishdan boshladi. Qurultoylar
Movaraunnahrning barcha viloyatlarida o’tkazilib, ularda barcha shahzodalar, bosh
amaldorlar, harbiy boshliqlar va aristokratlar boshliqlari ishtirok etganlar. Bu
kengashlarda mamlakat xo’jaligi, xalqning ahvoli, ilm-fanni rivojlantirish va harbiy
holat hamda boshqa masalalar muhokama qilgan.
Amir Temur bu qurultoylarda o’zi nutq so’zlab, ilm va dinning mashhur olimu
fuzalolari, har bir sohaning bilimli mutaxassislariga murojaat qilib, muhokama
qilinayotgan masalalar yuzasidan o’z fikr va mulohazalarni bildirishni so’raydi.
Amir Temur ichki-iqtisodiy siyosati xalq farovoniligini oshirish
Movaraunnahrda ilm va fanni taraqqiy ettirishdan iborat edi.
U xazinaning katta
qismini yodgorliklar barpo etishga, yurtni obodonlashtirishga sarflar edi. Shu davrda
Samarqandda Ko’ksaroy, Bibixonim masjidi, Shohizinda maqbarasi, ko’plab bog’lar,
saroylar, yo’llar, ko’priklar, qishloqlarda masjidlar va muhtojlarga oziq-ovqat
beradigan joylar qurdirdi. Toshkent atrofida kanallar qazdirib, Sirdaryodan
Ohangaronga kanal o’tkazdi. Buxoro, Shahrisabz, Farg’ona, Turkistonda masjid,
madrasalar, karvonsaroylar, suv inshoatlari barpo etdi.
Bu ulkan ishlarni bajarishga Amir Temur zabt etgan mamlakatlarning ham
mohir ustalari, hunarmandlari, kosiblarii, olimlariyu fuzalolari jalb etildi.
Amir Temur Samarqandning dovrug’ini ko’klarga ko’tarish uchun bu erda
oziq-ovqat mo’l-ko’lchigini ta’min etdi, ipak, atlas, sental,
shoyi kabi matolar
ko’plab to’qib chiqarildi; mo’yna va turli xil surg’ichlar, bo’yoqlar, eng sifatli
qog’ozlar ishlab chiqildi. Turli shaharlardan ko’plab sohalar bo’yicha ustalar,
hunarmandlar olib kelindi: Damashqdan ipak, mato to’quvchilar, nayza va qurollar
yasovchilar, shisha ishlovchilar, Turkiyadan merganlar, har xil hunarmandlar,
zardo’zi ustalar keltirildi.
Samarqandga shuncha ko’p
kasb sohiblari olib kelindiki, shaharning aholisi
turli millatlarga mansub bo’lib, 150 mingga etdi. Shaharga Rusiya va Tataristondan
charm va surp,
Х
itoydan ipak matolar, lal va gavharlar, mushk, Hindistondan
muskat yong’og’i, qalampir munchoq, mustak guli, dolchin, anbar va boshqa noyob
mollar keltirilgan. Samarqand shu davrda savdo markazi bo’lib, maydonlar kechayu-
kunduz odamlar bilan gavjumligi bois doimo qizg’in savdo bo’lib turgan. Amir
Temur o’z faoliyatida dehqonchilik, chorvachilikni rivojlantirishga, suv omborlari,
to’g’onlar
qurdirib, ariq va kanallar qazdirib, yangi yerlarni o’zlashtirishga, qo’l
ostida bo’lgan barcha yerlardan foydalanishga katta e’tibor bergan, ekin ekish
mumkin bo’lgan barcha yerlarni chorva yaylovlari, ekinzor bog’larga aylantirgan.
Abu Tohirxo’ja Samarqandiy shunday yozadi: «Samarqandda Amir Temur
Ko’ragon soldirgan bog’larkim, Eram Gulistoni rashk qilar darajada 7 ta ekan»
(keyingi ma’lumotlarda, bu bog’lar 14 ta, deb ko’rsatilayapti).
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
13
Amir Temur o’z qo’l ostidagi hududlarda ilm-fanga katta e’tibor berib, katta-
kichik har bir shahar va qishloqda masjid, madrasa, xonaqohlar bino etdirgan hamda
qashshoqlikni bartaraf etish uchun faqiru miskinlarga boshpanalar, yo’lovchilarga
qo’nib o’tadigan rabotlar, etim-esirlarga ovqat beriladigan uylar, g’aribxonalar
qurdirgan, bemorlar uchun shifoxonalar barpo ettirgan va ularda ishlash uchun
xodimlar, tabiblar tayinlab, maosh berilgan.
Amir Temur
iqtisodiy siyosatida savdoni, shu jumladan tashqi savdoni
rivojlantirishga katta e’tibor berilgan. Movaraunnahrga Misr, Farangiston, Ispaniya,
Dashti qipchoq, sharqiy Turkiston,
Х
itoy va boshqa qo’shni davlatlardan elchilar,
savdogarlar muntazam ravishda kelib turgan. Amir Temur Angliya, Farangiston va
boshqa davlatlar qirollariga murojaat qilib, ular bilan savdo aloqalarini o’rnatdi va
rivojlantirgan. Markaziy Osiyo orqali o’tadigan Ipak Yo’lida savdogarlarning
ahvolini
yaxshilash, safarini engillashtirish, xavfsizligini ta’minlash uchun yo’llar
atrofiga karvonsaroylar qurdirib, ularda barcha qulayliklarni yaratgan. Chunki,
hudud yo’lning eng serqatnov, serdaromad, gavjum va osoyishta qismi hisoblangan.
Shu sababli yo’lga soqchilar qo’yilib ular savdogarlarni va sayohatchilarni
qo’riqlaganlar, o’g’rilar, qaroqchilar, odamlar joniga qasd qiluvchilarga shafqat
qilinmagan.
Bozorlarda tartib va narx-navo ustidan doimiy nazorat o’rnatilgan.
Х
aridor
xaqiga xiyonat qilgan sotuvchilar qattiq jazolangan. Bozor narxlarining beo’rin
oshirmasliklari uchun chayqovchilarga qarshi qat’iy choralar ko’rilgan. 1404 yilda
Amir Temur shaxsan o’zi qozilik qilib, go’shtni baland narxda sotishda ayblangan
qassobni o’lim jazosiga hukm qilgan. «Har bir mamlakat va diyorga savdogarlar va
karvonboshilar tayinladimki, ular qaerga bormasin, … u yurtlarning nafis matolari
va boshqa
tovarlaridan keltirishsin, o’sha mamlakatlarda yashovchi fuqarolarning
hol-ahvoli, turish –turmushlari haqida menga xabar olib keltirsinlar, har bir
mamlakat hukmdorining o’z raiyatiga qanday muomalayu munosabatda ekanliklarini
aniqlasinlar» deb yozadi sohibqiron.
1
Soliq tizimi Amir Temur davlati iqtisodiy siyosatining asosi bo’lib hisoblanadi.
Shu davrda erga egalikning 5 ta asosiy ko’rinishi bor edi: 1.
Do'stlaringiz bilan baham: