Ularning tanasi nozik, ko’pincha oval ko’rinishida, ba’zan yumaloq va hatto silindrsimon, siyrak tuklar,
ba’zan oq g’ubor momiq bilan qoplangan. Rangi sarg’ish, to’q yashil, qoramtir va qora bo’lishi mumkin.
Xartumi cho’ziq pastki labdan iborat bo’lib uch bug’imlidir. Qanotlari (agarda bo’lsa) nozik,
bo’g’imli. Qorinchasi 9-ta bo’g’imdan tashkil topgan. 6-chi bo’g’imining ustki tomonida shira naychalari
Ko’p tur shiralar, voyaga yetgan davrida quyidagi shakillarda: tirik tug’uvchi qanotsiz; tirik
Mavsum davomida shiralarda jinsiy va jinsiz urchish bo’g’inlar navbatlashadi. Bahor va yoz oylarida
Urg’ochilari tuxum qo’yadi. Tuxumlar qishlaydi. Bahorda ulardan shiralar chiqadi, o’sadi, tulaydi va voyaga
yetadi. Undan so’ng tez holda jinsiz yo’l bilan ko’payadi va katta koloniyalar hosil qiladi. Bular bahorda 15-
20 kunda, yozda esa 4-8 kunda rivojlanadi. Bir mavsumda jinsiz ko’payish yo’li bilan 15-20 tagacha nasl
Shiralarni ta’riflashda, ularni quyidagi biologik guruhlarga bo’lish mumkin: 1) bir uyli shiralar; 2)
Bir uyli shiralar. Odatda bunday shiralarni tuxumlari ko’p yillik o’simliklarda qishlaydi; bahorda
ulardan “aosochilar” deb nomlangan qanotsiz shiralar paydo bo’ladi va rivojlanib 50-70 ta lichinka tug’adi;
ularning ikkinchi bug’in nasldari ham qanotsiz bo’lib partenogenetik yo’li bilan ko’payadi; bir necha
bo’g’inlarni rivojlanishidan so’ng, yozda, yangi avlodda qanotli individlar paydo bo’la boshlaydi. Qanotli
individlar turni tarqalishini ta’minlaydi, ammo ular albatta usha tur yoki uning yaqin qarindosh o’simlikka
ko’chadi. Kuzga borib ikki jinsni ham qanotli individlari ko’p miqdorda paydo bo’ladi. Urg’ochilari bir
nechta tuxum quyadi.
Bir uyli biologik shakillariga karam shirasi (Brevicoryne brassicae L.) va yashil olma shirasini
(Aphis pomi) misol tariqasida olish mumkin.
Ikki uyli shiralarga ko’chmanchi yoki har-xil uyli shiralar kiradi. Odatda, urug’langan tuxum,
evolyusion rivojlanish jarayonida, tanlangan o’simlikka qo’yiladi. Bularda ham, bahorda “asoschilar” deb
nomlangan shiralar chiqib jinsiz yo’l bilan ko’payadi va bir necha bo’g’in beradi. Ammo bir necha
bo’g’indan so’ng qanotli individlar paydo bo’ladi. Ular endi boshqa tur o’simlikka kuchadi va ko’payib,
odatdagiday, katta qanotsiz koloniyalar hosil qiladi. Kuzda qanotsiz individlardan qanotlilar paydo bo’ladi
va ular yana birlamchi o’simlikka qaytib keladi, urug’lanadi, tuxum quyadi. Shu bilan ularning rivojlanish
jarayoni (sikli) tugaydi. Bunday biologik guruhga lavlagi shirasi (Aphis fabae S.) va cheryomuxa shirasi
(Rhopalosiphum padi L.) misol tariqasiga ko’rsatish mumkin.
To’liqsiz sikli shiralar odatda, antropogen faktorlarini ta’sirida birlamchi o’simlik xo’jayiniga
rivojlanmasdan, faqatgina ikkilamchi o’simlik-xujayinida rivojlanadi. Bunga misol tariqasida qon shirasi
(Eriosoma tanigerum H.) olish mumkin. Qon shirasi 200 yil oldin Qo’shma shtatlardan Yevropaga
keltirilgan, 1930 yillarda O’zbekistonda ham uchraydigan bo’lgan va olma daraxtlariga katta zarar
yetkazadi. Uning asosiy o’simlik-xujayini bo’lib amerika vyazi (amerika gujumi) hisoblanadi. Yevropa va
Osiyoga kelishi bilan faqatgina olma daraxtida yasha oladi. Buning natijasida o’zining rivojlanish jarayonida
qishlovchi tuxum va “asoslantiruvchi” shakillarini yo’qotgan.
Shiralarning 20 mingdan ortiq turi ma’lum, shulardan 100 dan ortiq turi Markaziy Osiyo sharoitlarida
uchraydi.
Qandalalar yoki yarim qattik qanotlilar turkumi. Qandalalar katta turkum bo’lib, teng qanotlilar
turkumiga yaqin turadi. Ularning 40 mintagacha turi ma’lum, ko’plari qishloq xo’jalik ekinlarining jiddiy
zararkunandalari, ba’zilari esa foydalidir. Og’iz apparti sanchuvchi-so’ruvchi tipda tuzilgan. Xartumchasi
bo’g’imlarga bo’lingan. Har bir qanot qalqonning yarmi asosidan boshlab qalin xitin qatlamdan iborat,
yarmi esa yupqa, parda shaklidadir. Ust qanoti; qorium; klaust kunus; embolium va pardali qismlarga
bo’linadi. Ba’zan qanotlar kaltalashgan yoki bo’lmaydi. Ba’zi bir turlarda orqa ko’krak yaqinida hid
chiqarish bezlar yo’li bo’ladi.
Qandalalar uchun oldingi ko’krak bo’limining yaxshi taraqqiy etganligi xarakterli hisoblanadi. O’rta
ko’krak bo’limi boshqa qismlari bilan harakatchan holda qushilgan.
Oyoqlari yuguruvchi, yuruvchi yoki sezuvchi bo’lishi mumkin. Ko’pchiligi quruqlikda, o’simliklar
sirtida, po’stloq, ostida va tuproq ichida uchraydi. Bir qancha turlari suv bilan bog’liq. Ko’p tur qandalalar
o’simlikxo’r, ba’zilari yirtqich, hasharot va boshqa umurtqasizlar, hatto sut emizuvchilar, qushlar qonini
so’rib oziqlanadi. Asosan qandalalar yil davomida bir marta urchiydi. Lichinkalari yetuk individga o’xshash
hayot kechiradi. 5 marta tulaydi. Uchinchi yoshidan boshlab qanot belgilari paydo bo’ladi. Imago holatda
qishlaydi, ayrimlari tuxumlik davrda.
Qishloq xo’jalik ekinlaridan bug’doylarga qalqonchalilar (Pentatomidae) oilasiga mansub bo’lgan bir
qancha turlari jiddiy zarar yetkazadi. Bulardan zararli xasvani (Enrygaster integripes Put) misol tariqasida
olish mumkin.
MA’RUZA 11
Do'stlaringiz bilan baham: