Umum va tib psix p65


TIBBIYOT XODIMINING TAKTIKASI


bet46/99
Sana02.03.2022
Hajmi
#478365
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   99
Bog'liq
58c91c3c0773b

TIBBIYOT XODIMINING TAKTIKASI
Insonning xatti-harakatlari va amallari beixtiyor va ixtiyo­
riy bo‘lishi mumkin. Beixtiyor amallarida ongning ishtirok eti- 
shi shart emas. Beixtiyor harakatlardan farqli ravishda iroda 
yoki ixtiyoriy harakatlar oldimizga qo‘yilgan aniq maqsadga 
erishish uchun ularni ongli ravishda tartibga solishga qaratilgan 
holda amalga oshiriladi. Beixtiyor harakatlarga shartsiz va 
qisman shartli reflekslar kiradi. Ixtiyoriy harakatlar negizida,
I.P. Pavlov ta’biri bilan aytganda, ikkinchi signal sistemasi 
yordamida amalga oshiriladigan zanjirsimon reflekslar yotadi.
Orttirilgan ko‘nikmalar misolida ixtiyoriy va beixtiyor hara­
katlar o ‘rtasida uzilish yo‘qligini ko‘rish mumkin. Aksincha, 
ular bir-biri bilan bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari, avtomatik 
(beixtiyor) faoliyatimizda biz istalgan paytda ong nazoratini 
ishga solishimiz mumkin. Iroda va avtomatlashgan harakatlar- 
ning murakkab tarzda qo‘shilib kelishiga royalda musiqa cha- 
lish, avtomobil va boshqa murakkab apparatlarni boshqarish 
misol bo‘ladi. Ma’lumki, I.P. Pavlov instinktlarni murakkab 
halqasimon reflekslar sifatida ko‘zdan kechirgan. Oddiy shartsiz 
va shartli reflekslar irodaga taalluqli emas. Ayrim hollarda ularda 
ong qatnashsa, boshqalarida ong ishtirok etmasligi mumkin.
Irodani ishga solish, irodali bo‘lish uchun inson o‘z oldida- 
gi to‘siqlarni yenga olishi darkor. Odam sovuq suvga sho‘ng‘ish 
yoki parashutdan sakrash vaqtida o ‘z irodasini ishga soladi.
Irodali bo‘lish har kimning o ‘ziga bog‘liq. Shu jihatdan 
irodasi kuchli va bo‘sh odamlar farq qilinadi. Kishining ma’­
lum vazifani bajarishi uchun to‘siqlar nechog‘liq kam bo‘lsa, 
bu yumushi kamroq iroda kuchini talab qiladi. Biroq, pato- 
logiyada, og‘ir nevrozlarda, depressiyalarda, shizofreniyada 
iroda shu qadar susayib ketadiki, bemorlar oddiy harakatlarini 
qila olmaydilar. Masalan, o ‘rinlaridan tura olmaydilar, yuz- 
qo‘llarini yuva olmaydilar va kiyina olmaydilar va h.k. Chu- 
nonchi, narkotik moddadan intoksikatsiyaga uchragan bemor
82


nihoyatda chanqoqligiga qaramay, yonginasida turgan bir piyola 
suvni bir soat ichida olib ichishga jazm qila olmagan. Irodaning 
bo‘shligi yoki yo‘qligi gipobuliya va abuliya deb ataladi.
Odamning irodasi tarbiya, o‘qish va mehnat faoliyatida vujudga 
keladi va mustahkamlanadi. Turmushda uchraydigan qiyinchi- 
liklar iroda bilan yengiladi. Bunda bolalikdagi tarbiyaning aha- 
miyati beqiyos. Bolani yoshligida taltaytirib yuborib, unda 
mehnatga havas uyg‘otmaslik, og‘zidan chiqishi bilan hamma 
narsani muhayyo qilish irodasiz bo‘lib o‘sishiga sabab bo‘ladi. 
Bunday bolalar irodasiz bo‘lib qolishadi. Ular biror ishni mustaqil 
bajara olmaydilar va yangi sharoitlarga tushib qolganda qiynalib 
qoladilar. Va, aksincha, agar bolalar o‘z holiga tashlab qo‘yilsa, 
ota-onasi va yaqin qarindoshlari ularga loqaydlik qilib tarbiyasi 
bilan shug‘ullanmay qo‘ysalar, bu ham salbiy oqibatlarga olib 
keladi. Bolaning xarakteri, xulq-atvori yomonlashadi, unda yaramas 
odatlar va salbiy mayllar paydo bo‘ladi.
Odamning ijobiy iroda fazilatlariga qat’iyatlilik, sabot-ma- 
tonat, tashabbuskorlik, g‘ayratlilik, intizomlilik, mardlik va jasorat 
kabilar kiradi. Mujmallik, bo‘shanglik, dangasalik, tashabbus 
ko‘rsata olmaslik, qo‘rqoqlik, shuningdek, qaysarlik va laqmalik 
kabi odatlar odam xarakterining salbiy jihatlaridan sanaladi.
Psixopatologiyada patologik mayllar alohida o ‘rin tutadi. 
Yeb bo‘lmaydigan narsalar (ohak, kesak)ni iste’mol qilish 
sog‘lom homilador ayollarda, bolalarda vaqtinchalik hodisa 
sifatida kuzatilsa, shizofreniyada bu patologik mayllik ko‘p 
uchrab turadi.
Tibbiyot xodimlari bemorlarning davolanish rejimiga rioya 
qilishlari ustidan muttasil nazorat olib borishlari kerak. Oddiy 
harakatlarni bajarishda ularni faollashtirish lozim. Bunga ana- 
lizlarni o‘z vaqtida kechiktirmay topshirish, dori-darmonlar, 
davolash muolajalarini qabul qilish kiradi. Ba’zan ularga od­
diy topshiriqlarni berish va bu vazifalarning bajarilishini na- 
zorat qilib turish kerak.
Katatonik buzilishlarga uchragan bemorlar kamdan kam 
hollarda somatik shifoxonalarga tushib qoladilar. Ularni maxsus 
malakaga ega hamshiralar parvarish qilishlari kerak. Ular ovqat 
yeyishdan bosh tortadilar, shunga ko‘ra bunday bemorlarni
83


zo‘rlab ovqatlantirishga, ba’zan zond orqali yedirishga to‘g‘ri 
keladi. Keyinroq ularni ruhiy kasalliklar shifoxonasiga o‘tkazish 
zarur. Bemorlar o‘z tashqi ko‘rinishlariga ahamiyat bermay 
qo‘yadilar, gigiyena qoidalarini bajarmaydilar. Bunday hollarda 
o ‘rta tibbiyot xodimi ularga talabchanlik bilan muomala 
qilishi, ularning faolligini oshirishga harakat qilishi darkor. 
Hamshiralar shifokor topshiriqlari va ko‘rsatmalarini og‘ish- 
may ado etishlari tufayli bemorlarning dardiga malham bo‘- 
ladigan zarur amallarni bajaradilar.
Bemorlarning xatti-harakatlarini sinchkovlik bilan o ‘r- 
ganib, bu m a’lumotlarni muntazam yozib borish ham tib­
biyot hamshirasining vazifalaridan sanaladi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish