KURS ISHI – O’QUV JARAYONINING AJRALMAS
TARKIBIY QISMI
Tabiiy fanlar, shu jumladan, fizika fanini o’rganishda talabada mustaqil
ishlash ko’nikmalarini shakllantiruvchi dars turlari muhim ahamiyat kasb
etadi.
Amaliy mashg’ulotlar, laboratoriya va seminar darslari qatorida
talabalarga taqdim etiladigan ilmiy ma’ruzalar, referatlar, «Kurs ishlari»
talaba uchun umumkasbiy tayyorgarlik yoki ixtisoslikning u yoki bu
fanlaridan olib boriladigan birinchi mustaqil kichik ilmiy ish hisoblanadi. Shu
bilan bir qatorda mavzu bo’yicha adabiyotlardan olinadigan ma’lumotlar,
qayta ishlangan tajriba natijalari va qilingan xulosalarni ma’lum bir tartibli
yozma bayon qilish ko’nikmalarini hosil qilish maqsadi ham ko’zda tutiladi.
Kurs ishlarini bajarish ma’ruza kurslari materiallarini chuqurroq
o’zlashtirish, malakaviy va boshqa ko’nikmalarni egallashga imkon berishi
kerak. Uni bajarish talabadan nafaqat umumiy va umumkasbiy fanlardan
bilimga ega bo’lishni, balki shu bilan bir qatorda mavzu bo’yicha adabiyotlar
bilan ishlash, nazariy masalalarni amaliyot bilan bog’lash, to’plangan
ma’lumotlarni umumlashtirish, olingan bilimlarni aniq bir ilmiy va amaliy
masalalarni yechishga qo’llay bilish hamda ularni yechishda o’z nuqtai
nazarini asoslay bilish uquvini rivojlantirish, xulosalar hamda ta’lim
jarayonini yaxshilashga qaratilgan takliflar qilish talab etiladi.
Xulosa qilganda kurs ishi, umuman fan va xususan tanlangan mavzu
bo’yicha olingan bilimlarni chuqurlashtirish va ma’lum bir tizimga solish
maqsadini ko’zda tutadi.
Kurs ishlari o’quv jarayonining muhim ko’rinishlaridan biri bo’lib,
talaba tomonidan o’quv rejaga asosan bajariladi.
Ko’pchilikka sir emaski, kurs ishlarini tayyorlash va uni himoya qilishga
ko’p hollarda jiddiy e’tibor berilmaydi.
Birinchidan, yuqorida keltirilgan kurs ishlarini bajarishdan ko’zda
tutilgan maqsadlar doim ham bajarilavermaydi. Tayyorlangan kurs ishlari
oddiy seminar uchun tayyorlangan « referatlar» (kurs ishlari hajmi, mavzuni
tayyorlanish sifati va h.k.) saviyasidan nariga o’tmaydi.
66
Ikkinchidan,
bajarilgan
kurs
ishlari
himoyasi
ham
seminar
mashg’ulotlari kabi o’tadi. Bu esa kurs ishlari salmog’ini jiddiy ravishda
susaytiradi va Oliy Ta’lim Davlat Standartida unga qo’yilgan talablarga
javob bermaydi.
Bizningcha kurs ishlari salmog’i uning tuzilmasi va mazmuni hamda
himoya jarayoni bilan belgilanadi. SHunga ko’ra, buerda talabalar uchun
yuqoridagi jihatlariga to’xtalishni lozim topdik.
Kurs ishlari o’qituvchi (ish rahbari) rahbarligida yoziladi. Talaba rahbar
bilan hamkorlikda kurs ishida qo’yilgan vazifani o’rganish va tajribada
tekshirish lozim bo’lgan masalalar doirasini aniqlashtiradi, tadqiqot rejasini
hamda tarkibini, mavzu bo’yicha adabiyotlarni va boshqa manbalarni
(masalan, ish bajarilayotgan kafedrada mavjud bo’lgan statistik manbalar va
shunga o’xshash) jiddiy o’rganadi.
Kurs ishi tarkibi tanlangan mavzu va undagi ayrim masalalarga to’liq
oydinlik kiritilishini ta’minlashi kerak. Undagi asosiy qismlar faqat
boblardan iborat bo’lib, paragraflarga bo’linishning hojati yo’q. Kurs ishini
har bir qismi aniq bir mantiqiy ketma-ketlikda, o’zaro bog’liqlikda yozilishi
kerak. Ishning mazmuni sxemalar, jadvallar, grafiklar, diagrammalar bilan
to’ldirilgan bo’lishi kerak. Grafik ko’rinishda berilgan ma’lumotlarga
(natijalarga) albatta tushuntirish yozuvlari bo’lishi shart.
Ish tarkibining quyidagi ko’rinishga ega bo’lishi maqsadga muvofiqdir:
1.
Mundarija
2.
Kirish
3.
Asosiy qism
4.
Xulosa
5.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
6.
Ilova (agar kerak bo’lsa)
Mundarijada ishda berilgan ketma-ketlikka mos holda sanab o’tilgan
boblar, qismlar ro’yxati keltiriladi.
Kirish – tanlangan mavzuning ilmiy ahamiyatiga to’xtalinib, mavzuning
qanchalik dolzarbligi va o’rganilganligi bayoni keltiriladi. Shu yerda aniq
qilib tadqiqotning maqsadi, vazifalari va uni yechishda kurs ishini bajaruvchi
tomonidan foydalanilgan usul (yoki usullar) bayon qilinadi.
Asosiy qism – bu qism, umuman olganda, ishning bayonidan iborat
bo’lib, 2-3 bobdan iborat bo’ladi. kerak hollarda qismlarga ajratilgan bo’lishi
ham mumkin. Asosiy qism maqsadga yo’naltirilgan, mantiqiy ketma-ketlikda
tuzilgan bo’lib, har bir bob ishda qo’yilgan muammoni yechishga qaratilgan
mustaqil savollarni yoritishi kerak.
Har bir bob yoki qism qisqacha mustaqil xulosa bilan tugashi kerak. Shu
bilan bir qatorda oldingi bob xulosasi keyingi bobning asosiy mazmunini
belgilashi lozim; shundagina boblar o’rtasidagi bog’liqlik mustahkamlanadi
va umumiy ishning bus-butunligi saqlanadi.
67
Xulosa – keltirilishi shart bo’lib, ishning nisbatan mustaqil qismidir.
Uning asosiy vazifasi, qisqa va lo’nda holda butun ishning natijasini bayon
qilishdan iborat. Bu yerda olingan natijalar, yangi nazariy g’oyalar keng
yozib o’tirilmaydi. Ular haqida ish mazmunida (boblarda) batafsil yozilgan
bo’ladi.
Xulosa oxirida qisqa va aniq ko’rinishda muallif nima ko’rsatmoqchi va
isbotlamoqchi ekanligi, qo’yilgan savollarga topilgan javoblar keltiriladi.
Ish so’ngida foydalanilgan barcha adabiyotlarning ro’yxati beriladi.
Umuman olganda kurs ishi ham mazmunan, ham tarkiban mustaqil va
yuqori did bilan yozilgan tadqiqot ishi bo’lishi kerak.
Endi kurs ishining himoyasi haqida ikki og’iz so’z.
Talaba tomonidan tayyorlangan kurs ishini ish rahbari har tomonlama
tekshirib, ish haqida yozma xulosa – taqriz (retsenziya) beradi. Kurs ishi
kafedrada tasdiqlangan attestatsiya hay’ati oldida himoya qilinishi maqsadga
muvofiq. Attestatsiya hay’ati talabaning nazariy bilim darajasini, malaka
ko’nikmasini, ishning kurs ishlariga qo’yiladigan talablarga qanchalik mos
ekanligini aniqlaydi. Shu bilan birga, kurs ishini baholashda himoya vaqtida
talabaning qo’yilgan masalani qanchalik o’zlashtirgani, ishni bayon qilish
mahoratiga, berilgan savollarga javoblarning mazmun mohiyatiga e’tibor
qaratiladi. Yakuniy baholashda yuqorida keltirilgan mezon bilan bir qatorda
rahbar bahosi ham e’tiborga olinishi kerak.
Kurs ishini bajarishda quyidagi mezonga asoslanish taklif qilinadi:
- mavzuning ilmiy-bilishdagi ahamiyati va dolzarbligi;
- barcha holat va xulosalarning isbotlanganligi;
- ishdagi manbalarni tahlil qila olish, uni umumlashtirish va xulosa qilish
ko’nikmasi;
- ishdagi yangilik (agar bo’lsa), ya’ni nima aniq edi va nima aniqlangan;
- to’g’ri va estetik did bilan shakllantirilganligi, ya’ni ishni baholashda
ish mazmuni va ahamiyati bilan uni estetik tayyorlanganlik darajasi ham
e’tiborga olinishi kerak.
Shunday qilib, kurs ishi murakkab va ko’p qirrali kichik ilmiy tadqiqot
ishidir. Ishning bajarilish va yozish davomida olingan ko’nikmalar ish
bajaruvchi ilmiy pedagogik faoliyatini samarasini oshirishga ko’mak beradi.
68
Do'stlaringiz bilan baham: |