111
36-rasm. Tajriba qurilmasining sxemasi: Temperaturani mos ravishda raqamli
termometr (a) yoki mobil CASSY (b) yordamida oʻlchash
Temperaturani Mobil CASSY yordamida oʻlchash (koʻchma oʻlchash asbobi)
Gazli termometrga parallel qilib temperatura datchigini NiCr-Ni katta probirkaga
kiriting va uni Mobil CASSY bilan ulang.
Tajribani oʻtkazish tartibi:
- Shisha idishdagi 400 ml hajmli suvni 90 °C gacha elektroplitkada qizdiring.
- Issiq suvni ehtiyotlik bilan shisha idishga quying. Temperatura koʻtarilib borgan
sari gazning boshlangʻich bosimi pasayadi.
-Temperatura ortishini kuzating va temperatura hamda havo ustunining
balandligini aniqlash uchun, temperatura pasaya boshlash momentini kuting.
-Suv vannasining (probirkadagi suv) sovushi mobaynida gazli termometrning asta-
sekin temperaturasini t va berk havo ustunining balandligini oʻlchang.
Do'stlaringiz bilan baham: