§ 1.11. Yulian kunlari va sana o‘zgarish chizig‘i
Yil va oylarning davomiyligi o'zgaruvchan bo'lganligi sababli vaqt oraliqlarini hisoblash ma'lum qiynchiliklarni tug'diradi, ayniqsa astronomlar har xil hodisalarni belgilash (raqamlash) uchun turli usullardan foydalanishgan. Eng keng tarzda qo'llaniladigan raqamlashlardan biri bu Yulian kunlaridir. Bu kun Yulian kalendari bilan hech qanday bog'lanmagan. Birgina bog'lovchi kattalik bu 36,525 kunga teng bo'lgan Yulian asridir, bu kattalik Yulian kunlarini hisoblashda qo'llaniladigan ko'pgina formulalarda ishtirok etadi. 0 ga teng Yulian kuni miloddan avvalgi tahminan 4700- yilga to'g'ri keladi. Kunning raqami har doim dunyo vaqti bo'yicha 12:00 da o'zgaradi. Masalan 2451545 Yulian kuni 2000 yilning 1 yanvarida boshlangan.
Ikki hodisa orasida bo‘ladigan vaqtni kunlarda hisoblash astrofizikada katta ahamiyatga ega. Buning uchun bu hodisalar orasidagi kabisa yillar soni, taqvimning birinchisidan ikkichisiga o‘tishda islohot va dekretlar tufayli “yo‘qolgan” yoki “qo‘shilgan” kunlarni hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Bu masala, shartli qabul qilingan Yulian davri yoki Yulian kunlari yordamida oson echiladi. Yulian kunlarining boshi Grinvichning o‘rtacha Quyosh vaqti (dunyo vaqti) bo‘yicha tush paytiga to‘g‘ri kelib, eramizdan oldin 4713 yilning 1 yanvarga mos keladi. Yulian kunlarining boshlanishi, shartli bo‘lib, u eramizning XVI asrida Skaliger tomonidan taklif qilgan edi. Yulian davri deb yuritiladigan davr 7980 yil bo‘lib, bu quyidagi uch davrning ko‘paytmasidan kelib chiqadi. Ular quyidagi davrlardir.
- hafta kunlarining ixtiyoriy oy kunlari (sanalari) buyicha taqsimlanishi 28 yillik davr bilan qaytariladi (masalan, 2000 yilning 1 yanvari shanbaga to‘g‘ri kelsa, yana 28 yildan so‘ng 1 yanvar shanbaga to‘g‘ri keladi).
- Oy fazalarining oyning bir xil kunlariga (sanalariga) to‘g‘ri kelishi 19 yillik bilan so‘ng qaytariladi.
- Rimda qo‘llanilgan soliq sistemasining davri 15 yil. Bu davrning o‘sha davrda qabul qilingan nomerlari eramizdan oldingi 4713 yilning 1 yanvariga to‘g‘ri keladi. Bu kunlarni va 7980 yillik davrni Skaliger o‘z otasi Yuliy sharafiga Yulian kunlari deb atashni taklif kilgan bo‘lib, Yulian taqvimidagi Yuliy Sezar bilan hech qanday aloqadorligi yo‘q.
Soat poyaslarining hammasida sutkalarni hisoblash umumiy taqvim bilan olib borilgani uchun har bir sutka qaysi chiziqdan boshlanishini belgilab olish kerak. Ixtiyoriy yangi sana dastlab Yerning qaysi meridianidan boshlab kirishi, xalqaro kelishuv bilan shartli ravishda qabul qilingan. Bu kelishuvga muvofiq, sanani o‘zgarish chizig‘i (demakratsion chiziq) qilib nolinchi meridiandan 180° li yoy masofadan o‘tuvchi (=12h) meridian qabul qilingan. Bu chiziqdan g‘arb tomonda ma’lum oy sanasi har doim sharq tomondagidan bir kunga kam bo‘ladi. Masalan, Amerikadan Osiyoga o`tishda sana o`zgaradigan chiziqqa yaqin kun 25 may bo`lsa, yarim kechadan keyin 26 may o`rniga 27 may deyiladi, agar yo`nalish bunga teskari bo`lsa, yarim kechadan keyin yana 25 may deyiladi.
7-Ma’ruza. Sferik uchburchak va sferik trigonometriya asoslari. Parallaktik uchburchak va o’tish formulalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |