Muskullar. Baliq terisi ostida suyaklarga birikkan muskullar joylashgan. U muskulaturani hosil qiladi. Ulardan eng baquvvat- lari tanasining orqa tomonida va dumida joylashgan. Baliqlarning muskullari asosiy tana, bosh, dum va suzgichlarining muskullari kabi 4 qismga bo‘lib o‘rganiladi. Bu muskullarning eng salmoqlisi asosiy tana va dum muskullari hisoblanib, ular ham o‘z navbatida, orqa, qorin hamda yonbosh muskullardan tashkil topadi. Tarkibi- dagi pigmentlarining miqdoriga ko‘ra turli guruhlarga mansub ba- liqlar muskullarining rangi har xil bo‘ladi. Muskullarining bir ma- romda qisqarishi, suzgichlarini harakatga keltirib baliqlarning ol- dinga siljishini ta’minlaydi. Ayrim baliqlar (qilich baliq) soatiga 130 km gacha tezlik bilan suza oladi.
Muskullar qisqarishi va yozilishi tufayli baliqlarning tanasi egi- ladi. Bu baliqlarning suvda harakatlanishiga yordam beradi. Boshi- da va suzgich qanotlarida, jag‘larni, jabra qopqoqlarini va suzgich qanotlarini harakatlantiradigan muskullar joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |