Umum va tib psix p65


Affektlar (hissiy portlash, ja za v a )


bet38/99
Sana02.03.2022
Hajmi
#478365
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   99
Bog'liq
58c91c3c0773b

Affektlar (hissiy portlash, ja za v a ).
Kishini tez chulg‘ab 
oladigan va shiddat bilan o ‘tib ketadigan jarayonlar affektlar 
deb ataladi. Ular ongning anchagina darajada o‘zgarganligi, 
xatti-harakatlarni nazorat qilishning buzilganligi, odamning 
o‘zini o‘zi idrok qila olmasligi, shuningdek, uning butun hayoti 
va faoliyati o‘zgarib qolganligi bilan ajralib turadi. Affektlar 
birdaniga katta kuch sarf qilinishiga sabab bo‘lgani uchun ham 
qisqa muddatli bo‘ladi: ular his-tuyg‘ularning bamisoli birdan 
lov etib yonib ketishiga, portlashiga, bir zumda hamma yoqni 
to‘s-to‘polon qilgan shamolga o‘xshaydi. Agar oddiy hissiyot 
faqat ruhiy hayajonlanishni ifoda etsa, u holda affekt bo‘rondir. 
Affektlar tashqi alomatlari keskin ifodalangan zo‘r berib 
kechadigan hissiyotlardir. Masalan, farzandidan mahrum bo‘l- 
gan chinqirib yig‘lagan, sochini yulgan onaizorda qayg‘u 
affekti bor, deb fikr yuritamiz.
Ba’zi bir hollarda affektlar shunchalik kuchli b o ‘ladiki, 
odam es-hushini yo‘qotadi, shunday vaziyatlarda odamlar 
nimalar qilganlarini bilmay ham qoladilar. Es-hush buzi­
lishlari rasmana ifodalangan affektlar patologik affektlar deb 
ataladi va ular asosan psixozlarda kuzatiladi. Mashhur psixiatr 
N.V. Kantorovich quyidagi voqeani yozib qoldirgan: N. ismli 
bemor ayol, 22 yoshda, qishloq maktabida o ‘qituvchi bo‘lib 
ishlagan. Erga tekkan. Erini yaxshi ko‘rsa-da, u bilan yomon 
yashab, uni doimo rashk qilgan va buning oqibatida uyda doimo 
janjal chiqib turgan. Eri yengil tabiatli va qo‘rs odam bo‘lgan, 
uni aldab, ustidan kulib yurgan. Oxirgi mojaro paytida ajralish 
masalasi ham ko‘ndalang turgan, lekin er-xotin yana yarashib 
ketishgan. Sababi N. eriga homilador bo‘lib qolganini aytadi. 
Eri bunga javoban, o ‘z qilmishlariga pushaymon bo‘lganini, 
endi hech qachon janjal ko‘tariladigan ish qilmaslikka so‘z 
beradi. N. unga ishonadi, ammo ertasigayoq N. bo‘sh yotgan 
bir uy yonidan o‘ta turib (voqea qishloqda yuz bergan) qulog‘iga 
tanish ovozlarni eshitib qoladi. Uyga kirsa, ne ko‘z bilan 
ko‘rsinki, o‘zining eng yaqin dugonasi erining quchog‘ida 
yotibdi. Orada sukunat yuzaga keladi. Eri va dugonasi N.ga
68


uning ayollik sha’niga tegadigan haqorat so‘zlarni ayta 
boshlashadi. N. jahli chiqib, o‘zini yo‘qotib qo‘yadi va temir 
o ‘roqni olib dugonasining boshiga 2—3 marta qattiq tushiradi. 
Olingan qattiq jarohatdan dugonasining joni uziladi. Eriga 
tashlanayotganda u qochib qolgan. Shundan so‘ng N. qo‘lida 
o ‘roqni ushlagan holda ariq yoqasiga borsa, u yerda ayollar 
kir yuvib o‘tirishgan ekan. N. ularning yoniga borib, qon 
tekkan kiyimini chaya boshlagan. Undan «senga nima bo‘ldi, 
tinchlikmi?» deb so‘ragan xotinlarga javob bermay, ularni 
tanimagan ham shekilli, nuqul salom beravergan va kulavergan. 
Ishini bitirib, uyiga qaytgan va yotib qattiq uxlab qolgan.
Tez orada qamalgan. Qotillik qilganini rad etmagan, lekin 
nimalar qilganini unutib yuborganini qayta-qayta gapiravergan. 
Sud-psixiatriya ekspertizasi N.ni g‘ayrishuur holatda bo‘lgan 
deb topgan, chunki u jinoyatni patologik affekt holatida sodir 
qilgan va o ‘z xatti-harakatlarini boshqara olmagan.
Affektning fiziologik va patologik turlari farqlanadi. Birinchisi 
sog‘lom odamlarda kuzatilsa, ikkinchisi ruhiy kasalliklarda 
uchraydi. Affekt paytida odam o ‘zini boshqara olmay qoladi 
va bemalol birovning (o‘zining ham) joniga qasd qilib qo‘yadi. 
Qahr, g‘azab, rashk, ajablanish va hursandchilik affektlari 
farq qilinadi. Patologik affektda ongning torayishi tufayli qisman 
yoki to‘la amneziya ham kuzatiladi. Shuning uchun ham affekt 
paytida odam nima qilganini eslay olmaydi.
Kayfiyatlar ancha vaqt davomida kishining butun xatti- 
harakatiga tus berib turadigan umumiy hissiy holatini ifoda 
etadi. Kayfiyat aniq bir hissiyotga aloqador bo‘lmaydi. U tan 
sog‘ligi yoki tan xastaligi haqida darak beruvchi ko‘p sonli 
introretseptiv impulslar yig‘indisi hisoblanadi. Bunga dolzarb 
ahamiyatga ega bo‘lgan turli-tuman kechinmalarning so‘nggi 
izlari ham qo‘shilib ketadi. Natijada biz ko‘pincha kayfiyat 
nimadan buzilganini aniq bilmasak ham, uni ancha to ‘g‘ri 
ta’riflab beramiz. Kayfiyat shod-xurram yoki qayg‘uli, tetiklik 
yoki lanjlik, hayajonlilik yoki m a’yuslik, jiddiylik yoki 
yengiltaklik, jizzakilik yoki muloyimlik va h.k. tarzda bo‘ladi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish