Atom tuzilishining planetar modeli
|
N.Bor tomonidan yaratilgan. Bu nazariya 2 ta postulatdan iborat.
|
135
|
Borning
I-postulati
|
atomdaelektron yadrodan ma’lum bir o’zgarmas masofada, ya’ni stasionar orbitada harakat qiladi. Bunda atom energiya yutmaydi va chiqarmaydi (atom nurlanmaydi). Bu fikrga ko’ra, elektron yadro atrofidagi elektron qavatlarda joylashgan bo’lib, har bir qavat o’ziga xos energiyaga ega. Elektron qavat atomdan uzoqlashgan sari uning va undagi elektronning energiyasi ortib boradi.
|
136
|
Borning
II-postulati
|
Atomda elektron bir orbitadan ikkinchi orbitaga o’tganda energiya yutiladi yoki chiqariladi. Bunda ikki holat ro’y beradi:
elektron yadroga yaqin orbitadan yadrodan uzoq orbitaga o’tsa, energiya yutadi;
elektron yadrodan uzoq orbitadan yadroga yaqin orbitaga o’tsa energiya chiqaradi.
|
Kvant sonlar
Atom elektron qavatlaridagi elektronlarining holatini to’liq tavsiflash uchun kvant sonlar tushunchasi kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |