Broun xarakati. Suyuqlik molekulalarini doimo issiqlik xarakatida bo`lishini kuzatish va tekshirish orqali kolloid va mikrogeterogen sistemalar zarrachalarining xam to`xtovsiz xarakatda bo`lishi aniqlandi.
Bu xarakatni birinchi bo`lib 1827 yili ingliz botanigi Robert Broun kuzatganligi uchun Broun xarakati deb ataladigan bo`ldi.
R. Broun gul changining suvdagi suspenziyasini mikroskop yordamida kuzatib gulning chang zarrachalari uzluksiz, tartibsiz xarakat qilayotganligini aniqladi. Broun bu xarakatning sabablarini tushuntirib bera olmadi; lekin bu xodisani xilma-xil suspenziyalarda kuzatib, bu xarakat moddaning tabiatiga bog’liq bo`lmay, temperatura ortishi bilan tezlashini, zarrachalar kattalashgani sari kamayishini, xamda bu xarakat suyuqlikning qovushqoqligiga bog’liq ekanligini topdi. Broun xarakatining sababi uzoq vaqtgacha aniqlanmay keldi. Gazlarning molekulyar kinetik nazariyasi vujudga kelgandan so`ng, Broun xarakatining sababini aniqlash mumkin bo`ldi.
1888 yili Gui va 1900 yili eksner, Broun xarakati xam molekulyar kinetik tabiatga ega degan fikr bildirishdi. Keyinchalik bu fikrni eynshteyn va Smoluxovskiylarning nazariy xisoblarida, xamda Svedberg va Perrenning tajribalarida isbot qilindi. Bu nazariyaga muvofiq suyuqlik molekulalari xamma vaqt xarakatda bo`ladi, ular suyuqlikka tushirilgan zarrachaga kelib uriladi va uni bir tomondan ikkinchi tomonga siljitadi. Demak, Broun xarakati suyuqlik molekulalarining issiqlik xarakatidan kelib chiqadi.
Molekulyar kinetik nazariyaning ko`rsatishicha kolloid zarracha bir sekundda xarakat yo`lini 1020 martadan ko`p o`zgartirar ekan. Demak, kolloid zarrachaning xarakat yo`li doimo o`zgarib turadi, uning o`tgan yo`li uzunligini aniqlash qiyin, xamda zarrachaning tezligini aniqlash noto`g’ri xulosaga olib keladi. CHunki, zarrachalarning xarakati bir qancha siniq-chiziq (zigzak tuzilishli)lardan iborat.
Perren zarrachaning turgan joyi ma`lum vaqt ichida qancha o`zgarishini aniqlashni taklif qildi. Kolloid zarracha yo`lining ma`lum vaqt ichida o`zgarishi zarrachaning siljishi deyiladi (4-rasm). Zarrachaning siljishi Broun xarakatini qanchalik sust yoki tez bo`layotganligi xaqida fikr yuritishga imkon beradi.
1905 yilda eynshteyn va 1906 yilda Smoluxovskiy (bir-biridan bexabar) Broun xarakatining kinetik nazariyasini yaratdilar.
Eynshteyn Broun xarakatiga gaz qonunlarini tadbiq etib, zarrachaning "t" vaqt ichida o`rtacha siljishining kvadrat qiymatini aniqlash formulasini topdi:
X2=2D•t
Do'stlaringiz bilan baham: |