KOLLOID ERITMALAR.
.
REJA:
1. Dispers sistemalar.
2. Kolloid sistemalarning optik xossalari.
3. Kolloid sistemalarning elektr xossalari.
"Kolloid kimyo" dispers (maydalangan) sistemalar va sirt qavatda sodir bo`ladigan xodisalarning fizik-kimyosiga oid fan bo`lib, moddalarning dispers xolatlari va sirt qavatlarning o`ziga xos xususiyatlari xaqidagi ta`limotni o`rganadi.
Xozirgi zamon kolloid kimyosining asosiy muammosi bir tomondan dispers sistemalarning (dispers faza va dispers muxiti) qanday paydo bo`lganligi, ularning barqarorligi va boshqa xossalari bo`lsa, ikkinchi tomondan o`z tabiati bilan bir-biridan farq qiluvchi fazalararo sirt chegaralarda sodir bo`ladigan mexanik va elektrik xossalarga ega bo`lgan strukturalarning geterogen tuzilish xaqidagi masalalardan iborat. Kolloid kimyoda tekshiriladigan sistemalar professor N. N. Peskov tomonidan ta`riflangan ikki belgi bilan xarakterlanadi. Ulardan biri disperslik va ikkinchisi geterogenlikdir.
Biror moddaning mayda zarrachalari boshqa modda ichida tarqalishidan xosil bo`lgan sistema dispers sistema deyiladi (dispers so`zi lotincha disperge're, ya`ni tarqalmok, bo`lak-bo`lak (maydalanib) ketmoq so`zidan kelib chiqqan). Tarqalgan modda dispers faza, ikkinchi modda esa dispersion muxit deb nomlanadi.
Xar qaysi dispers faza qattiq, suyuq va gazsimon agregat xolatlarda bo`ladi. SHu sababli dispers sistemalarning xillari nixoyatda ko`p va turli-tuman bo`ladi. Kapillyar-g’ovak moddalar xam dispers sistemalar jumlasiga kiradi. Dispers sistemalar tabiatda juda ko`p tarqalgan, ular ishlab chiqarishning turli-tuman jarayonlarida keng qo`llaniladi. Atrof muxitimizda mavjud materiallar - tuproq, gilmoya, yog’och, tabiiy suv, turli tuman oziq ovqat maxsulotlari, bo`yoq va xokazolarning xammasi dispers sistemalarga misol bo`la oladi.
Dispers sistemalarda dispers faza zarrachalari katta sirtga ega bo`lganligi sababli ularning sirtidagi atom va molekulalar aloxida xolatda bo`ladi. Ko`pincha kolloid eritmaning sirt qavati uning ichki qavatidan xatto tarkib jixatidan farq qiladi. Binobarin, xar qanday dispers sistemada uchta faza: dispers faza, dispersion muxit va sirt faza mavjuddir. SHunga ko`ra kolloid kimyoda uchta muxim muammoni o`rganishga katta axamiyat beriladi, bular:
sirtda sodir bo`ladigan xodisalarni va sirt qavatlarni o`rganish;
dispers sistemalarning sirt fazaga bog’liq xossalarini o`rganish;
dispers sistemalarning mavjudlik sharoitlarini o`rganishdan iborat.
Dispers sistemalarning barqarorligiga ta`sir qiluvchi omillardan biri dispers faza zarrachalarining katta-kichikligi yoki disperslik darajasidir.
SHuning uchun barcha dispers sistemalar zarrachalarining o`lchamiga qarab uch sinfga bo`linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |