Bu qatlamlarning nomlanishi quyidagilar:
1. Yadroviy reaksiyalar sohasi. Quyoshning yadro reaksiyalari ro‘y beradigan markaziy qismi va Quyosh markazidan 0,3 R gacha o‘z ichiga oladi.
2. Radioaktiv soha (yoki nur o‘tkazish sohasi). Bu sohada nurlanish muvozanati kuzatilib, energiyani tashish jarayoni nurlanishni yutish va qayta nurlanish bilan sodir bo‘ladi. Bu soha o‘rta hisobda 0,3 - 0,7 R oraligini o‘z ichiga oladi.
3. Konvektiv soha. Bu sohada energiya asosan konvektiv yo‘l bilan tashiladi. Bu soha 0,7-1,0 R qismini tashkil qiladi.
Quyoshning sirtidan boshlanuvchi soha uning tashqi qatlamlari deyilib, ular Quyosh atmosferasini tashkil etadi. Quyosh atmosferasi uch qatlamdan fotosfera, xromosfera va tojdan iborat. Oddiy ko‘z bilan yoki teleskop orqali kuzatilganda, Quyosh atmosferasining eng pastki qatlami fotosferanigina ko‘rish mumkin. Xromosfera va Quyosh toji maxsus teleskoplardagina kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |