K va n - Freyndlix teiglamasidagi doimiyliklar, olingan natijalarga asoslanib millimetrli qog’ozga sirka kislotaning adsorbtsiya izotermasi (1-rasm) chiziladi, buning uchun abstsissa o’qiga «C» va ordinata o’qiga « Γ » ning qiymatlari qo’yiladi.
K va n - larning qiymatlarini topishda grafik usuldan foydalanamiz.
Buning uchun Freyndlix tenglamasini logarifmik shaklada ifodalasak va lg C
o’zgaruvchilarga nisbatan to’g’ri chiziq tenglamasini olamiz: bundan, abtsissalar o’qiga lg C ordinatalar o’qiga qiymatlarini qo’yib, to’g’ri chiziqda yotuvchi nuqtalar olinadi (2-rasm). Grafiqda to’g’ri chiziq ordinata o’qi bilan kesishadi. Koordinata boshidan to’g’ri chiziq kesishgan ergacha oraliq lg K ni qiymatiga to’g’ri kelsa, shu to’g’ri chiziqning burchak katangensi «n» ning qiymatiga teng bo’ladi.
№ 14 LABORATORIYA MASHG’ULOTI
ETERIFIKATSIYA REAKSIYALARI ASOSIDA MURAKKAB EFIRLAR OLISH.ETILATSETAT OLISH
.
Ishning maqsadi: Turli xil konsentrasiyali polimer eritmalari qovushqoqligini aniqlab, molekulyar massani hisoblash.
Reaktivlar: poliakrilamid, polivinilpirrolidon, polistirol, polimetilmetakrilat yoki boshqa polimerlarni (o'qituvchi tomonidan beriladi) 0,2 g/100 ml konsentrasiyali eritmalari.
Jihozlar: termostat, modifikasiyalangan Ubbelode viskozimetri, sekundomer, pipetka (10 mlli), rezina naycha, rezina nok.
Ishning bajarilishi: Ishning bajarilishi uchun polimer, erituvchi va harorat kitobning ilova qismida keltirilgan jadvalga asosan tanlanadi. Bu jadvalda tajriba sharoiti uchun Mark-Kun-Xauvink tenglamasining К va α qiymatlari ham keltirilgan.
Avvalo toza quritilgan viskozimetrga erituvchi quyiladi va sharchaning yuqori qismigacha, naycha berkitilib turgan holda, rezina nok bilan ko'tariladi, naychaning og'zi ochilganda erituvchi sharchadan viskozimetrning pastki qismiga oqib tusha boshlaydi. Sharchaning tepasiga qo'yilgan belgidan to kapillyarning yuqori qismidan oqib o'tish vaqti 3-4 marta sekundomer yordamida o'lchanadi.
Shundan so'ng toza, quritilgan viskozimetrga birinchi eritma quyiladi.
Eritmaning hajmi (odatda 7-8 ml) viskozimetrning kapillyar, yuqori va pastki sharchalarining to'ulishiga etarli bo'lishi kerak. Polimer eritmasi pipetka orqali aniq o'lchanishi lozim.
Birinchi quyilgan eritmani ham xuddi erituvchi bilan ishlangan tartibda viskozimetr sharchasidan o'tish davri o'lchanadi. Polimer eritmalarini suyultirish shu viskozimetrning o'zida bajariladi. Buning uchun dastlab olingan eritmaning ustiga teng hajmda pinetka orqali erituvchi quyiladi, 15 - 20 minut eritmani
muvozanatga kelguncha va uning harorati termostat haroratiga tenglashguncha kutib turiladi. Eritmani suyultirish kamida 3 marta amalga oshiriladi. Eritmaning har bir konsentrasiyasida bajariladigan ishlar xuddi yuqorida bayon etilganidek bajariladi.
Olingan natijalar jadvalga yoziladi:
Topshiriq: Olingan natijalardan kel qovushqoqlikning konsentrasiyaga bog'liqlik grafigi chiziladi. Grafikdan harakteristik qovushqoqlik topiladi va Mark-Kun-Xauvink tenglamasi [ ]=КМα dan foydalanib polimerning molekulyar massasi hisoblanadi. K va α larning qiymatlari ilovada keltirilgan jadvaldan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |