Ekonometrika 101. Эконометрик моделларни таҳлилида Фишер мезонини қўлланиши (иқтисодий маъноси, формуласи, бажарилиш шартлари)- Fisher mezoni bo`yicha regressiya tenglamasini mohiyatini, ya’ni real jarayonga mosligini tekshirish mumkin.
Fisher mezoni quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
bu yerda n – to`plamning miqdori; R – ko`p omilli korrelyatsiya koeffitsiyenti; k – omillar soni; D – determinatsiya koeffitsiyenti.
102. Даражали тренд ва унинг асосий хусусиятлари (чизиқли тренд тенгламаси, оғиш бурчаги ва тренд тенгламаси сифатини баҳолаш мезонлари)- Тренд – бу вақт қаторидаги тасодифий ўзгариб туришлардан озми-кўпми ҳоли бўлган барқарор тенденция. Тўғри чизиқ тренд чизиғининг энг содда тури бўлиб, у тренднинг
чизиқли тенгламаси билан таърифланади.
Тўғри чизиқ тенгламаси (чизиқли тренд) қуйидаги кўринишга эга:
= bu yerda -i – рақамли йиллар учун тренднинг тенглаштирилган
даражалари;
– вақт қаторининг даражаларини ўз ичига олган вақт оралиқлари ёки
даврларининг рақамлари (йил, ой ва б.);
– тренд параметрлари.
Чизиқли тренд тенгламаларнинг тахминан бир маромда ўзгариши тенденциясини: даражаларнинг тенг вақт оралиқларидаги мутлоқ ўсиши ёки мутлоқ қисқаришига ўртача тенг катталикларни акс эттириш учун мос келади.
103. Прогнозлаш усуллари (прогнознинг кўринишлари, прогнозларнинг таснифи, прогнозлашнинг асосий усуллари, экстраполяция усули)- . Ekonometrik tizimlar bo`yicha prognozlash uchun ketma-ket bir nechta bosqichlardan o`tish lozim: 1. Berilgan ma’lumotlar asosida korrelyatsion tahlil o`tkaziladi: a) xususiy korrelyatsiya koeffitsiyentlar matritsasi hisoblanadi; b) juft korrelyatsiya koeffitsiyentlari matritsasi hisoblanadi. 2. Korrelyatsion tahlil natijasida tanlangan omillar asosida regressiya tenglamasi quriladi; 3. Qurilgan tenglamalar tizimi quyidagi mezonlar bo`yicha baholanadi: a) Fisher mezoni; b) Styudent mezoni; v) Darbin-Uotson mezoni; g) ko`plik korrelyatsiya koeffitsiyenti; d) determinatsiya koeffitsiyenti; e) approksimatsiya xatoligi. 4. Qurilgan tenglamalar tizimi mezonlarga mos kelsa, keyin asosiy ko`rsatkich tenglama asosida prognoz davri hisoblanadi. 5. Ishlab chiqarish funksiyasini asosiy xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi: a) o`rtacha unumdorlik omillari; b) chegaraviy unumdorlik omillari; v) resurslar bo`yicha elastiklik koeffitsiyentlari; g) resurslarga talab; d) resurslarni almashtirish chegaralari. Tarkibiy modelni koeffitsiyentlarini baholashda bir qator usullar qo`llaniladi. Quyidagi holatlar korrelyatsion tahlil usulini prognozlashda qo`llashda xatoliklarga olib kelishi mumkin: a) bashoratlanayotgan hodisa ko`rsatkichlari dinamikasini aniqlashda muhim ahamiyatga ega bo`lgan omillar imkonini hisobga ola bilmaslik; b) korrelyatsion tenglamalar koeffitsiyentlari ularning qiymatini aniqlaydigan sharoitlar o`zgarishi bilan qiymatining o`zgaruvchanligi; v) bir qiymat o`zgarishining bashorati boshqa bir qancha qiymatlar o`zgarish qiymati bilan almashtiriladi.