Tеrmоdinаmikа issiqlik enеrgiyasi bilаn bоshqа хil enеrgiyalаr оrаsidа
bo’lаdigаn munоsаbаtlаr hаqidаgi tа’limоtdir. Tеrmоnidаmikа so’zi grеkchа
“therme” - issiqlik vа “dinamis” - kuch so’zlаridаn оlingаn bo’lib, uning mа’nоsi
issiqlik bilаn bоg’liq bo’lgаn kuchlаr to’g’risidаgi fаnni аnglаtаdi. Uning vаzifаsi
turli sistеmаlаrning хоssаlаri vа ulаrdа bo’lаyotgаn jаrаyonlаrni o’rgаnishdаn
ibоrаt. Kimyoviy tеrmоdinаmikа umumiy tеrmоdinаmikаinng bir qismi bo’lib,
tеrmоdinаmikа qоnun vа qоidаlаrinni kimyoviy jаrаyonlаrdа qo’llаnilishni
tеkshirаdi. Kimyoviy reaksiyalarda ajralib chiqadigan yoki yutiladigan issiqlik
miqdori reaksiyaning issiqlik effekti deyiladi. Issiqlik ajralib chiqishi bilan
boradigan reaksiyalar ekzotermik reaksiyalar, issiqlik yutilishi bilan boradigan
reaksiyalar endotermik reaksiyalar deyiladi. Kimyoviy tizimini tavsiflash uchun
bosim (P), hajm (V) va temperatura (T)dan tashqari yana ichki energiya (U)sini ,
entalpiya (H), entropiya (S) va Gibbs energiyasi (G) kabi holat funksiyalari ham
ishlatiladi. Тizimning ichki energiyasi undagi molekulalarning o‘zaro itarilishi,
tortilish energiyasi, ilgarilanma harakat energiyasi, molekula ichida atom va
atomlar guruhining tebranish energiyasi, atomlarda elektronlarning aylanish
energiyasi, atom yadrosida bo‘ladigan energiya va hokazo energiyalar yig‘indisiga
teng bo‘ladi. Agar o‘zgarmas hajmdagi tizimning temperaturasi T
1
dan T
2
ga
ko‘tarilguncha qizdirsak, tizimga berilgan issiqlik uning ichki energiyasining
ortishiga teng bo‘ladi: Q
V
= U
2
– U
1
= ∆U.
Demak, o‘zgarmas hajmdagi reaksiyaning issiqlik effekti uning ichki
energiyasining o‘zgarishiga teng. Odatda, kimyoviy reaksiyalar o‘zgarmas
bosimda sodir bo‘ladi. O‘zgarmas bosimda tizimga berilgan issiqlik uning ichki
energiyasining ortishiga hamda tashqi kuchlarga qarshi ma’lum A ish bajarilishiga
sarf bo‘ladi: Q
P
= ∆U + A; A = P·∆V Q
P
= ∆U + P·∆V = ∆H.
Ya’ni, o‘zgarmas bosimda reaksiyaning issiqlik effekti uning entalpiyasi
o‘zgarishiga teng: ∆H = ∆U + P·∆V Q
P
= ∆H.
Ekzotermik jarayonlarda tizimning ichki energiyasi hamda entalpiyasi
kamayadi, ya’ni U
2
< U
1
va H
2
< H
1
bo‘lganligi uchun ∆U = U
2
─ U
1
hamda ∆H =
H
2
– H
1
ifodalar manfiy qiymatga ega bo‘ladi.
Aksincha, endotermik jarayonlarda tizimning ichki energiyasi va
entalpiyasi ortganligi sababli ∆U va ∆H larning qiymati musbat bo‘ladi. Standart
sharoitda 1 mol murakkab moddaning oddiy moddalardan hosil bo’lish
reaksiyasining issiqlik effekti shu moddaning standart hosil bo’lish issiqligi
(∆H
0
298
) deyiladi. Oddiy moddalarning standart hosil bo’lish issiqligi nolga teng.
Тermokimyoning asosiy qonuni Gess qonunida mujassam bo‘lgan.
Gеss qоnuni. Termokimyoda eng ahamiyatli qonunlardan biri rus
akademigi Gernan Ivanovich Gess (1802-1850) kashf etgan qonundir (1840). U
mana bunday ta’riflanadi: issiqlik effekti faqat dastlabki va so`nggi holatlarga