dag’al dispers sistemalar (suspenziya, emul’siya va ko`piklar), bu sistemalarda dispers faza zarrachalarining o`lchami 100 nm dan ortiq (10-7 m yoki 10-5 sm dan ortiq) bo`ladi;
Kolloid sistemalar zarrachalar o`lchami 1 nm - 100 nm (10-9 - 10-7 m yoki 10-7 - 10-5 sm) oralig’ida;
CHin eritmalar zarrachalarining o`lchami 1 nm (10-9 m yoki 10-7 sm)dan kichik bo`ladi.
Kolloid sistemalarning geterogenligi bu sistemadagi zarrachalar orasida chegara sirti, sirt qavati borligidir. Kolloid zarrachalarni odatdagi mikroskopda ko`rib bo`lmaydi. CHunki modda kolloid sistemalarda juda kichik zarrachalarga maydalangan xolda bo`ladi. Ularni maxsus optik asboblar bilangina ko`rish mumkin. Kolloid zarrachalar fil’tr qog’oz teshiklaridan o`tib ketadi, lekin o`simlik va xayvon organizmidagi membranalardan o`tmaydi. Kolloid sistemaning dispers fazalari dispersion muxitdan ma`lum sirtlar bilan ajralgan mustaqil fazani tashkil etadi. SHuning uchun kolloid sistemalar mikrogeterogen, xatto ul’tramikrogeterogen sistemalar deb qaraladi.
Ko`pchilik olimlar kolloid eritmalarni o`rganish natijasida kolloid eritmalar odatdagi xaqiqiy eritmalarga o`xshaydi, lekin ulardan faqat o`z zarrachalari o`lchamining katta bo`lishi bilangina farq qiladi, degan xulosa chiqarishgan.
SHunday qilib, kolloid kimyoning vazifasi yuqori disperslikka ega bo`lgan geterogen sistemalarni, bu sistemadagi sirt xodisalarni va yuqori molekulyar sistemalarni o`rganishdan iborat.
Molekulyar-kinetik nazariyasi modda zarrachalarning o`z-o`zicha xarakat qilishi qonunlarini tekshiradi. Bunday xarakatlar chin eritmalar uchun xos bo`lib, eritmalarning ba`zi xossalari erigan modda tabiati qanday bo`lishidan kat`iy nazar eritmaning xajm (yoki massa) birligida bo`lgan zarrachalar (molekula va ionlar) miqdoriga bog’liq bo`ladi. Bu xossalar eritmalarning kolligativ xossalari deb ataladi. Ular jumlasiga eritmalarda bo`ladigan diffuziya va osmos xodisalari, eritmada toza erituvchining bug’ bosimini kamayishi, muzlash temperaturasining pasayishi xamda qaynash temperaturasining ko`tarilish xodisalari kiradi. kolloid sistemalarni tekshirish natijasida ularda xam kolligativ xossalar mavjud ekanligi isbotlandi.
Kolloid sitemalarning molekulyar-kinetik xossalridan eng muximlari qatoriga kolloid zarrachalarning diffuziyalanishi, Broun xarakati, kolloid eritmalarning osmotik bosimi va sedimentatsiya xodisalari kiradi. Sedimentatsiya xodisasi ko`proq dag’al dispers sistemalarda uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |