578
va ishlash tezligini oshirishga, serverlarni ishchi stansiyalarni zaxiralash hisobiga, hal
qilinayotgan masalalarni hududiy taqsimlash bilan
tizimning puxtaligini va
yashovchanligini oshirishga imkon beradi.
Serverlar, odatda, sanoat kompyuterlari negizida bajariladi va zaxiralanuvchi
hisoblanadi. Turli xil DTM larda serverlarning nomi farqlanadi: real vaqt
ma’lumotlari bazasi serveri, kiritish-chiqarish serveri va boshq. Asosiy vazifalari:
•
ob’ekt va kontroller bilan aloqa qurilmalaridan
kelayotgan tezkor
ma’lumotlarni to‘plash, ishlov berish;
•
kontrollerlarga boshqarishning yuqori sathidan boshqarish buyruqlarni uzatish;
•
berilgan o‘zgaruvchilar to‘g‘risidagi axborotni saqlash va aks ettirish;
•
talab qilinayotgan axborotni mijoz ishchi stansiyalariga taqdim etish;
•
trendlar, bosma xujjatlari va voqealar bayonnomalarini arxivlashtirish.
Zamonaviy DTM lar, odatda, ofis ijrosidagi shaxsiy kompyuterlar negizida
ishlangan injenerining stansiyalarini o‘z ichiga oladi. Ular yordamida kontrollerga
injenerlik xizmat ko‘rsatish amalga oshiriladi:
dasturlash, sozlash, moslash. Ayrim
DTM larda injenerining stansiyalari,
shuningdek, ishchi stansiyalariga injenerlik
xizmatlarini amalga oshirish imkonini beradi.
Zamonaviy DTM larning yana bir tomoni Internet- texnologiyalarining sanoat
avtomatlashtirish darajasiga faol singib borish bilan bog‘liq. Bugun ham xorijiy, ham
mamlakatimizdagi texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlari
uchun instrumental
dasturiy ta’minotni barcha etakchi ishlab chiqaruvchilari o‘z maxsulotlariga mazkur
texnologiyalarni o‘rnatmoqdalar.
Internet-texnologiyalarning TJABT da eng keng qo‘lanilishiga Web-serverlarda
TJ ning kechishi to‘g‘risidagi axborotning va boshqa
har qanday hisobotlarning
bosimini misol bo‘ladi. Web-serverlar ma’lumotlar ba’zasi (MB) serverlar bilan
o‘zaro aloqa qilish imkoniga ega bo‘lib, u jarayon to‘g‘risida zarur axborotni o‘zida
saqlaydi. (Internet-sharhlovchi) orqali ma’lumotlar bazasiga zarur so‘rovlar berishga
imkon beradi. Bunday yondashuv yana xarajatlarni kamaytiradi,
chunki mijoz
tomonida odatdagi dastur-brouzerlar (Internet Explorer, Netspace Naigator va
boshqalar.) dan tashqari birorta qo‘shimcha dasturiy ta’minotni o‘rnatishni jalb
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com