6
Oʻlchash xatoligi va aniqlik klassalari
Ma’lumki, barcha laboratoriya ishlarida oʻlchov asboblaridan foydalaniladi. Ular
oʻlchash jarayonida ayrim sabablarga koʻra oʻlchanayotgan kattalillar haqiyqiy
qiymatidan farq qiladi, yani oʻlchash xatoligiga yoʻl qoʻyadi. Oʻlchov
asboblarining oʻlchash xatoligi deb ularning koʻrsatishi boʻyicha aniqlangan
qiymat
𝑋
𝑘oʻ𝑟
bilan haqiyqiy qiymat
𝑋
ℎ𝑎𝑞
orasidagi farq
∆𝑋
ga aytiladi. Bu asosiy
xatolik quydagi uch xil koʻrinishda boʻladi:
a)
Absolyut xatolik
∆𝑋 = 𝑋
𝑘oʻ𝑟
− 𝑋
ℎ𝑎𝑞
bu yerda:
𝑋
𝑘oʻ𝑟
– oʻlchov asbobining koʻrsatgan qiymati;
𝑋
ℎ𝑎𝑞
– oʻlchov
asbobining koʻrsatishi kerak boʻlgan haqiyqiy qiymati.
Absolyut xatolik oʻlchash texnikasida aniqlik oʻlchovi boʻla olmaydi, chunki
agar shkalada absolyut xatolik
∆𝑋 = 0,5
mm boʻlsa, bu miqdor shkala kengligi
boʻyicha 100 mm oraliqqa nisbatan kichik, 10 mm oraliqqa nisbatan juda katta son
boʻladi. Shu tufayli oʻlchov texnikasida nisbiy xatolik tushunchasidan
foydalaniladi.
b)
Nisbiy xatolik (foiz hisobida)
𝛾
𝑛
=
∆𝑋
𝑋
ℎ𝑎𝑞
100%
Nisbiy xatolik ham oʻlchash texnikasida uncha koʻp qoʻllanilmaydi, chunki
agar oʻlchanadigan miqdor oʻzgaruvchan boʻlsa, nisbiy xatolik ham oʻzgaradi.
Bundan xulosa shukin, absolyut va nisbiy xatoliklarni kamaytirish uchun oʻlchov
asbobi shkalasining yuqori qismida ishlash zarur boʻladi.
c)
Keltirilgan nisbiy xatolik (foiz hisobida)
𝛾
𝑘
=
∆𝑋
𝑋
𝑘
100%
bu yerda
∆𝑋
absolyut xatolik;
𝑋
𝑘
oʻlchov asbobining shkalasidagi eng katta
qiymat.
Masalan, voltmetr shkalasi 0…150 V boʻlsa,
𝑋
𝑘
= 𝑋
𝑚𝑎𝑥
= 150 𝑉
boʻladi.
7
Agar oʻlchov asbobining xarakteristikalari boʻyicha topilgan eng katta absolyut
xatolik
∆𝑋 = 2 𝑉
boʻlsa, keltirilgan xatolik
𝛾
𝑘
=
∆𝑋
𝑋
𝑡𝑎ℎ
100% =
2
150
∗ 100% = 1.33%
boʻladi.
Bu miqdor oʻlchov asbobini xarakterlovchi oʻzgarmas son boʻlib qoladi.
Oʻlchov asboblarining xatoligi odatda shkalaning ish qismiga muvofiq
normalanadi. Bir tekis shkalaga ega boʻlgan oʻlchov asboblari uchun butun shkala
ish qismi hisoblanadi. Shkalasi tekis boʻlmagan oʻlchov asboblari shkalasining ish
qismi oʻlchashning boshlangʻich qismida 25% oʻtgandan keyin boshlanadi.
Oʻlchov asboblarining ishlash sharoitlariga qarab asosiy hamda qoʻshimcha
xatoliklar kelib chiqishi mumkin.
Asosiy xatolik oʻlchov asboblari normal sharoitda (asboblar toʻgʻri oʻrnatilganda)
normal temperatura sharoiti 20 ± 5
℃
boʻlganda, tashqi magnit maydoni va boshqa
tashqi tasirlari boʻlmaganda, mavjud boʻladi.
Qoʻshimcha xatoliklar normal sharoit buzulganda vujudga keladi. Bunday
hollarda GOST qoʻshimcha xatoliklar uchun ham tegishli qoʻyim (dopusk)
miqdorining boʻlishini koʻzda tutadi.
Asosiy xatoliklar oʻlchov asboblarining barqarorlashgan statik rejimlarga
tegishlidir. Bundan tashqari, dinamik rejim xatoliklari, oʻlchov asboblarining
titrashi, turtkilar kabi tashqi sharoit tasirlari va oʻlchanadigan miqdor oʻzgarib
turishi natijasida paydo boʻladigan xatoliklar qoʻshimcha xatolikka tegishli boladi.
Oʻlchash aniqligiga yuqorida aytib oʻtilgan xatoliklardan tashqari tasodifiy
xatoliklar ham katta tasir koʻrsatadi. Oʻlchash jarayoni qanchalik ehtiyotkorlik va
sezgirlik bilan oʻtkazilganiga qaramay, bir miqdorni bir necha marta oʻlchaganda
turli natijalar olinishi tasodifiy xatolik borligini koʻrsatadi. Bu xatoliklar oʻlchov
asbobining koʻrsatishidagi son qiymatini olishda odam tamonidan qoʻyilgan
xatolikni, mexanizmdagi ishqalanish kuchining, tashqi tasirlarining oʻzgarib turishi
natijasida vujudga kelishi mumkin.
8
Oʻlchov asboblarining koʻrsatishi oʻlchanadigan miqdorning haqiyqiy qiymatiga
yaqinlashish darajasini xarakterlovchi sifat belgisi
Do'stlaringiz bilan baham: |