UMUMIY DORINOMA (RETSEPTURA). DORIXONA VA UNING VAZIFALARI
Umumiy retseptura dori vositalarining yozilishi, tayyor lab berilishi va qabul qilish yo'llari va qoidalari ko'rsatilgan farmakologiyaning bo'limidir. U shifokorlik retsepturasini (dori vositalarining yozilishi va qabul qilish qoidalari) va farmatsevtik retsepturani (dori vositalarini tayyorlash va bemorga berish) o'z ichiga oladi. Dori vositalarini retseptga asosan tayyorlash qoi dalari, uslublari bilan dori shakllarining texnologiyasi fani shug'ullanadi.
Retsept
Retsept tibbiy xodimning dorixonaga dori vositasini tayyorlash va berish to'g'risidagi yozma murojaatidir. Dorinoma va uni yozish shifokor faoliyatining ajralmas
tarkibiy qismi hisoblanadi, deyish mumkin. Shuning uchun retsept yozish tarixi shifokorlik qilish tarixi bilan yonma-yon turadi. Adabiyotlarda ko'rsatilishicha, dastlabki dorinoma chamasi 6-7 asrlar avval paydo bo'lgan, O'rta asrlarda alxi miklar ko'pincha shifokorlik bilan shug'ullanib, dorinomalar yozish bilan bunda o'zlarining ayrim fikrlarini sir saqlaganlar. Avvallari retsept „Formula medika" nomi bilan yuritilgan bo'lsa, retseptum" so'ziga almashtirilgan va ol" (,,recipe") so'zi bilan boshlaganlar. Keyinchalik dorinoma shifokor uchun oddiy hujjatgina emas, balki maxsus, hatto yuridik hujjat bo'lib qoldi. Shuning uchun ham unda shifokorning qo'li hamda tashkilotning muhri qayd etilgan.
Dorinoma shifokor tomonidan yozib berilgan hujjatgina emas, balki u adliyaviy (yuridik) hujjat hamdir. Shuning uchun ham har bir davolash-profilaktika tashkilotlarida dorino mani saqlaydigan, hisob-kitob qiladigan, beradigan-tarqatadi gan, javobgarlikni bo'yniga olgan shaxs bo'lishi kerak. Retsept bilan ta'minlash ishlari mahalliy sog'liqni saqlash muassasalari olib boriladi. Narkotik moddalar hamda kuchli ta'sir ga ega bo'lgan dori moddalari, bepul beriladigan dorilar, im tiyozli shartlar bilan yozib beriladigan resep RESPUBLIKASI saqlanadi. retseptlar blankasi seyfda
To'liq qimmatiga ko'ra yozib beriladigan dorilar retseptining blanki metalldan yasalgan javonlarda po'lat sandiqlarda.
(seyflarda) yoki boshqa qulflanadigan qutilarda saqlanishi lozim. Shu bilan birga, retseptlarning ro'yxati alohida jurnallarga yozilishi kerak. Dorinoma quydag ko'rinishda, ma'lum hajmda (formatda)va ma'lum qoidaga amal qilingan holda yozilishi kerak, ya'ni:
1. Adres qismi (,,Inskriptsio") blank formatining yuqorisidan boshlab:
1. Davolash-profilaktika muassasasining yoki shifokorning muhri (shtamp-muhri), uning manzili va telefon raqami ko'rsatiladi.
2. Bolaga" yoki katta odamga", 60 yoshdan oshgan bemorga degan belgilari bo'lib, ularning nokeragi ustidan chiziladi.
3. Retsept yozilgan vaqt ko'rsatiladi (kun, oy, yil). 4. Bemorning familiyasi, ismi, otasining ismi, demak, bu qismda ayrimlari ruscha yoki milliy tilda yozilishi kerak bo'ladi. II. Farmatsevtga - provizorga murojaat qismi. Bu qismda dori yoki dorilarning tarkibi ko'rsatiladi. Retseptning bu qismi Recipe" (qisqartirilgan holda Rp.) so'zi bilan boshlanadi.
Bu ol" degan ma'noni anglatadi. Dorilarning nomi bosh harf bilan boshlanadi va qaratqich kelishigida tugatiladi. Shifobaxsh o'simliklarning nomi ham katta harflar bilan boshlanadi. Agar yoziv bir qatorga sig'masa, u holda davomi ikkinchi qatorning yarmidan davom ettiriladi va oxirida dorining miqdori (dozasi) ko'rsatiladi. Bunda suyuq dorilar millilitrlarda (1 ml, 5 ml, 10 ml, 2000 ml va hokazo) ko'rsatiladi. Agarda ikkita yoki bir necha dori moddalari bir xil miqdorda yozib beriladigan bo'lsa, u holda bir marta, oxirgi dori moddasining nomidan keyin bir xil miqdorda, ya'ni ,,ana" so'zi yozilib, (qisqacha ,,aa" barobar (teng) degan ma'noni bildiradi) so'ngra dorining miqdori ko'rsatiladi
Ba'zi zaharli yoki kuchli ta'sirga ega bo'lgan dorilarning miqdorini raqamda ko'rsatish bilan birga, qavs ichida uni so'z bilan yozib undov belgisi qo'yish lozim bo'ladi. Bu esa ehtiyot bo'lishlikka undaydi. Masalan: 0,02 (ikki santigramm). Retseptda dori moddalarining ro'yxati ma'lum tartibda yoziladi, eng avvalo kuchli ta'sirga ega bo'lgan dori moddalari yozilib, keyin davolov quvvatiga qarab oddiy dorilar yoziladi. Bunda quyidagi tartibga rioya qilingan holda yoziladi, ya'ni:
a) Basis- asosiy dori moddalari;
b) Adjuans yordamchi dori moddalari;
d) Corrigens mazasini yoki hidini yaxshilaydigan, o'zgartiradigan qo'shimcha moddalar;e) Constituents doriga quyuqlik, zichlik, yumshoqlik (konsistensiya) beradigan moddalar.
III. Subscripcio farmatsevtga qaysi shaklda tayyorlashni ko'rsatilgan qismi;
a) M.f.Unguentum. Misce qorishtir, ut fiat tayyorlash, unguentum shunday qorishtirginki, haqiqiy surtmadori bo'lsin) (yoki kukun pulvis).xab dorilar (in tabulettis), shamchalar tayyorlansin (ut fiat suppositoria) va boshqalar.
b) D.t.d.N. (Da tales dosis Numero) qanday ko'rsatilgan bo'lsa shunday miqdorlarda yoki dozalarda ber.
d) Da in vitro nigro to'q rangli shishada ber.
IV. Signa ( qisqachasi S.) belgila. Bunday dorini ishlatish usuli, ichish vaqti, dozasi, qancha muddat ichida ichish kerakligi ruscha va mahalliy tillarda belgilab beriladi. Masalan: bir osh qoshiqda bir kecha-kunduzda 3 marta ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin 4 kun davomida ichilsin. V. Retsept (dorinoma) blankasining pastki qismiga shifokor imzosi qo'yilib, shaxsiy (yoki muassasa) muhri bosiladi.
VI. Quyida esa dorinomaning qaysi muddatgacha o'z kuchini saqlashi ko'rsatiladi, ya'ni dorinoma 10 kungacha yoki 12oygacha o'z kuchini saqlaydi degan so'zlar yozib qo'yilgan bo'ladi. (Shifokor keraksizining ustidan chizadi.)
Bulardan tashqari, dorinoma yozishda quyidagilarga rioya qilinishi lozim: - dorinoma blankasining chap tomonida dorilar narxini (bahosini) yozish (2 santimetrdan kam bo'lmagan) joy qoldiriladi;
dorinoma blankasining chapdagi burchak qismiga agarda bemorga dorini shoshilinch ravishda, zudlik bilan berib yubo rish zarur bo'lsa, ,,Sito" (tez) yoki Status" (darhol) so'zlari yoziladi;
- agarda shifokor o'zi uchun retsept yozgan bo'lsa, dorinomaning chap va yuqori qismiga ,,Pro autore" (muallif ning o'ziga) yoki ,,Pro mi" (o'zim uchun) deb yozib qo'yishi kerak;
bepul asos bo'lib xizmat qilgan imtiyozli shartlarni ko'rsatib o'tishi lozim. Bunday blankaga faqat bittagina dorinomayozib berilishi kerak, hamda u kamida ikki nusxada boʻlishi lozim. J/Shuningdek, u muassasaning ,,dorinomalar uchun" degan muhri bilan tasdiqlanishi va shifokor bemorning ambu latoriya kartasiga" dorinomaning mazmuni hamda ro'yxat daftariga uning tartib sonini yozib qo'yishi kerak;
- agarda dorinomada kuchli (ro'yxat B) ta'sirga ega bo'lgan dori moddasi yozilgan bo'lsa, blankada muassasaning shtampi, shifokorning shaxsiy muhri bosilgan bo'lishi kerak; agarda dorinomada zaharli (ro'yxat A) dori moddasi yozilgan bo'lsa, muassasaning shtampidan tashqari dorinoma uchun" degan muhri hamda shifokorning shaxsiy muhri bosil gan bo'lishi kerak;
agarda dorinomada bemorga narkotik moddalar yoki narkomaniya" chaqiruvchi dori moddalari berilgan bo'lsa, u alohida nusxadagi blankaga yozilishi kerak va u muassasa shtampi, yumaloq muhri hamda shifokor shaxsiy muhri; davo lash-profilaktika tashkilotining bosh shifokori hamda bo'lim mudirining muhri bilan tasdiqlangan bo'lishi kerak;
agarda dori moddasining tarkibiy qismi farmakopeyada belgilangan tartibda bo'lib, u kimyo-farmatsevtika sanoatida tayyorlangan bo'lsa, ularni offitsinal (ofitsina dorixona) preparatlar deyiladi. Agar u farmatsevt tomonidan shifokor ko'rsatmasiga binoan dorixonada tayyorlangan bo'lsa, magistral (magistr o'qituvchi, murrabiy) preparat deb ataladi;
- noto'g'ri yozilgan dorinoma bekor qilinib, unga ,,dorinoma bekor qilingan" shtampi bosiladi, ro'yxatga olinadi va shu haqida dorinoma yozilgan joyga xabar qilinadi; narkotik moddalar yozib berilgan (ro'yxat - A) dori nomalar 5 kun, zaharli ta'sirga ega bo'lgan moddalar yozib berilgan retseptlar 10 kun mobaynida o'z kuchini saqlaydi,
qolganlarining kuchi ikki oydan so'ng yo'qoladi. Shunday qilib retsept yozilganidan so'ng, shifokor uni yaxshilab ko'zdan kechirishi kerak, chunki bunda har bir yo'l qo'yilgan xato, ayniqsa, zaharli moddalar va narkotik dorilar yozganda bemor hayoti uchun xavf tug'dirishi mumkin. Shuning uchun ham shifokor hushyor bo'lishi talab etiladi.
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining ,,Davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalarini tayinlash hamda bemorlarning dori vositalarini qabul qilish. saqlash va qo'llash tartibi, shuningdek, dorixona muassasalari tomonidan aholiga dori vositalarini retsept asosida berish to'g'risidagi Nizomni tasdiqlash haqida"gi 2010-yil 18-iyun 191-sonli buyrug'i
Davolash-profilaktika muassasalarida bemorlarga dori vositalarini tayinlash tashxis va davolash standartlari asosida bir martalik, kunlik va kurs dozalarini aniqlash orqali kasal likning turi, og'irligi va xususiyatiga hamda bemorning yoshini hisobga olgan holda davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi.
Bemorga tayinlangan dori vositalari (dori vositalarining nomi, bir kunlik dozasi, qabul qilish yoki yuborish usuli, miq dori, davomiyligi va boshqalar) uning tibbiy hujjatlari (kasallik tarixi, ambulatoriya kartasi, bolaning rivojlanish tarixi va bosh qalar)da qayd qilinadi va bevosita davolovchi shifokor tomonidan imzolanadi.
Quyidagi hollarda bemorga dori vositalarini tayinlashda davo lash-profilaktika muassasasining bo'lim mudiri yoki navbatchi shifokori yoxud klinik farmakologi bilan kelishilishi lozim: bemorga bir vaqtning o'zida besh va undan ortiq dori vositalari tayinlanganda; - asosiy kasallikning asoratlari yoki hamroh kasalliklari mavjud bo'lganda; mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq, Dori vositalari ning xavfli kombinatsiyalari ro'yxatida ko'rsatilgan dori vositalarining xavfli kombinatsiyalari mavjud bo'lganda.
Ushbu hollarda tayinlangan dori vositalari bemorning tibbiy hujjatlarida qayd etilishi va ushbu tibbiy hujjatlar bevosita davolovchi shifokor hamda mazkur bandning birinchi xat boshisida ko'rsatilgan shaxslar tomonidan ham imzolanishi lozim.
Davolovchi shifokor davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda davolanayotgan bemorga ushbu muassasada mavjud bo'lmagan dori vositalarini tayinlashi mumkin. Davolash-profilaktika muassasasining davolovchi shifokori tomonidan dori vositalari retsept asosida tayinlanganda, retseptdashifokorning farmatsevt xodimga dori vositasining tarkibi, shakli, uni tayyorlash va berish haqidagi yozma ko'rsatmasi lotin tilida, dori vositalarini qo'llash usuli esa o'zbek yoki rus tilida ko'rsatilishi shart..
Retsept bemorga uning yoshi, dori vositasining savdo nomi. bilan patentlanmagan xalqaro yoki kimyoviy nomi, murakkab tarkibli dori vositalari uchun savdo nomi, dori vositasi ekstemporal usulida tayyorlanganida uning tarkibiga kiruvchi dori vositalarining nomlari, shuningdek, ularning dozasi, dav riyligi, qabul qilish vaqti va davomiyligi, oziq-ovqat bilan o'zaro ta'sirlashuvchi dori vositalari (ovqatdan oldin, ovqatla nish vaqtida, ovqatdan keyin) ko'rsatilgan holda mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shakldagi retsept blankiga muvofiq beriladi.
Bunda retseptda tayinlangan dori vositalari (dori vositala rining nomi, bir kunlik dozasi, qabul qilish yoki yuborish usuli, miqdori, davomiyligi va b.) retseptning yirtma koresho gida ham bir-biridan farqlanmaydigan holatda ko'rsatilishi shart.
Retseptda aynan qanday dori vositasi yozilganligini aniqlashda adashtiruvchi ingrediyentlarning nomiga yaqin qisqart malarni yozishga yo'l qo'yilmaydi. Har bir davolash-profilaktika muassasasidagi davolovchi shifokorlarga retsept blanklari ushbu muassasa rahbarining buyrug'i bilan tayinlanadigan javobgar shaxs tomonidan, dam olish va bayram kunlari hamda tungi vaqtlarda esa davolash profilaktika muassasasining mas'ul navbatchi shifokori tomonidan beriladi.
Retsept O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazir ligi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan berilganda ularning yuqori qismi chap burchagida davolash profilaktika muassasasining nomi va manzili tegishli shtamp qo'yilgan holda ko'rsatilishi, xususiy davolash-profilaktika muassasalari tomonidan berilganda esa, qo'shimcha ravishda retseptning yuqori qismi o'ng burchagida ushbu muassasaning faoliyat ko'rsatishi bo'yicha berilgan litsenziyaning tartib raqa mi, berilgan sanasi va amal qilish muddati ham ko'rsatilishi lozim.
Retseptda ,,Ichish uchun", ,,Ma'lum", Qoida tariqasida" va boshqa shu kabi belgilardan foydalanish man etiladi.
Retseptda suyuq dorilar miqdori millilitr va tomchilarda, qolgan moddalar esa grammlarda yoziladi. Retsept blankida ko'rsatilgan kataklar aniq va tushunarli tarzda to'ldirilishi, unda o'chirish va tuzatishlarga yo'l qo'yilmasligi lozim. Retsept davolovchi shifokorning imzosi va shaxsiy muhri bilan tasdiqlanishi lozim. Bunda davolovchi shifokor shaxsiy muhrining tashqi aylana diametri 20 mm, kichik aylana diametri 10 mm, aylanalar orasidagi masofa 3 mm va kichik aylana ichidagi chiziq uzunligi 8 mm boʻlishi hamda katta aylana ichida davolovchi shifokorning familiyasi, ismi va otasining ismi, kichik aylana ichidagi chiziqda ,,shifokor" so'zi yoziladi. Retsept uni bergan davolovchi shifokorning imzosi bilan tasdiqlangan kundan boshlab bir oy mobaynida haqiqiy hisoblanadi. Kasalligi surunkali bo'lgan bemorlar uchun ambulatoriya sharoitida tayyor dori vositalariga va ekstemporal usulida tayyorlanadigan dori vositalariga retsept berilganda, davolovchi shifokor tomonidan istisno tariqasida uning amal qilish muddati bir yilgacha belgilanishiga ruxsat etiladi, miqdoriy buyum hisobida turuvchi anabolik faollikka ega bo'lgan hamda tarkibida spirt saqlovchi ekstemporal usulida tayyorlanuvchi dori vositalari bundan mustasno. Kasalligi surunkali bo'lgan bemorlarga amal qilish muddati bir yilgacha bo'lgan retseptlar berilganda, davolovchi shifokor tomonidan uning amal qilish muddati va dorixona muas sasasidan dori vositalarini berish davriyligi (har hafta, har oy va b.) ko'rsatilishi shart.
Statsionar davolash-profilaktika muassasasida davolangan bemorga ambulatoriya sharoitida davolanishni davom ettirish zarur bo'lgan hollarda retsept ambulatoriya-poliklinika muas sasasining shifokori tomonidan bemorning tibbiy hujjatlaridan olingan ko'chirmasidagi davolovchi shifokorning ambulatoriya sharoitida dori vositasining qo'llanilishi haqidagi tavsiyasiga asosan beriladi.
Retsept yozib berish taqiqlanadi:
- narkoz vositasi sifatida ishlatiladigan dori vositalariga; - mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq, bir-biriga nomutanosib dori vositalari ro'yxatida ko'rsatilgan dori vosita lariga.
Do'stlaringiz bilan baham: |