Umumiy astronomiya


§ 2.2. Kuzatuvchining geografik uzunlama va kenglamasini topish



Download 23,71 Mb.
bet50/175
Sana24.01.2022
Hajmi23,71 Mb.
#407632
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   175
Bog'liq
UMK Umumiy astronomiya Fizika

§ 2.2. Kuzatuvchining geografik uzunlama va kenglamasini topish

Kuzatuvchi turgan joyning uzunlamasini aniqlashda aniq vaqtni bilish zaruriyati tug‘iladi. Joyning geografik koordinatalarini va Yerdagi predmetning azimutini aniqlash esa, o‘z navbatida geodeziya bilan bog‘liq bo‘lib, bu xalq xo‘jaligi uchun katta ahamiyatga ega. Shuningdek, joyning geografik koordinatalarini aniqlash, havo va dengiz kemalari qatnovida yo‘l topish uchun juda zarur hisoblanadi. Aniq vaqtni va geografik uzunlamani topish.

Berilgan vaqt momentida aniq vaqt T va shu momentdagi soatning ko‘rsatish vaqti T orasidagi farq vaqt tuzatmasi t deyiladi, ya’ni

T-T=t (2.5)

u holda aniq vaqt T=T+t.

Aniq vaqtni topish uchun soat tuzatmasini topishga to‘g‘ri keladi. Soat tuzatmasi ko‘satishining aniq vaqtdan oldin ketishi yoki orqada qolishiga ko‘ra mos ravishda manfiy yoki musbat ishorali bo‘lishi mumkin. Juda katta aniqlik bilan yuradigan astronomik soatlar ko‘rsatishi ham aniq vaqtdan bir tekis orqada qolavermaydi yoki oldinga ketavermaydi. Buning sabablari birinchidan astronomik soatlarni ham texnik jihatdan absolyut mukammallashtirishning iloji yo‘qligida bo‘lsa, ikkinchidan, tashqi muhitning (temperatura, havo namligi, bosim va boshqalar ta’siridir.

Biror vaqt oralig‘ida soat tuzatmasining o‘zgarishi soatning yurishi deyiladi va quyidagi munosabatdan topiladi.

(2.6)

Vaqt tuzatmasini hisoblash, ma’lum bir meridianda yulduz vaqtini kuzatish orqali topish yordamida oson echiladi. Agar yulduz vaqtini topish momentida yulduz soatining ko‘rsatishi s bo‘lsa, soat tuzatmasi

u = s – s (2.7)

yoki s=  + t bo‘lganidan

u =  + t – s (2.8)

bo‘ladi. Bu yerda  va t -ixtiyoriy yulduzning to‘g‘ri chiqishi va soat burchagi.

To‘g‘ri chiqishi  bo‘lgan meridian momentida yulduz vaqtini topish qulay, chunki u holda t = 0 bo‘lganidan s = . Demak, yulduz soati uchun vaqt tuzatmasi:

u =  – s (2.9)

Yulduz vaqti yordamida mahalliy o‘rtacha Quyosh vaqti topilgan bo‘lsa, ya’ni

s =  + t =  + t =  + T – 12h =  + Tm +  – 12h

yoki bu yerdan

Tm = s –  –  + 12h (2.10)

Undan o‘rtacha quyosh soati uchun tuzatmasi:

t = Tm – Tm (2.11)

bu yerda  va t - Quyoshning to‘g‘ri chiqishi va soat burchagi, Tm esa o‘rtacha Quyosh soatining ko‘rsatishidir.

Kuzatuvchi turgan joyning geografik uzunlamasini topish, Yer sirtidagi ixtiyoriy ikki meridian uzunlamalari va mahalliy vaqtlari orasidagi farqning tengligiga tayanadi. Ma’lum joyning (yoki shu joydan o‘tgan meridianning) uzunlamasini topishda ikkinchi meridian sifatida Grinvich meridiani (0 = 0) olinadi. Unda

m – 0 = Tm – T0 yoki m = Tm – T0 (2.12)

bu yerda Tm - uzunlamasi aniqlanayotgan punktning mahalliy vaqti T0-Grinvich (yoki dunyo) vaqti. Joyning uzunlamasini aniqlashda dunyo vaqti radio orqali berilgan aniq vaqt signallari orqali olinadi. Bunday signallarni qabul qilishdan oldin va keyin o‘tkazilgan astronomik kuzatishlar asosida, kuzatish asosida uzunlamasi aniqlanayotgan meridianga nisbatan topilgan soat tuzatmasi t aniqlangan meridianga mos ondagi (momentdagi) soat tuzatmasi t0 Grinvich meridianiga nisbatan ham topiladi. Natijada, uzunlamasi aniqlanayotgan joyga (yoki shu joydan o‘tgan meridianga) nisbatan

Tm = T + t. (2.13)

Grinvich meridianiga nisbatan esa, T0 =T + t0 u holda (2.7) ga ko‘ra m = t – t0 bo‘ladi.

Zeniti ma’lum bo‘lgan yoritgichlar asosida  va yni aniqlash uchun ma’lum bir joyda ekvatorial kordinatalar 1 va 1 bo‘lib, zenitdan uzoqliklari z1 va z2 bo‘lgan yoritgichlar uchun parallaktik uchburchakning

cosz = sinsin + coscoscost (2.14)

formulasidan foydalanamiz, ya’ni

cosz1= sinsin1 + coscos1cost1 (2.15)

cosz2 = sinsin2 + coscos2cost2 (2.16)

bu yerda t1= s1- 1 yoki t1= s1+ t - 1, shuningdek, t2= s2 - 2 yoki t2= s2 + t - 2, chunki s1=s1+ t, bunda ketma-ket kuzatish oralig‘ida t o‘zgarmas deb qaraladi.

Bevosita kuzatish yordamida yoritgichning zenitdan uzoqliklari z1 va z2 lar o‘lchanib, o‘lchanish momentlarida yulduz soatlarining ko‘rsatishlari s1 va s2 belgilanadi. Yoritgichlarning koordinatalari 1, 1 va 2, 2 lar esa Astronomik har yilliklardan olinadi. Natijada ikki noma’lumli (t va ) ikki tenglama sistemasi vujudga keladi va bu sistemadan soat tuzatmasi va geografik kenglama oson topiladi. Agar bu ikki (t, ) kattaliklardan biri, masalan  ma’lum bo‘lsa, u xolda

(2.17)

dan t topilib, so‘ngra

t=ts+ (2.18)

tenglamadan soat tuzatmasi topiladi. Agar soat burchagini topish tenglamalaridan ikkita bir xil balandlikdagi (ya’ni z1=z2) yoritgichlar uchun tuzilsa, u xolda cosz1=cosz2 ligidan



(2.19)

 va t noma’lumlardan iborat tenglik hosil bo‘ladi. Ushbu tenglik  va t ni boshqa metodlari bilan birgalikda hisoblashda keng qo‘llaniladi. Bunday usulning afzalligi shundaki, bunda yoritgichlarning zenitdan uzoqligini o‘lchashga ehtiyoj qolmaydi va barcha kuzatishlar, yoritgichlarning aniq bir almuqantaratni kesib o‘tishda yulduz soatlaridan Vaqtni belgilashga olib keladi.

Geografik kenglama  va t ni yoritgichlarning kulminatsiya momentlarida kuzatishlar asosida aniqlashei ko‘rib chiqaylik. Agar yoritgichning kulminatsiyasi janubda bo‘lsa

h=900+ yoki h900= (2.20)

z=900h ligidan z= bo‘ladi. Shuningdek, agar yoritgich zenitdan shimolda kulminatsiyada bo‘lsa

z= (2.21)

bo‘ladi. Agar yoritgich pastki kulminatsiyada bo‘lsa h=+900, u holda 900z=+900 yoki =1800z bo‘ladi. Bu tenglamalar orqali yoritgichning zenitdan uzoqligini o‘lchab t ni topish mumkin. Yuqori kulminatsiyadagi yoritgich (t=0) uchun

t = s (2.22)

va pastki kulminatsiyadagi yoritgich (t=12h yoki t=1800) uchun esa

t =   s + 12h (2.23)

Keyin ushbu tengliklardan yoritgichlarning kulminatsiya momentlarida yulduz soatlari ko‘rsatishi asosida soat tuzatmalarini oson topish mumkin.




Download 23,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish