Umumiy astronomiya


§ 1.9. Vaqt o‘lchash tizimlari



Download 23,71 Mb.
bet38/175
Sana24.01.2022
Hajmi23,71 Mb.
#407632
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   175
Bog'liq
UMK Umumiy astronomiya Fizika

§ 1.9. Vaqt o‘lchash tizimlari
Haqiqiy quyosh vaqti ham o'rtacha vaqti haqiqiy yoki faraziy Quyoshning soat burchagiga bog'liq bo'lgan mahalliy vaqtidir. Agarda kimdir bevosita kuzatishlar orqali haqiqiy quyosh vaqtini kuzatsa va o'rtacha vaqtni hisoblasa, raqamli soat ehtimol ularning ikkalasining farqiniko'rsatishi mumkin. Buning sababi quyidagicha: biz kundalik hayotimizda mahalliy vaqtdan foydalanmaymiz, uning o'rniga biz eng yaqin joylashgan poyas vaqtidan foydalanamiz.

lgari har bir shahar o'zining mahalliy vaqtiga ega bo'lgan. Keyinchalik bir mamlakatdan boshqasiga sayohatchilarning borishidan so'ng mahalliy vaqtlar noqulay bo'lib qolgan. XIX asrning oxirida Yer 24 ta poyaslarga bo'lingan, har bir poyasning vaqti yon poyasga nisbatan bir soatga farq qiladi. Yer sathida vaqtning bir soati uzunlama bo'yicha 15° ga to'g'ri keladi. Har bir zonaning vaqti 0°,15°,…,345° uzunlamalarning biridagi mahalliy o'rtacha vaqti bilan belgilanadi. Grinvichdan o'tadigan nolinchi meridianning vaqti xalqaro vaqt – dunyo vaqti

Kuzatuvchining Yerdagi ma’lum bir punktga nisbatan yuqoridagi ta’riflar bo‘yicha aniqlagan vaqti (yulduz, haqiqiy yoki o‘rtacha quyosh vaqti) shu joy uchun mahalliy vaqtni beradi. Bahorgi tengkunlik nuqtasi () ning yoki Quyosh markazining soat burchagi, ma’lum bir Yer meridianining barcha nuqtalari uchun bir xil bo‘lganidan, maxalliy vaqt mazkur meridian bo‘ylab bir xil bo‘ladi. Agar Yer sharidagi ikki nuqtaning uzunlamalari 1 va 2 bo‘lib, ularning farqi  ni bersa, u xolda bu ikki punktdan sharqdagisining mahalliy vaqti ham g‘arbdagisinikidan  ga ortiq bo‘ladi, ya’ni

Yulduz vaqti uchun: s2-s1=2-1 (1.6)

Haqiqiy quyosh vaqti uchun: T2 - T1 =2-1 (1.7)

O‘rtacha quyosh vaqti uchun: T2 - T1 =2-1 (1.8)

bo‘ladi. Yerdagi ma’lum meridian uchun mahalliy vaqt, shu meridianning istalgan nuqtasidan turib, bevosita kuzatish orqali aniqlanadi.

Londonlagi Grinvich observatoriyasi orqali o‘tuvchi bosh meridianning o‘rtacha quyosh vaqti dunyo vaqti (T0) deb yuritiladi. Yer sharidagi istalgan punktning mahalliy o‘rtacha quyosh vaqti, dunyo vaqti bilan quyidagicha bog‘lanishda bo‘ladi:

Tm = T0+ (1.9)

bu erda  - mahalliy vaqti topilayotgan joyning geografik uzunlamasi. Dunyo vaqti ko‘pgina astronomik hodisalarning momentlarini belgilashda keng qo‘llaniladi.

Odamlarning turmushida joyning o‘z mahalliy vaqtidan foydalanish noqulayliklar keltirib chiqaradi. Sababi Yer sharida cheksiz ko‘p meridian aylanasi o‘tkazish mumkin bo‘lib, oqibatda, cheksiz ko‘p mahalliy vaqt bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri kelardi. Bunda vaqtlar, meridianlarning bir-biridan qanchalik uzoqliklariga ko‘ra, bir-birlaridan minutlarga, sekundlarga va sekundning ulushlariga farq qilgan bo‘lardi. Shuning uchun 1884 yili vaqtni hisoblashning poyas sistemasi qabul qilingan.

Yer shari meridianlar bilan har biri 15 dan bo`lgan 24 ta soat poyasiga bo`lingan; har bir poyasdagi hamma nuqtalarda soatlar bir xil vaqtni, ya`ni poyas o`rtasidan o`tgan meridianning mahalliy vaqtini ko`rsatadi. Bu poyaslar 0 dan 23 gacha nomerlandi. Bu poyaslarni chegara chiziqlari, okean va dengizlar hamda aholi yashamaydigan joylarda aniq meridian bo‘ylab, qolgan joylarda esa, davlat ma’muriy — xo‘jalik va geografik chegaralar bo‘ylab yo‘naladi (**-rasm). Shuningdek shartli ravishda, cheksiz ko‘p meridianlardan 24 tasi ajratib olinib, ular asosiy meridianlar deb yuritiladi. Asosiy meridianlarning geografik uzunlamalari, mos ravishda 0h, 1h, 2h, Zh, ..., 23h ga tengdir. Boshqacha aytganda, har bir poyasga bittadan asosiy meridian to‘g‘ri kelib, uzunlamasi 0h bo‘lgan asosiy meridian nolinchi poyasning taxminiy o‘rtasidan, uzunlamasi 1h bo‘lgani 1-poyasniig o‘rtasidan o‘tadi va hokazo.





1.16-rasm. Vaqt poyaslari

Kuzatuvchi joylashgan poyasning poyas vaqti (Tm) qilib, mazkur poyasning o‘rtasidan o‘tgan asosiy meridianning mahalliy vaqti olinadi. Ma’lum poyasda joylashgan va uzunlamasi  bo‘lgan punktning maxalliy vaqti Tm quyidagi mahalliy va poyas vaqtlarni bog‘lovchi formuladan foydalanib topiladi:

Tm- Tp=m - Nh, (1.10)

bu erda m-joyning sharqiy uzunlamasini N—esa poyas nomerini ifodalaydi. Poyas chegarasida yotgan ixtiyoriy punkt mahalliy vaqtining mazkur poyas vaqtidan farqi 30m gacha bo‘ladi. Poyas vaqti dunyo vaqti bilan quyidagicha bog‘lanadi:

Tp= T0 + Nh (1.11)

bu erda ham N-poyas nomeri. Sobiq Ittifoqda poyas vaqti 1919 yilning 1 iyunidan qabul qilingan edi.

Yerdagi yil fasllaridan to‘g‘ri foydalanish, yoz oylarida kunduzgi yorug‘ligidan to‘la foydalanish, shuningdek elektr energiyasidan uy-joylar va korxonalarni yoritishda ratsional foydalanish hisobiga uni tejash maqsadida ko‘p mamlakatlar dekret vaqti bilan ish ko‘radi. Korxonalarning ish grafigini o‘zgartmagan holda ish vaqtini odatdagidan bir soat oldin boshlash (ya’ni dekret vaqtiga o‘tish) maqsadida, 1920 yillarda sobiq Ittifoq xalq komissarlari Sovetining dekreti bilan bir necha marta soat strelkalarining mili har yili yozda 1 soat ilgariga, qishda esa, aksincha, 1 soat orqaga surilardi. Oxirgi marta - 1930 yilning 16 iyunida shunday dekret bilan soat strelkalarining mili 1 soat ilgari surildi va 1931 yilning 9 fevralida dekret bilan qabul qilingan vaqti o‘z kuchini maxsus yangi dekret bilan bekor qilingunga qadar saqlab qoladi deb qo‘shimcha e’lon qilindi. Shundan buyon bunday vaqt dekret vaqti deb nom oldi. Dekret vaqti (Td), poyas, dunyo va mahalliy vaqtlari bilan, mos ravishda, quyidagicha bog‘lanishda bo‘ladi:

Td=Tp+1h , (1.12)

Td=To+(N+1)h , (1.13)

Td=Tm-m+(N+1)h . (1.14)

Butun dunyoda ushbu vaqtni kundalik hayotida qo‘llaydigan mamlakatlar ko‘p, masalan, Buyuk Britaniyada dekret vaqti ishlatiladi va ular unga 1967 yilning oktyabr oyidan boshlab o‘tgan.

Xalqaro atom vaqti 1972 yilda vaqt signallari asosi sifatida qabul qilingan. Vaqt Parijdagi og'irlik va o'lchov xalqaro byurosi tomonidan saqlanadi va u bir nechta aniq yuradigan atom soatlarining o'rtachasidir.

Atom soatlaridan avval N`yuton mexanikasi tenglamalaridagi vaqt o'zgaruvchilariga mos keladigan, mutloq doimiy tezlik bilan yuradigan ideal soat talab etilgan. Bunday vaqt efemerida vaqti (ET) bo'lgan. U efemeridalar jadvallarini tuzishda ishlatiladi. Efemerida vaqtini o'lchash birligi efemerida sekundi (ES) bo'lgan va u 1900-tropik yilning davomiyligi 31,556,925.9747 ga bo'lingan qiymatiga teng bo'lgan. Efemerida vaqtini oldindan bilish imkoni yo'q. 1984 yilda efemerida vaqti dinamik vaqti bilan almashtirilgan.
6-Ma’ruza. Kalendar turlari va Quyosh kalendari. Sana o’zgarish chiziqlari.


Download 23,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish