Saratonlar Cicadina. Bularning 7 miingdan ortiq turi Yevropa va Markaziy Osiyoda tarqalgan.
Boshining tepasi bet tomonidan aniq burchak hosil qiladi. Mo’ylovlari kalta, 3 bo’g’imli, uchida uzun
qilchasi bor. Orqa oyoqlari uzun sakrovchi tipda tuzilgan. Ustqanoti bir oz xitinlashgan, pardasimon, tiniq.
Odatda, tuxumlarini tuxum qo’ygichi yordamida o’simlikning poyasini tilib, ichiga botirib qo’yadi.
Lichinkalari imagoga o’xshash, 5-ta yoshi bor. Sayroq saratonlarining lichinkalari tuproqda yashaydi.
Rivojlanishi yarim yil, bir yil, janubiy Ameriuka turlari 15-17 yil davom etadi. Saratonlarning ko’pchilik
turlari o’simliklar zararkunandasi bo’lib hisoblanadi. Ular virus kasalligini tarqatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |