64. Таклиф функцияси (математик тенгламаси, қўлланилиши, оғиш бурчаги, регрессия ва эластиклик коэффицентлари) • Бу термин нарх ўзгаришига бўлган таклифнинг реакциясини кўрсатади. • Таклиф миқдори билан нарх тўғридан тўғри боғлиқлик мавжуд; Нарх ошиши билан таклиф ҳам ошади. Таклиф эластиклигини хисоблаш учун, талаб эластиклигини хисоблаган формуламиздан фойдаланишимиз мумкин. Таклиф миқдорининг процент ўзгариши • Таклиф эластиклиги = ---------------------------------------------------- Нархнинг процент ўзгариши Таклиф эластиклиги ва уни талаб эластиклиги билан боғлиқлиги • Таклиф миқдорининг процент ўзгариши нархнинг процент ўзгаришидан катта бўлса таклиф эластик
хисобланади. Таклиф миқдорининг процент ўзгариши ---------------------------------------------------- > 1 Нархнинг процент ўзгариши • Таклиф миқдорининг процент ўзгариши нархнинг процент ўзгаришидан кичик бўлса таклиф ноэластик хисобланади. Таклиф миқдорининг процент ўзгариши ---------------------------------------------------- < 1 Нархнинг процент ўзгариши.
65. Тенгламалар тизимини индентификациялашнинг зарурийлик ва етарлилик шартлари (зарурийлик шарти ва унинг бажарилиши, етарлилик шарти ва унинг бажарилиши, келтирилган тенглама). Agar, TMShning i-tenglamasida endogen o`zgaruvchilar sonini N orqali va tizimda mavjud bo`lgan, lekin ushbu tenglamaga kirmaydigan oldindan belgilangan o`zgaruvchilarni D orqali belgilasak, modelning identifikatsiya sharti quyidagi hisob qoidasi ko`rinishida yozilishi mumkin: agar D+1 < H tenglama identifikatsiyalanmaydi; agar D+1 = H tenglama identifikatsiyalanadi; agar D+1 > H tenglama o`taidentifikatsiyalanadi. Identifikatsiya uchun mazkur qoida kerakli, ammo etarli shart emas. Keltirlgan qoidadan tashqari, tenglama identifikatsiyasini aniqlash uchun ko`shimcha shart bajarilishi lozim. Ko`rib chiqilayotgan tenglamada mavjud bo`lmagan, lekin tizimga kirgan endogen va ekzogen o`zgaruvchilarni tizimda ta’kidlab chiqamiz. Boshqa tenglamalarda o`zgaruvchilar koeffitsiyentlaridan matritsasini tuzamiz. Agar o`zgaruvchi tenglamaning chap tomonida joylashgan bo`lsa, bunda koeffitsiyentni teskari belgi bilan olish kerak. Agar olingan matritsasini determinanti nolga teng bo`lmasa va darajasi bir kam tizimda endogen o`zgaruvchilar sonidan kam bo`lmasa, bunda mazkur tenglama uchun identifikatsiyaning etarli sharti bajarilgan.
Agar TMShning birorta tenglamasi identifikatsiyalanmaydigan bo`lsa, bunda butun model identifikatsiyalanmaydigan bo`lib hisoblanadi. Bunday holatda keltirilgan shaklning koeffitsiyentlari soni TMSh koeffitsiyentlari soniga nisbatan kam. Agar keltirilgan koeffitsiyentlar soni tarkibli koeffitsiyentlariga nisbatan ko`p bo`lsa, model o`ta identifikatsiyalanadigan deb hisoblanadi. Bunda keltirilgan model shaklining koeffitsiyentlari asosida biror tarkibiy koeffitsiyentining ikki va undan ko`p qiymatini topish mumkin. O`ta identifikatsiyalanadigan modelda bitta bo`lsa 102 ham tenglama o`ta identifikatsiyalanadigan, boshqalari esa identifikatsiyalanadigandir.