Etilatsetat sintezi
Vyurs kolbasiga 2,5 ml etil quyib, ustiga extiyotlik bilan aralashtirib turib 2,5 ml konsentrlangan sulfat kislota qo’shiladi. Shundan keyin kolba oqimi pastga qiya qilib, suvli sovutgich ulanadi. Tomizgich voronkali probirka bilan kolba og’zini berkitib, kolbaga moy hammomida 140 C gacha qizdiriladi (termometr hammom ichiga tushib turishi kerak). Qizdirilgan suyuqlikka asta - sekin voronka orqali 20 ml etil spirt, 20 ml muz sirka kislota aralashmasi 2 soat davomida qo’shiladi va 1400C da hosil bo’layotgan etilasetat xaydaladi (yuqori temperaturada qo’shimcha modda dietil efirining hosil bo’lishi ko’payadi). Reaksiya tamom bo’lgandan keyin tarkibida sirka kislota qo’shimchasi bor distilyat natriy karbonatning konsentrlangan eritmasi bilan neytrallanadi. Natriy karbonat eritmasi asta - sekin shisha tayoqcha bilan suyuqlikni aralashtirib turib qo’shiladi (CO gazining ajrablib chiqishi natijasida aralashma ko’piradi ). Aralashmaning efir qisimiga tushirilgan ko’k lakmus qog’oz qizarguncha soda eritmasi qo’shiladi. Sirkaetil efir pastgi suv qavatdan ajratgich voronka yordamida ajratiladi va u kalsiy xloridning to’yingan eritmasi ( 8 ml suvda 8 gr kalsiy xlorid eriydi ) bilan chayqatib aralashtiriladi. Efirni ajratib kalsiy xlorid bilan quritiladi va suv hammomida haydaladi. 71 – 75 C da sirka etil efir, etonol va suvdan iborat azeotrop aralashma haydaladi. 75 – 78 C da toza sirkaetil efir haydaladi. Uning unumi 20 g. Sirkaetil efir xushbo’y hidli, rangsiz suyuqlik. Efir, etanol, xloraform, benzol bilan aralashadi, suvda kam eriydi. Molekulyar massasi 88,10; suyuqlanish temperaturasi – 83,6 C; qaynash temperaturasi – 77,15 C d 0,901; n 1,372.
№ 15 LABORATORIYA MASHG’ULOTI
FENOLLARNING GIDROKSIL GURUHIGA VA XALQAGA BORADIGAN REAKSIYALARI.
Fenolga bromli suv ta’siri
Proborkaga 0,1 g fenol solib ustiga 2ml suv quyamiz va to’la eriguncha aralashtiramiz. Eritma ustiga tomchilatib to o’ziga xos hidli tribromfenolning oq bulut simon cho’kmasi hosil bo’lguncha bromli suv qo’shamiz. Agarda aralashtirib turib bromli suvni qo’shishda davom ettirsak oq cho’kma sariq rangli cho’kmaga aylanadi.
Fenoldagi gidroksil kislorodi tashqi electron qavatidagi erkin electron juftlari buluti halqaning harakatchan п – elektron buluti bilan ta’sirlashib benzol halqasiga qarab siljiydi va uning elektron zichligini asosan orto-va para – holatlarda ko’paytiradi.Natijada elektrofil o’rin olish reoksiyalari shu holatlarda benzolga nisbatan juda oson boradi. Brom ta’sirida uchta vodorod oddiy sharoitda bromga almashinadi:
Ortiqcha miqdorqagi bromli suv ta’sirida suvda yomon eriydigan sariq rangli 2,4,4,6- tetrabromsiklogeksan oksidga aylanadi.Bunda u bromli suv ta’sirida oksidlanadi ham:
Benzol hosilalarining bu xususiyatini labaratoriya sharoitida ancha oson amalga oshadigan, kuzatiladigan reaksiyalari yordamida ham ko’rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |