Umumgeografik kartalarni loyihalash va tuzish fanidan 2-amaliy ish mavzu



Download 8,93 Mb.
bet1/6
Sana25.04.2022
Hajmi8,93 Mb.
#580394
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Israilova O\'g\'iloy UKLT 2 amaliy


MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI


O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
GEOGRAFIYA VA TABIIY RESURSLAR FAKULTETI
GEODEZIYA , KARTOGRAFIYA VA KADASTR YO’NALISHI
3- BOSQICH TALABASINING
UMUMGEOGRAFIK KARTALARNI LOYIHALASH VA TUZISH FANIDAN
2-AMALIY ISH

MAVZU: Relyefni tasvirlashni gipsometrik usulini o’rganish.

Bajardi : Israilova O’.


Qabul qildi: Salohiddinova S.
Toshkent-2022.
Relyefni tasvirlashni gipsometrik usulini o’rganish .
Topshiriqning maqsadi: mayda masshtabli obzor topografik umumgeografik xaritalarda relyefni tasvirlash usullarini o’rganish; xaritalni legendasini taqqoslab tahlil qilishda relyefni gipsometrik usulda tasvirlashning asosiy vazifalarini belgilash.
Ishning natijasi: topshiriqni bajarishda ilmiy tadqiqot sifatida xizmat qiluvchi refarat yoziladi, unda tasvirlayotgan relyefni gipsometrik usulda tasvirlashning asosiy prinsiplari ta’riflanadi va xaritani o’rganish natijalari keltiriladi. Shuningdek jadvallar, sxemalar, namunalar matnga ilova qilinadi.
Refaratning taxminiy rejasi:

  1. Rossiya va O’zbekiston gipsometrik maktablarini shakllanishi va rivojlanishi haqida qisqacha tarixiy ma’lumot.

  2. Ishni bajarish jarayonida foydalanilgan xarita haqida bibliografik ma’lumot.

  3. Geomorfologik tahlil (joyning balandligi , tipi, demudatsion yoki eroziya jarayonlarining ustuvorligi va ularning hududda ifodalanishi - eroziya jarayonlari, past – balandliklardan tashkil topgan g’arbiy landshaft, yoriqliklari , burmalanishli ko’rinishi va h.k. relyefning mezzo va mikro shakllari va ularning o’ziga xos xususiyatlari - o‘lchami , orientirlanishi , tasnifi bo’yicah umumiy ko’rinishi).

  4. Xarita legendalarini (shu jumladan, ajratib ko’rsatilgan joy tiplarining nomlari va atamalarini qayd qilish) va shartli belgilar tizimlarini o’rganish .

  5. Joyning balandlik pog’onalariniajratib ko’rsatilishi va rangli shkalada berilishi (past tekislik, balandlik, tog’ mintaqasi, tog’ oldi , o’rta tog’ , baland tog’ va h.k.) .

  6. Aniq berilgan misollar asosida relyefning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish( daryo vodiylari, tizmalar, pastqamliklar, tekisliklar va h.k.) : elementar shakllarni tasvirlanishi uchun qo’shimcha gorizontallardan foydalanish, gorizontallarning qo’shilishida grafikli usullar , talveglar bo’yicha gorizontallarning tutashishi, kichik qismlarning qo’shilish usullari , gorizontallar tasviridan maxsus shartli belgilarga o’tish va h.k.

  7. Tahlil qilinayotgan xaritaning ilmiy va amaliy jihatdan ma’lumot bera olish xususiyatini baholash.


Relyef — Yer yuzasidagi past-balandliklarni, jarlik va cho‘kmalarni, tog‘lik va tekisliklarni o‘zida mujassam qilgan landshaftning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Relyef geologik jarayon bilan bog'liq bo‘lib, uning shakllanishida roli katta. Yer yuzasidagi gidrografik elementlarning shakllanishida, kosmik va tuproq lar tarqalishida, ekologik vaziyat rivojlanishida, muhandislik inshootlarni loyihalashda, aholi yashaydigan shahar va posyolkalar qurilishida, dehqonchilikda relyefining roli katta bo‘lib, u bilan hisoblashmay bo’lmaydi. Yer yuzasining relyefi xilma-xil bo‘lib, ularni tasvirlash ham har xil bo‘ladi. Relyefni tasvirlashning quyidagi asosiy turlari mavjud. Bular: Perspektiv, Shtrixlar, Gorizontallar, Gipsometrik shkalalar, Balandlik otmetkalari, Soya nurlar plastikasi, Blok diogrammlari orqali relyeflar kartalarda tasvirlanadi. Relyefi tekisroq bo‘lgan hududlar bilan, relyefi baland-pastliklardan iborat bo'lgan hududlarni bir xil usulda tasvirlab bo’lmaydi. Mayda masshtabli umumgeografik kartalarda gorizontallar oralig’ini tanlash tasvirlanadigan hududlarga bog’liqdir. Masalan, O’rta Osiyoning relyefi har hil bo’lganligi uchun quyidagi shkalalar qabul qilingan: 0 metrdan past joylar to’q yashil rangda (asosan botiqlar tasvirlanadi) , 0-100 metrgacha yashil rangda , 100-200 metrgacha to’qroq yashil rangda tasvirlanadi. 200-400 metrgacha och jigarrang , balandligi oshib borgan sari jigarrang quyuqlashib boraveradi . bunday usul gorizontallar oralig’ini bo’yab ko’rsatish usuli deb yuritiladi. Bu usulda relyefni tasvirlash kartografiyada gipsometrik usul deb ataladi. Bu usul izogipslarga (teng balandlik) asoslangan. Gipsometrik usuldatasvirlangan relyef 10-16- pog’onalarda (shkalalarda ) berilishi mumkin.
Rangli shkalalarni ishlab chiqishning bir nechta prinsiplari mavjud:

  • “ Qancha baland bo’lsa shuncha qora” shkalalr - ularda tekislik balandligi oshgan sari ranglar och yashildan to’q yashilga qarab o’zgarib boradi; to’li hududlarda esa och sariq – jigar rangdan to’q jigar rangga qarab oshib boradi. Bunday shkalalar mantiqan to’g’ri, chunki ular balandlik va qiyalik oshganini bildiradi, lekin uyg’unligi kam va relefni nafis tasvirlashi yetarli emas.

  • “Qancha baland bo’lsa shuncha yorug’” shkalalar- ularda tekislik uchun tanlangan kul rangdan , baland tog’larning och sariq yoki deyarli oq ranggiga qarab shkala tanlanadi . bunday shkalalar juda ifodali, chunki tog’lar quyosh bilan yoritilgandek tuyuladi, bu esa relef tasvirida nufuzlikni ta’minlaydi. Bu shkalalar Alp, Pomir, Tyan-Shan va boshqa tog’lar relefini tasvirlashda ishlatiladi. Noqulaylik tomoni kartaning eng ko’p yuklama joylashgan qismi- tekislik qorong’ilashgan.

  • “Ranglarning to’qligi va issiqligini oshirib borish” shkalalari - ularda yashil, sariq, to’q sariq qizil kabi ketma - ketlikda ranglar shkalaga tanlanadi. Bunda tog’lar ranggi yarqirab ko’zga tashlanib turadi , tekislikniki esa ozrqo xira ko’rinadi, bu bilan balandlik pog’onalari yaxshi farqlanadi va relyef nufuzligi ta’minlanadi . bunday shkalalar ko’plab gipsometrik kartalarni tuzishda ishlatilgan.


Download 8,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish