Umum va tib psix p65


TIBBIYOT XODIMLARI FAOLIYATIDA


bet92/99
Sana02.03.2022
Hajmi
#478365
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   99
Bog'liq
58c91c3c0773b

TIBBIYOT XODIMLARI FAOLIYATIDA
DEONTOLOGIYA MASALALARI
Hozirgi kunda tibbiyot amaliyotiga aholini sog‘lomlash- 
tirishning turli tadbirlari joriy qilinmoqda. Ayniqsa, «Sog‘lom 
organizm» uchun kurashuvchi «Lemon» dasturi o‘z tamoyil- 
lari bilan boshqalardan ajralib turadi. Tibbiy amaliyotda 
hamshiraning bajaradigan ishlar ko‘lami shifokorlar baja- 
radigan ishlar ko‘lamidan kengroqdir. Lekin bu tadbirlarning 
sifat darajasi qanday? Yakuniy samaradorligi yetarlimi? Faqat 
buyurilgan muolajalarni bajarish bilan bemorning dardiga 
davo topib bo‘lmaydi. Buning uchun hamshira. bemor psi- 
xologiyasini, uning muolajagacha bo‘lgan ruhiy holatini ba- 
holay olishi lozim. Buning uchun hamshira deontologiya 
tamoyillari haqidagi bilimlarga ega bo‘lishi shart. U shifokor 
bilan bemor o ‘rtasidagi ishonchli ko‘prik bo‘lishi zarur.
HAMSHIRA VA BEMOR O‘RTASIDAGI
DEONTOLOGIK MUNOSABATLAR
Hamshiralar kasalxonadan yoki poliklinikadan ishdan 
qaytgandan so‘ng. «Shu bugun juda charchadim», «Juda ko‘p 
ish bo‘ldi» deya, toliqqanliklarini bildirishadi. Haqi-qatan 
ham ishlari og‘ir, lekin xizmat joyidagi tartibsizlik charchoqqa 
sabab bo‘lishi mumkin. Venger olimlari hamshira faoliyati 
bo‘yicha bir necha o ‘nlab tadqiqotlar olib borib, ularni 
charchatadigan asosiy omil bemorning injiqligi, his-tuyg‘uga 
berilishi, jizzakiligi sabab bo‘lishiga amin bo‘lishdi. Shuning 
uchun ham Parasels: «Sevgi va g‘amxo‘rlik» — barcha dori- 
darmonlardan afzaldir, deydi.
Ayrim hollarda hamshiralar bemorlarga g‘am xo‘rlik, 
xushmuomalalik qilib, ertasiga xayfsan olishadi. Chunki 
bemorlardan qay biriga e’tibor kamaygan bo‘lsa, o‘sha bemor 
shikoyat qiladi. Lekin u «men hamma ishni qildim-ku», degan 
fikrda bo‘ladi. Haqiqatan yuzaki qaraganda shunday tuyuladi.
164


Mehnatkash, har narsaga ulguradigan hamshira bor kuchi 
va bilimini ishga solib, bemorning ko‘nglini topish uchun 
jam i choralarni ko‘radi. Shunday bo‘lsa-da, ish mobaynida 
u yoki bu darajadagi xafagarchiliklar, kelishmovchiliklar 
bo‘lib turadi. Ambulatoriya sharoitida bunday holatlar bemor­
larning toqat bilan kuta olmasligi, injiqligi hamshira va shi- 
fokorlar uchun muammolar tug‘diradi.
Tibbiyot fanlarining rivojlanishi hamshiraning amaliyot- 
dagi roli ortib borayotganligini ko‘rsatmoqda. Endilikda 
bemorni tarbiyalash hamshiradan yuqori saviyada tibbiy va 
texnik, psixologik bilimlarga ega bo‘lishni talab qilmoqda. 
Shuning bilan birgalikda hamshiraning vazifalari har tomon- 
lama murakkablashib bormoqda. Turli hisobotlar, bemorlarni 
turli shifobaxsh ichimliklar va ovqatlar bilan ta’minlash, yor- 
damga muhtoj bemorlarni ovqatlantirish, cho‘miltirish, yotoq 
joylarini saranjom-sarishta qilish, bemor gigiyenasi bilan bog‘- 
liq boshqa topshiriqlarni bajarish ana shular jumlasiga kiradi.
Statistik m a’lumotlarga ko‘ra, hamshira yuqorida aytilgan 
ishlarni bajaraman, deb o‘zining asosiy ishi — bemorni par­
varish qilishga juda ham kam vaqt sarflaydi. Demak, zamo- 
naviy tibbiyotda hamshiralarni ikkilamchi vazifalardan ozod 
qilish, faqat bemorni parvarish qilish uchun sharoit yaratib 
berish zarur. Hamshira faoliyatidagi kamchiliklardan biri bu 
hamshiraning o‘z vazifalarini mexanik bajarishidir. Bunda 
hamshira o ‘zi bilgancha bemorni parvarish qilish bilan shu- 
g‘ullanib, harorat o‘lchash, inyeksiya qilish, dori moddalarni 
tarqatish kabi vazifalarni bajaradi, xolos. Ular bemorga psi­
xologik nuqtayi nazardan e’tibor bermaydi. Uning bemor 
bilan muloqoti doirasi chegaralanib qoladi. Bu esa hamshira 
bilan bemor o ‘rtasida sovuq munosabatlar yuzaga kelishiga 
sabab b o ‘ladi. Natijada, hamshiraning ko‘ngil so‘rashni 
bilmasligi, e’tiborsizligi bemorlarning shikoyat qilishlarigacha 
borib yetadi.
Hozirgi zamon tibbiyotiga «hamshiralik ish jarayoni» 
tushunchasi kirib keldi. Agar bu jarayon tahlil qilinadigan 
bo‘lsa, uning har bir bosqichi bemor bilan hamshira o ‘rtasi- 
dagi munosabatga borib taqaladi. Hamshiralik ishi jarayoni
165


ilmiy asoslangan, bemorning ehtiyojlariga xizmat qiladigan 
professional hamshiralik yordamiga asoslangan faoliyat 
hisoblanadi. Bunda bemorning hamshiraga bo‘lgan ishonchi 
muhim o‘rin tutadi. Bemor hamshiraga ishonsa, bemor unga 
o‘zining ichki kechinmalarini, g‘am-tashvishini aytadi. Yaxshi 
hamshira esa undan o‘z yordamini ayamaydi. Hamshira bu 
ishonchni oqlashi, bemor sirlarini saqlay bilishi muhimdir. 
Ko‘pgina hollarda hamshiralar bu fazilatga ega bo‘lmaydi va 
bemor sirini boshqa bemorlarga yetkazadilar. Natijada, bun­
day hamshiralarga bo‘lgan ishonch yo‘qoladi.
Hamshira faoliyatida mish-mishlar, soxta ma’lumot berish, 
yomon va qo‘pol ohangda gaplashish, bemor bilan hamshira 
munosabatlarining buzilishiga olib keladi.
Bemorlarga hurmat bilan murojaat qilish, ularga namunali 
xizmat ko‘rsatish bemor bilan hamshira o ‘rtasidagi muno- 
sabatni yanada yaxshilaydi. Bunda bemorni tushunish, unga 
e’tibor bilan qarash ham o ‘zaro ishonchni mustahkamlaydi. 
Zero, bemorning aqliy rivojlanganligi, bilimdonligi va shaxsiy 
fazilatlarini hamshira ish jarayonida o‘rganib borishi muhimdir. 
Shundagina har bir bemorga individual yondashish mumkin 
bo‘ladi. Hamshira bemor dardini, ruhiy azoblarini his qila 
olishi, uni o‘zida anglay bilishi hamshira faoliyatining yanada 
mukamallashganligidan dalolat beradi.
Tibbiyot amaliyotida turli tavsifdagi hamshiralarni uchra- 
tish mumkin. Ayniqsa, milliy urf-odatlarimiz hamshirala- 
rimiz faoliyatida yaqqol aksini topadi. Ularda mehribonlik, 
odamiylik, o ‘zgaga hurmat hissi juda yuqori bo‘ladi. Quyida 
shunday hamshiralarga misollar keltiramiz:
1. Vazifalarini mexanik bajaruvchi hamshira — hozirgi 
kunda eng ko‘p uchraydigan hamshiralar sirasiga kiradi. 
Bu hamshiralar barcha vazifalarni qoida bo‘yicha aniq, o ‘z 
vaqtida sinchkovlik bilan bajarishadi. Lekin o ‘zi tashabbus 
ko‘rsatmaydi. Bemorning dardiga sherik bo‘lish, uning his- 
siyotlarini anglash ularga yot.
2. «Yodlab olingan rolni ijro etuvchi» hamshira. Bu hamshi­
ralar alohida e’tiborga loyiqdir. Ular bemorning oldida har
166


xil rollarga kirishadi, o ‘z vazifalarini bajarishga harakat 
qilishadi.
3. «Tajang» hamshira. Bunday hamshiralar o ‘z faoliyatida 
hissiyotga o‘ta berilgan bo‘lib, bemorlarga qo‘pol, darg‘azab- 
lik bilan munosabatda bo‘ladilar, tez jahli chiqib tajanglik 
qilishlari bilan ajralib turadilar. Bu ish faoliyatiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi. Bunday hamshira qovoqlari soliq, peshonasi 
tirishgan, nimadandir norozi ko‘rinadi. Ular nevroz holatida 
ayrim ishlarni bajarishmaydi. Ulardan shunday so‘zlarni 
eshitish mumkin: «Nima, men sizlarning cho‘rilaringmi yoki 
mening oyog‘im tekinga kelganmi» va h.k. Buning oldini 
olish uchun psixiatrga murojaat qilish yoki ishdan bo‘shatish 
choralari ko‘riladi.
4. Erkaksimon yoki kuchli hamshira. Bularning yurish turishi 
hamma bemor uchun tanish, muomalasi qo‘pol, prinsipial 
bo‘lsa-da, haq bo‘lishadi. Ularda madaniyat, bilimdonlik 
yetishmaydi. Lekin ular qattiq e’ti-qodli, qat’iyatli, kechirmay- 
digan bo‘lishadi. Bemordan tartibli bo‘lishni talab qilishadi.
5. «Onaxon» hamshira. Bunday hamshira bizning kasal- 
xona, ambulatoriya va poliklinikalarimizda ko‘p uchraydi. 
Haqiqiy o ‘zbek hamshirasining xususiyatlari shu hamshira 
timsolida yaqqol namoyon bo‘ladi. Ish ular uchun hayotning 
ajralmas bir bo‘lagi hisoblanadi. Ular hamma ishlarni ba­
jarishga ulgurishadi.
6. Mutaxassis hamshira. Bu hamshiralar o‘zining ayrim 
shaxsiy xususiyatlariga ko‘ra alohida mavqega ega bo‘lishadi. 
Bunday hamshiralar yaxshi kotiba yoki texnik vazifalarni ba- 
jara oladigan bo‘ladilar. Ular laboratoriyalarda, tibbiy uskuna- 
lar bilan ishlash joylarida xizmat qilishadi. Bu hamshiralar 
o ‘zlari bajaradigan ishlardan boshqa ishlarga qiziqishmaydi.
Hamshira shaxsi, uning ishlash uslublari, bemorlarga 
munosabati, bemor bilan ishlashning psixologik usullarini 
qanday egallaganligi — bular, o ‘z-o‘zidan ravshanki, davo- 
lovchi ta’sir ko‘rsatadi.
Yuqorida keltirilgan vazifalarni ado etish uchun hamshi­
ralar doimo izlanishda bo‘lib, o‘z ustida ishlashlari, bilim- 
larini tinmay oshirib borishlari kerak.
167



Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish