135
5- laboratoriya ishi
TOʻGʻRI OʻTKAZGICH VA AYLANMA HALQANING MAGNIT
MAYDONINI OʻLCHASH
(
Qoʻshimcha foydalanish uchun adabiyotlar: 14, 15, 17, 18, 48, 50, 55, 57.
)
Tajriba maqsadi:
Toʻgʻri oʻtkazgich va aylanma
halqaning magnit maydonini
toʻk kuchining funksiyasi sifatida oʻlchash. Toʻgʻri oʻtkazgich magnit maydonini
oʻtkazgich oʻqidan hisoblanadigan masofaning funksiyasi sifatida î′lchash.
Aylanma halqa shaklidagi oʻtkazgich vagnit
maydonini halqa radiusining
funksiyasi sifatida va halqa oʻqi ustida halqa markazidan masofaning funksiyasi
sifatida oʻlchash.
Qisqacha nazariya:
Bio-Savar qonuniga asosan I toʻk oʻtayotgan oʻtkazgich
atrofidagi P nuqtadagi magnit maydoni oʻtkazgichning cheksiz kichik qismlarining
magnit maydonlarining ulushlarining yigʻindisidan iborat boʻladi.
𝑑𝐵 =
𝜇
0
4𝜋
𝐼
𝑟
2
𝑑𝑠
𝛾
𝑟
(3.13)
magnit doimiysi
𝜇
0
= 4𝜋 ∗ 10
−7 𝑉𝑠
𝐴𝑚
Oʻtkazgichning uzunligi va yoʻnalishi ds vektor yordamida ifodalanadi.
Oʻtkazgichning kichik qismidan P nuqtaga oʻtkazilgan
radius vektor r orqali
berilgan (48-rasmga qarang). Shuning uchun umumiy magnit maydon integral
hisob yordamida aniqlanadi. Bu holda analitik yechim faqat ma′lum simmetriyaga
ega boʻlgan oʻtkazgichlar uchun hisoblanishi mumkin boʻladi.
Masalan cheksiz
uzun oʻtkazgichning magnit maydoni oʻtkazgich oʻqidan r masofada
𝑑𝐵 =
𝜇
0
4𝜋
𝐼
(3.14)
va maydon kuch chiziqlari silindr oʻqi atrofida konsentrik shaklda boʻladi. (49 –
rasmga qarang)
136
48 – rasm. Toʻkli oʻtkazgich magnit
maydonini integral usulda hisoblash.
49 – rasm. Chåksiz uzun toʻkli toʻgʻri
oʻtkazgichning magnit maydoni.
Radiusi R boʻlgan aylanma halqa shaklidagi oʻtkazgichning aylana oʻqi ustida
halqa markazidan x masofadagi nuqtaning magnit maydoni
𝑑𝐵 =
𝜇
0
4𝜋
𝐼 2𝜋
𝑅
2
(𝑅
2
+𝑥
2
)
3
2
(3.15)
Bu tajribada yuqorida qayd etilgan oʻtkazgichlarning
magnit maydoni mos
ravishda aksial yoki tangensial B-probe metodi yordamida oʻlchanadi. Â-probe
ning Xoll datchigi yupqa plastinka shaklida boʻlib, u magnit maydonining oʻz
yuzasiga perpendikulyar boʻlgan komponentalariga sezgir boʻladi. shuning uchun
magnit maydoni kuchlanganligining nafaqat qiymatini balki uning yoʻnalishini
ham aniqlash mumkin. Toʻgʻri oʻtkazgich uchun magnit oqimi zichligi  ningr
masofadan bogʻliqligi oʻrganiladi, aylanma shakldagi otkazgich uchun esafazoviy
koordinata x dan bogʻliqligi oʻrganiladi.
Bundan tashqari, magnit maydon
induksiyasi  va toʻk kuchi I oʻrtasidagi proportsionallik ham tekshirib koʻriladi.
50-rasm. Aylanma halqa shaklidagi oʻtkazgichning magnit maydoni.