issiqlikdan kengayishi
deyiladi.
Harorat ortishi bilan atomlarning toʻla energiyasi ortadi, demak issiqlik tebranma
harakat amplitudasi ortadi. Natijada qattiq jism zarralarining muvozanat holatlari
orasidagi oʻrtacha masofa kattalashadi, ya′ni issiqlikdan kengayish roʻy beradi.
Chiziqli kengayish.
Bizga
𝑇
0
haroratli va
𝑙
0
uzunlikli qattiq jism berilgan boʻlsin.
Uni bir oʻlchamli, ya′ni koʻndalang kesim yuzasi uzunligiga nisbatan e′tiborga
olmaydigan darajada kichik deb olamiz. Jismni T haroratgacha, ya′ni
∆𝑇 = 𝑇 − 𝑇
0
69
haroratga isitaylik. Natijada uning uzunligi l gacha, yani
∆𝑙 = 𝑙 − 𝑙
0
ga ortadi.
Qizigan jismning uzunligi harorat oʻzgarishiga chiziqli bogʻliq.
𝑙 = 𝑙
0
(1 + 𝛼∆𝑇)
(2.1)
bu yerda
𝛼
-ga chiziqli kengayishning harorat koeffitsienti deyiladi. Agar
𝛼
ni
aniqlasak
𝛼 =
∆𝑙
∆𝑇 𝑙
0
(2.2)
birligi
[𝛼] =
[∆𝑙]
[∆𝑇] 𝑙
0
=
1
𝐾
𝑚
𝑚
= 1 𝐾
−1
𝛼
jismni nisbiy chiziqli kengayishi
𝛥𝑙/𝑙
0
ning harorat oʻzgarishi
∆𝑇
ga nisbati
bilan aniqlanadi. Boshqacha aytganda jismning harorati 1 K ga oʻzgarganda, uning
uzunligi dastlabki uzunligining qancha qismiga oʻzgarganini koʻrsatadi.
Har qanday asbob-uskuna, mashinalarni yasashda ular tayyorlanadigan
materiallarning issiqlikdan kengayishi hisobga olinadi. Misol uchun elektr
qurilmalarida turli xil metallar, yoki metall va shishalarning kavsharlanishiga
zarurat boʻlsa unda chiziqli kengayish harorat koeffitsientlari bir-biriga yaqin
boʻlganlarinigina tanlash zarur. Aks holda qizish yoki sovush natijasida mexanik
kuchlanish vujudga kelib asbobni ishdan chiqarishi mumkin.
Koʻplab mashina va mexanizmlarning issiqlikdan kengayishi maqsadga muvofiq
boʻlmagan qismlari invordan yasaladi. Koʻrsatishi haroratga bogʻliq boʻlmasligi
uchun invordan soat mayatniklari, geodeziya uzunlik oʻlchov asboblari yasaladi.
Quvur yoʻllarini qurishda ma′lum masofada bukri qismlar qilinadi. Bu qismlar
quvurlarni isishda yoki sovushda uzunligi oʻzgarishi natijasida buzilishdan
saqlaydi.
Elektr uzatish simlarining osiltirib qoʻyilishida ham oʻtkazgich materialining
issiqlikdan kengayishi hisobga olinadi. Elektr yordamida yuruvchi transport
vositalarining oʻtkazgichlari yuklar yordamida tortib qoʻyiladi va hokazolar.
70
23-rasm.
Quvurlarning
chiziqli kengayishini temperatura funksiyasi
sifatida oʻlchash boʻyicha tajriba qurilmasini kengaytiruvchi apparat bilan
birgalikdagi sxematik koʻrinishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |