Natriy tetraboratning 0,1 n eritmasini tayyorlash
Standart eritmadan 250 ml tayyorlansa titrlash uchun yetarli hisoblanadi. Standart eritma tayyorlashda natriy tetraboratning qayta kristallangan kristallogidrati Na2B4O7.10N2O olinadi. 250 ml 0,1 n eritma tayyorlashga kerakli kristallogidratning massasi quyidagicha hisoblanadi:
Analitik tarozida yangi qayta kristallangan buradan to’rtta raqamgacha aniqlik bilan tortib olinadi va bu tortim keng bo’g’izli varonka orqali 250 ml hajmli o’lchov kolbasiga o’tkaziladi. Voronkani distillangan suv bilan chayilib olib qo’yiladi va kolbaning belgisigacha distillangan suv quyib, tiqini berkitiladi, eritma yaxshilab chayqatiladi.
Tayyorlangan natriy tetraboratning standart eritmasi titri va normalligi formulalar asosida hisoblanadi:
m- tortib olingan bura massasi (0,4771 g); V-o’lchov kolbasi hajmi (250 ml)
Shu tayyorlangan standart eritma yordamida xlorid kislotaning taxminiy kontsentratsiyali (0,1n) eritmasi titrlanib, standartlashtiriladi.
Xlorid kislota eritmasi normalligi va titrini tetraborat bo’yicha aniqlash
Toza pipetka bilan ma’lum hajmda (10 ml, 15 ml yoki 25 ml) buraning standart eritmasidan o’lchab olinadi va titrlash kolbasiga solinadi. Uning ustiga 1-2 tomchi metil zarg’aldog’i tomiziladi. Tozalab yuvilgan byuretka HCl eritmasi bilan chayilib, so’ng uni HCl ning tayyorlangan eritmasi bilan nol nuqtasigacha to’lg’iziladi. Byuretkaning kapillyar nayidagi havo pufakchalari chiqarib yuborilgach, bura eritmasi solingan kolba byuretkaning tagiga qo’yiladi va byuretkani uchi kolbaga 1 sm gacha tushiriladi. Shtativning kolba qo’yiladigan qismiga bir varaq qog’oz qo’yiladi, bu eritma rangining o’zgarishini aniq ko’rishga yordam beradi. Shundan so’ng, kislotaning ortiqcha bir tomchisidan bura eritmasining sariq tusi pushti rangga o’tguncha titrlanadi. Titrlashni bir-biridan 0,1 ml dan ko’p farq qilmaydigan yaqin natijalar olunguncha 3-4 marta takrorlanadi, o’rtacha hajmi hisoblanadi.
1 - titrlash uchun sarf bo’lgan ortiqcha HCl eritmasi V1=14,85 ml
2 - titrlash uchun sarf bo’lgan ortiqcha HCl eritmasi V2=14,90 ml
3 - titrlash uchun sarf bo’lgan ortiqcha HCl eritmasi V3=14,80 ml
Titrlash natijasiga ko’ra xlorid kislotasining eritmasining normalligini hisoblanadi:
N(bura) V(bura) =N(HCl).V(HCl)
Xlorid kislota eritmasining normal kontsentratsiyasini bo’lgan holda, uning titrini hisoblanadi:
Shunday qilib, normalligi va titri belgilangan xlorid kislota eritmasi kontsentratsiyasi noma’lum eritmadan ishqor (NaOH) miqdorini aniqlashda standartlashtirilgan ishchi eritma sifatida foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |