Umum va tib psix p65


bet79/99
Sana02.03.2022
Hajmi
#478365
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   99
Bog'liq
58c91c3c0773b

Yatrogeniya
deganda, shifokor yoki tibbiyot hamshira- 
sining bemorga salbiy ta’sir qilgan so‘zlari va xatti-harakatlari
136


natijasida bemorda paydo b o ‘lgan kechinmalardan yuzaga 
kelgan kasallik holati yoki uning kuchayishi tushuniladi. 
Yatrogeniya o ‘ziga xos xususiyatlari bo‘lgan, ya’ni notinch, 
vahimali, tez asabiylashadigan, jizzaki, qo‘rqoq, asabi zaif 
bemorlarda uchraydi. Turli xil yatrogen xastaliklar kelib 
chiqishida o ‘rta tibbiyot xodimlari sababchi bo‘lgan hollar 
ham ko‘p kuzatilgan. Ular 
sorrogeniyalar
(lotincha 
Sorror
— 
hamshira) deb ataladi.
Terapiya bo‘limida davolanayotgan bemorlarning har biri 
uchun alohida ijobiy psixologik ta ’sir vositasi, ya’ni so‘zlar 
majmuasi topilishi kerak. Bemor o ‘z kasalligi to ‘g‘risida 
kam o ‘ylaydigan, davoning samarali yakunlanishiga isho- 
nadigan bo‘lishi kerak. Buning uchun bo‘limda xizmat qi­
layotgan shifokor va hamshiralar psixologik bilimlarni chu- 
qur egallagan bo‘lishlari kerak. Aks holda, yaxshi natija- 
larga erishish qiyin b o ‘ladi.
JARROHLIK KLINIKASIDAGI BEMORLAR PSIXOLOGIYASI
Tibbiyot sohasining hech bir bo‘limida jarrohlikdagi sin­
gari amaliy ko‘nikmalarning ahamiyati muhim bo‘lmaydi. 
Anesteziologiya va farmakologiya sohasidagi yangi bilimlar, 
ilmiy-texnikadagi muhim ixtirolar jarrohlikni hozirgi dara- 
jaga yetkazdi. Asab va yurak-tomirlar sistemasida operatsiyalar 
o ‘tkazish imkoni tug‘ildi. Jarrohning butun fikri va opera- 
tsiyaga qatnashadigan boshqa shifokorlar, hamshiralarning 
ham barcha xatti-harakatlari operatsiyani muvaffaqiyatli o ‘t- 
kazishga qaratilgan bo‘ladi.
Jarrohlik bo‘limining maqsadi, ishni tashkil etishi opera- 
tsiyaning har tomonlama samarali yakunlanishini ta’minlashdir.
Jarroh bemorga operatsiya orqali yordam beradi, muam- 
moning birdan bir yechimi ham shu bo‘ladi. Jarrohlar o ‘z 
mahoratini ularning ko‘magiga muhtoj bo‘lgan bemorlarga 
sarflashadi. Jarrohning faolligi boshqa mutaxassislikdagi 
shifokorlardan ko‘ra ancha yuqori bo‘ladi. Lekin jarrohlar bemor 
shaxsini to ‘liq bilib olishga erisha olishmaydi. Chunki vaqt 
tig‘iz bo‘ladi. Bemor bilan yaqin muloqotda bo‘lishga sharoit 
bo‘lmaydi. Jarrohlar, operatsiya va palata hamshiralarining
137


barcha fikrlari va diqqat-e’tibori asosiy ish — jarrohlik arala- 
shuviga qaratiladi. Operatsiya vaqtida tibbiyot xodimlari bilan 
bemorlar o ‘rtasidagi bevosita aloqa va jarroh-shifokorlar, 
anesteziologlar, operatsiya xonasida xizmat qiluvchi hamshiralar 
o‘rtasidagi o‘zaro hamjihatlik nihoyatda mustahkam bo‘ladi.
Operatsiya aralashuvining qanday o‘tishi undan oldingi 
va keyingi davrda tibbiyot hamshiralarining, xodimlarning 
o ‘z burchlarini nechog‘liq puxta bajarganliklariga bog‘liq.
Sog‘lom kishi operativ aralashuvga turlicha qaraydi. Ayrim 
kishilar psixologik ta’sir — operatsiya vaqtini cho‘zishni, 
ayrimlari esa, uning muddatini tezlashtirishni ko‘zlashadi. 
Bunga turli sabablar majbur qilishi mumkin. Oilaviy baxtsizlik, 
qo‘rquv, xavotirlanish shular qatoriga kiradi.
Bemor operatsiyaning o‘zidan: unga aloqador bo‘lgan og‘riq 
sezgisi, azoblar, uning oqibatidan: yaxshi chiqishiga shubha 
bilan qarashi ehtimol. Bemorning xavotirlanishini uning 
so‘zlaridan, palatadagi qo‘shnilari bilan suhbatlaridan bilsa 
bo‘ladi. Bemorning bot-bot terlashi, yurak urishining tezlashuvi, 
tez-tez siygisi qistashi, kechalari yaxshi uxlay olmay chiqishi 
va boshqalar shular qatoriga kiradi.
Tibbiyot hamshirasi bemorni qanday kuzatib borayotganini 
davolovchi shifokorga ma’lum qilishi va u bilan birga bemorga 
psixoterapevtik ta’sir ko‘rsatish usullarini egallab olgan bo‘lishi 
lozim. Hamshira. operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish vaqtida bemor 
bilan yaqin munosabat o‘rnatishi, suhbatlar vaqtida bemorning 
qo‘rquv va xavotirliklari o‘rinsizligini unga tushuntirib borishi 
lozim. Eng muhimi bemorni tinchlantirish hisoblanadi.
Operatsiyadan keyin ham bir qancha murakkab muammolar 
paydo bo‘ladi. Ayni vaqtda bemorda turli psixik buzilishlar 
ham vujudga kelishi ehtimol. Jarrohlik operatsiyasi va o ‘rinda 
uzoq vaqt yotish tartibi turli xil nevrotik kasalliklarni keltirib 
chiqarishi ham mumkin. Ayrim bemorlarda operatsiyadan 
so‘ng 2—3 kun o ‘tgach, o ‘ta ta ’sirchanlik, asabiylashish, 
jizzakilik va injiqlik kabi belgilar paydo bo‘ladi. Astenizatsiya 
negizida, ayniqsa, og‘ir operatsiyalardan keyin asoratlar paydo 
bo‘lib, bular depressiya holatini avj oldirishi mumkin. Keksa 
odamlarda operatsiyadan keyin deliriy holati ro‘y berib, gallu- 
tsinatsiyalar va bosinqirash ham qayd etilishi mumkin.
138


Bemor holatida qanday o‘zgarish sodir bo‘lishidan qat’i 
nazar, tibbiyot hamshirasi zudlik bilan davolovchi shifokorga 
xabar qilishi va bemorni sinchiklab kuzatib borishi darkor. 
Bordi-yu, psixiatr-maslahatchi bemorni tekshirib ko‘rib, uni ruhiy 
kasalliklar shifoxonasiga o‘tkazishni tavsiya etsa, uning bu 
xulosasini bajarish kerak bo‘ladi. Aksariyat psixotik holatlar qisqa 
muddatli bo‘ladi va zarur dori-darmonlar tayinlanganda bartaraf 
bo‘ladi.
Xavfli o ‘smalari bo‘lgan bemorlar bilan operatsiyadan ol- 
dingi davrda hamshira va shifokor operatsiyaning yaxshi o‘tishi 
to ‘g‘risida suhbatlashishlari kerak. Bemorga operatsiya o ‘z 
vaqtida qilindi, u muvaffaqiyatli o‘tdi va endi hech qanday 
xavf-xatar yo‘q, deb tushuntirish foydadan holi bo‘lmaydi. 
Bemorlar m e’da rezeksiyasi, sut bezini olib tashlash, oyoq 
yoki qo‘lni kesish kabi operatsiyalarni juda og‘ir o ‘tkazishadi. 
Operatsiyadan so‘ng ayrimlarining yashagisi kelmay qoladi, 
ularni yomon xayollar chulg‘ab oladi. Tibbiyot hamshirasining 
bunday bemorlar bilan samimiy suhbatlari bemor ko‘nglini 
ko‘tarishga, uni tinchlantirishga katta yordam beradi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish