21.4 – §. BOSHQARISH PARAMETRLARINI VA
AVTOMATLASHTIRISH VOSITALARINI TANLASH
Boshqarish tizimi (BT) boshqarish maqsadiga, qurilmaning ishonchli,
avariyasiz ishlashiga va portlash hamda yong‘inga qarshi xavfsizlik talablariga
rioya qilinganda ishlab chiqarishning har qanday sharoitida texnologik reglamentni
berilgan aniqlikda quvvatlab turish hisobiga erishishni ta’minlashi kerak. Bunda u
imkoni boricha sodda va ishlatishda oson bo‘lishi kerak.
BT ni ishlab chiqishda asosiy vazifa boshqarishda ishtirok etayotgan
parametrlarni tanlash hisoblanadi, ya’ni rostlash, nazorat qilish va tahlil qilish
zarur bo‘lgan va qiymatlarga ko‘ra BTO ning avariyadan oldingi holatini aniqlash
mumkin bo‘lgan parametrlarni tanlashdan iborat. Boshqacha aytganda, texnologik
ob’ektlarni
boshqarish
strategiyasi
ishlab
chiqiladi.
Bunda
tanlangan
parametrlarning minimal soniga ega bo‘lgan holda BTO haqida iloji boricha to‘liq
ma’lumotga ega bo‘lish kerak. Boshqaruv maqsadiga muvaffaqiyatli erishishga
boshqarish strategiyasini amalga oshirish uchun avtomatik qurilmalarni to‘g‘ri
tanlash katta yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |