Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘G‘risida


-modda. Chaqiruv komissiyalari



Download 473,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/25
Sana13.07.2022
Hajmi473,79 Kb.
#790709
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Bog'liq
644-XII-сон 03.07.1992. Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida

16-modda. Chaqiruv komissiyalari
1. Fuqarolarning muddatli harbiy xizmatga chaqiruvini o‘tkazish uchun nohiyalarda,
shaharlarda, viloyatlarda, Qoraqalpog‘istan Respublikasida chaqiruv komissiyalari tuziladi. Chaqiruv
komissiyalarining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘istan
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va nohiya hokimlari tomonidan viloyat, shahar va
nohiya harbiy boshqaruv idoralarining muqarrar ishtirokida belgilanadi.
Yuqori turuvchi chaqiruv komissiyalari zimmasiga:
chaqiruv muddatini kechiktirish yoki chaqiruvdan ozod qilganlik qay darajada to‘g‘ri
ekanligini tekshirish;
chaqiriluvchilarni harbiy kasb-korlarga tayinlashda ularning tajribasi, qobiliyati, qiziqishlari va
shaxsiy imkoniyatlarini hisobga olishi qay darajada asosli bo‘lganligini nazorat qilish:
fuqarolarning nohiya (shahar) chaqiruv komissiyalarining xatti-harakatlari ustidan qilgan
shikoyatlarini qarab chiqish vazifalari yuklatiladi.
Muddatli harbiy xizmatga chaqirilganlarni, shuningdek nohiya (shahar) chaqiruv
komissiyalarining tibbiy ko‘rik natijalariga hamda qaroriga noroziligini bayon etgan shaxslarni
harbiy qismlarga jo‘natishdan avval nazorat tarzida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni O‘zbekiston
Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy vrachlar komissiyalari amalga oshiradilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar chaqiruv komissiyalari nohiya
(shahar) chaqiruv komissiyalarining qarorlarini ko‘rib chiqish va bekor qilish huquqiga egalar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar chaqiruv komissiyasining
qarorlari ustidan davlat boshqaruvi idoralari va mansabdor shaxslarning fuqarolar huquqlarini
kamsituvchi g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish uchun belgilangan tartibda xalq
sudiga shikoyat qilishi mumkin.
2. Harbiy xizmatga chaqirilayotgan barcha fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa
vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq
mutaxassis vrachlarning tibbiy ko‘rigidan o‘tishlari shart.
3. Chaqiriluvchini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalariga, uning ma’naviy va kasbiy xislatlarini
o‘rganishga, shuningdek oila a’zolarining moddiy va ijtimoiy ahvolini o‘rganib chiqish natijalariga
muvofiq nohiya (shahar) chaqiruv komissiyasi:
harbiy xizmatga yaroqliligi va qo‘shin turini belgilagan holda harbiy xizmatga chaqirish
to‘g‘risidagi;
muqobil xizmatga yaroqliligi va muqobil xizmatga chaqirish to‘g‘risidagi;
salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsizligi to‘g‘risidagi;
ushbu Qonunning 
17 
va 
18
-moddalariga asosan muddatli xizmatga chaqirishni kechiktirish
yoki chaqirishdan ozod qilish to‘g‘risidagi;
salomatligiga ko‘ra tinchlik vaqtida harbiy xizmatga yaroqsizligi, urush vaqtida cheklangan
ravishda yaroqliligi va zaxiraga o‘tkazish to‘g‘risidagi;
harbiy ro‘yxatdan chiqargan holda harbiy xizmatga yaroqsiz deb topish to‘g‘risidagi
qarorlardan birini qabul qiladi.

Download 473,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish