Davlat tilini o‘rganish. Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
1. Harbiy o‘quv yurtiga kirish istagini bildirgan fuqarolar harbiy litseylarda, umumta’lim o‘quv
yurtlarida (gimnaziyalarda, litseylarda), O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi
“Vatanparvar” jamiyatining tashkilotlarida, harbiy o‘quv yurtlari qoshidagi tayyorlov kurslarida yoki
mustaqil ravishda tayyorgarlikdan o‘tadilar.
2. Chaqirish yoshiga etmaganlar va chaqiriluvchilarni jismoniy jihatdan tayyorlash jismoniy
tarbiya dasturiga muvofiq xalq ta’limi, jismoniy tarbiya va sport
davlat boshqaruvi idoralari, sport
jamiyatlari va klublari, davolash muassasalari
tomonidan korxonalar, muassasalar va
tashkilotlardagi mudofaa-sport-sog‘lomlashtirish lagerlarida amalga oshiriladi.
3. O‘spirinlar o‘rtasida davolash-sog‘lomlashtirish ishlari sog‘liqni
saqlash idoralari va
muassasalari tomonidan ularning turar joylarida, ish yoki o‘qitish joylarida, davolash-oldini olish va
davolash-sog‘lomlashtirish muassasalarida tashkil etiladigan o‘smirlar xonalari va poliklinikalarida
uyushtiriladi hamda o‘tkaziladi.
15 — 17 yoshdagi o‘spirinlar har yili chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga jalb
etiladigan mutaxassis vrachlar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
4. Ta’limni boshqarish davlat idoralari chaqirilish yoshiga etmaganlar va chaqiriluvchilarning
tarbiya, umumta’lim tayyorgarlik darajasini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni ko‘rishlari,
davlat tilini yaxshi bilmaydigan yoki mutlaqo bilmaydigan o‘smirlar bilan davlat tilini o‘rganish
bo‘yicha qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazishni uyushtirishlari va o‘tkazishlari shart.
13-modda. Harbiy xizmatga tayyorgarlikka jalb etiladigan fuqarolarning huquq va
majburiyatlari
1. Ishlab chiqarishdan ajralgan holda hunar-texnika ta’limining o‘quv tashkilotlarida,
O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” jamiyatining o‘quv
tashkilotlarida harbiy-texnika ixtisosliklari bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rishga jalb etilgan fuqarolarning
ish o‘rni va egallagan lavozimi ularning yuqoridagi vazifalarni
bajarishlarining butun davrida, shu
jumladan o‘qish (yig‘in) o‘tkaziladigan joyga borish va orqaga qaytish davrida saqlab qoladi.
2. Chaqiriluvchilarning ta’lim olish (yig‘inlar) davrida ijaraga olgan uy-joylarga qilgan
xarajatlari, o‘qish joyga borish va u yerdan qaytishning (basharti,
boshqa aholi punktiga borish
bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa) yo‘lkira qiymati, shuningdek o‘rtacha oylik ish haqi asosiy ish joyida
to‘lanadi. Ishlamaydigan chaqiriluvchilarning
ana shunday xarajatlari, shuningdek kun
kechirishning belgilangan eng kam miqdoridagi nafaqa hokimiyatlar tomonidan to‘lanadi.
3. Harbiy-texnik ixtisoslar bo‘yicha chaqirishga qadar tayyorgarlikdan o‘tishga
jalb etilgan
fuqarolar mashg‘ulotlarda qatnashishlari shart.
Do'stlaringiz bilan baham: