§ 1.15. Parallaks
Agarda biz biron bir obyektni turli nuqtalardan kuzatsak, biz uni turlicha yo'nalishlarda ko'ramiz. Kuzatiladigan yo'nalishlar orasidagi farqi oddiygina qilib parallaks deyiladi. Parallaks kattaligi kuzatuvchidan obyektgacha bo'lgan masofaga bog'liq bo'lganligi sababli, biz uni obyektlargacha bo'lgan masofani o'lchashda foydalanamiz. Insonning stereoskopik ko'rishi qobiliyati ushbu effektga (har holda ma'lum darajagacha) asoslangan. Astronomik masalalarni yechish uchun bizning ikkita ko'zimiz orasidagi masofa (taxminan 7 sm) dan ancha katta bo'lgan bazis chiziqlari talab etiladi. Yetarli darajada katta hamda qulay bo'lgan bunday bazis chiziqlari – bu Yer radiusi hamda uning orbital radiusidir.
Osmon jismlarining Yer sirtining biror nuqtasidan turib qaralganda ularning ko‘ringan o‘rinlari topotsentrik holatlari deyiladi. Ularning Yer markaziga nisbatan holatlari esa geotsentrik o‘rinlari deyiladi. Asosan hisoblashlar yoritkichlarning geotsentrik o‘rinlariga, ya’ni koordinatalariga nisbatan olib boriladi.
Ta`rif. Berilgan bazis masofani yoritgichdan ko`rinma burchagiga parallaks deyiladi. Parallaks ikki xil bo`ladi: sutkalik va yillik. Parallaks tushunchasi amalda keng qo`llanib, xususan, yoritgichlargacha bo`lgan masofalarni aniqlashda qo`l keladi. Biz quyidasutkalik parallaks mohiyati va uni aniqlash haqida gapirib o‘tamiz.
Kuzatuvchi turgan joyni Yerdagi biror nuqta qilib tanlansa, u holda yoritgichning zenitdan uzoqligi o‘zgarishiga ko‘ra, uning sutkalik parallaksi kattaligi ham o‘zgarib boradi. Masalan, yoritgich zenitda bo‘lsa, uning parallaksi nolga teng bo‘lib, gorizontda bo‘lganda maksimumga erishadi. Yoritgich gorizontda bo‘lganda uning sutkalik parallaksi r0-gorizontal sutkalik parallaks deyiladi.
Yoritgichning sutkalik parallaksi r yoritgichdan qaralganda, kuzatuvchidan o‘tgan Yer radiusining ko‘rinish burchagini, sutkalik gorizontal parallaks r0 esa, yoritgichdan qaralganda, qarash chizig‘iga tik bo‘lgan Yer radiusining ko‘rinish burchagini xarakterlaydi. KEM uchburchakdan (1.22-rasm):
(1.43)
to‘g‘ri burchakli KEM dan esa
. (1.44)
Bu ifodalarning chap tomonlari tengligidan:
(1.45)
yoki
sinr= sinr0 sinz (1.45’)
deb yoza olamiz.
Uncha uzoq bo‘lmagan osmon jismlari uchun r0 va r lar juda kichikligidan (planetalar uchun 1 dan kichik, Oy uchun r0=57, Quyosh uchun r0=8,8)
r= r0sinz (1.46)
deb yozish mumkin.
Yoritgichlarning balandligi sutkalik parallaks tufayli Yerning markazidan qaralgandagiga nisbatan kichik bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |