Quyidagi chaqiriluvchilarning chaqirish muddati oilaviy sharoitga ko‘ra
uzaytiriladi,
chunonchi:
a) chaqiriluvchining otasi va onasi yoki ulardan biri mehnatga qobiliyatsiz bo‘lib ular bilan
birga yoki ayrim holda istiqomat qilishdan qat’i nazar, o‘zlarini boqishi shart bo‘lgan
boshqa
mehnatga qobiliyatli o‘g‘li bo‘lmasa. Ota-onalarning mehnatga qobiliyatsizligi amaldagi
qonunlarga muvofiq aniqlanadi;
b) chaqiriluvchining mehnatga qobiliyatli onasi yolg‘iz bo‘lib, uning 16 yoshga to‘lmagan ikki
va undan ortiq bolasi bo‘lsa-yu, istiqomat joyidan qat’i nazar, amaldagi qonunlarga muvofiq
onasiga moddiy yordam ko‘rsatishi shart bo‘lgan mehnatga qobiliyatli boshqa bolalari bo‘lmasa;
v) chaqiriluvchining bir farzandi bo‘lib, uni yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan bo‘lsa;
g) chaqiriluvchining ikki va undan ortiq farzandi bo‘lsa, yoki xotini I yoinki II guruh nogironi
bo‘lsa.
Ota-onasining vafot etganligi, ularning uzoq muddat betobligi yoki boshqa uzrli sabablarga
ko‘ra chaqiriluvchini kamida besh yil davomida o‘z qaramog‘ida saqlayotgan
shaxslar uning ota-
onasiga teng shaxslar hisoblanadilar.
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘rta umumiy ta’lim, hunar texnika bilim yurtlari, kunduzgi diniy o‘rta o‘quv
yurtlarida tahsil
ko‘rayotgan chaqiriluvchilarning chaqirish muddati — to‘liq umumiy ta’lim olgunlariga qadar, lekin
ko‘pi bilan 21 yoshgacha, ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan
studentlarga hamda kunduzgi diniy oliy o‘quv yurtlarida tahsil ko‘rayotgan fuqarolarga chaqirish
muddati — o‘quv yurtini bitirgunlariga qadar ta’lim olishni davom ettirishlari maqsadida uzaytiriladi.
(17-moddaning 1-bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 882-XII-
son
Qonuni
tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 266-modda)
O‘quv yurtlaridan intizomsizligi, o‘qishda ulgurmasligi va o‘qishni xohlamasligi sababli haydab
yuborilgan shaxslar chaqirilish muddatini uzaytirish huquqidan mahrum bo‘ladilar.
2. Tabiiy ofat ro‘y bergan joylardan ko‘chirilgan chaqiriluvchilarning
chaqirish muddati
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan ko‘chirilgan vaqtdan boshlab
ko‘pi bilan 2 yilga kechiktiriladi.
3. Chaqirilish muddatini kechiktirish huquqini yo‘qotgan
chaqiriluvchilar, shuningdek
chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega bo‘lmagan yoki ushbu Qonunning
17-moddasida
nazarda tutilgan chaqirilishdan ozod bo‘lish asoslari bo‘lmagan shaxslar va turli sabablarga ko‘ra
muddatli xizmatga chaqirilmaganlar qo‘shinlarga jo‘natish kunigacha 27 yoshga to‘lgunga qadar
navbatdagi chaqirish amalga oshirilayotganda chaqiriladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: