Umum ped na amal-O`um 13-14


Xo’sh jamiyatdagi o’zgarishlar oilaga o’z ta’sirini ko’rsatadimi



Download 8,91 Mb.
bet129/703
Sana31.12.2021
Hajmi8,91 Mb.
#233727
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   703
Bog'liq
Durdona Umum ped-O`UM InYAZ 18-19 2-kurs

Xo’sh jamiyatdagi o’zgarishlar oilaga o’z ta’sirini ko’rsatadimi?

Jamiyatdagi o’zgarishlar, yangiliklar va rivojlanish albatta oilaga ham o’z ta’sirini o’tkazadi. Mustaqil diyorimizda esa oila taraqqiyoti va farovonligi yo’lida tinimsiz ishlar olib borilmoqda. Bunga misol tariqasida qator yillarning «Oila yili», «Ona va bola yili», «Ayollar yili», «Soglom avlod yili», «Obod mahalla yili», yangi 2004 yilning «Mexr va Muruvvat yili» deb e’lon qilinganligini ham e’tirof etishimiz joiz.

Xuddi shuningdek, oiladagi o’zgarishlar ham jamiyatga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Shu munosabat bilan hukumatimiz ishlab chiqqan tadbirlar oilani ijtimoiy muhofaza qilish, oilada yoshlar tarbiyasiga e’tibor kuchaytirish, oilaning huquqiy tamoyillarini kengaytirish va oilalarni mustahkamlash bilan bog’liq masalalarga karatildi.

Talabalar diqqati doskadagi I.A.Karimovning «Xalqimiz qadim-qadimdan oilani muqaddas deb bilgan. Oila ahil va totuv bo’lsa, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikka erishiladi, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi» va. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning “Birinchi vazifa - biz uchun muqaddas bo’lgan oila asoslarini yanada mustaxkamlash. xonadonlarda tinchlik-xotirjamlik. ahillik va o’zaro hurmat muxitini yaratish. ma’naviy-ma’rifiy ishlarni aniq mazmun bilan to’ldirishdan iborat bo’lmog’i zarur”1 degan so’zlariga qaratiladi.

Shunday qilib, shaxsning har tomonlama kamol topishi uchun qulay imkoniyatlar yaratilsagina oila tarbiyasi muvaffaqiyatli bo’ladi.

Qadimdan ham, bugun va ertaga ham, bundan keyin ham aqlli, farosatli, tafakkuri chuqur bir soz bilan aytganda, kamolotli farzand tarbiyalash masalasi dolzarbdir. Bunday tafakkurga boy kamolotli farzand tarbiyasining sarchashmasi oiladan boshlanadi. Oila tabarruk qaladir.

A.Munavvarov fikricha «Oila jamiyatning boshlang’ich ijtimoiy bo’g’ini sifatida murakkab tarkibga ega bo’lib, u o’z faoliyatida oila a’zolarining ehtiyoji va qobiliyati, turli faoliyatning maqsad va vazifalarinigina emas, balki tarbiyaviy faoliyatni ham aks ettiradi»2

Oilashunos olimlar: G’.B.Shoumarov, N. Sog’inov,E. Sattorovlar oilaning maqsadi: barkamol avlodni voyaga yetkazish va jamiyat ravnaqiga hissa qo’shish, deb ta’kidlaydilar.

Demak, oilaning asosiy maqsadi ham manaviy, ham iqtisodiy jihatdan oilaviy ahvolni rivojlantirish, jamiyatga soglom, aqlli, har tomonlama barkamol farzand tarbiyalash. Jamiyatdagi barcha yutuqlardan foydalangan holda, undagi illatlarni tag-tomiri bilan yoq qilishda faol ishtirok etish. Oila qala ekan, bu qalada bekinmachoq oynamaslikni, yoshlikdan oyinqaroqlik, beboshlik, erkalik, beparvolik ornini sezgirlik, masuliyat, andisha, javobgarlikni sezish kabi fazilatlar egallashi lozimligini tushunish kerak. Buning uchun ozimizda masuliyat hissi konikmasini his qilishimiz zarur.

Yosh avlodning hayotdagi ko’p qismi oilada o’tadi. Shu boisdan turmushning murakkab muammolari bilan oilada tanishadilar.

Oiladagi mavjud an’analar, urf-odatlar, rasm-rusmlar va marosimlarning ijobiy ta’sirida yigit-qizlar asta-sekin kamol topib boradilar. An’ana va marosimlar tarbiyaning qudratli quroliga aylanadi.

Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada bo’lsagina o’sib kelayotgan yosh avlod farovonligini ta’minlashi mumkin. Oila tarbiyasidagi yutuqlar ota-onalarga pedagogik bilimlar berish, oilaviy tarbiya bo’yicha tajribalar almashish, ota-onalarni tarbiyaviy ishlarga qizg’in jalb qilishga ham bog’liqdir. Har bir ota-ona o’z farzandini tarbiyalash borasidagi burch va mas’uliyatlarini chuqur anglashiga bog’liq.

Bundan tashqari normal oilaviy muhit, ota-onaning obro’si, to’g’ri kundalik rejim, bolani kitobga va o’qishga, mehnat qilishga o’z vaqtida jalb qilishlari ham muvoffaqqiyat garovidir.

Shunday qilib, oilaning jamoatchilik bilan hamkorligining o’rni beqiyosdir. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida «Oila jamiyatning asosiy bo’g’ini ekanligi (3-bo’lim, 14-bob, 63-modda)3 qayd etilgan. Mustaqillik izohli ilmiy ommabop lugatida «Oila- kishilar hayotining eng muhim qismi, jamiyatning kichik hujayrasi, ijtimoiy-madaniy organizm»4 ekanligi qayd etilgan.

Mustaqillik munosabati bilan o’zbeklarning oilaviy hayotida urf-odatlar, an’analar qayta tiklandi( beshik to’ylari, to’y-aza munosabatlari va h.k). Bunday urf-odatlar oilani mustahkamlashning qoshimcha yollaridan biridir. Ozbekiston hukumati va shaxsan prezident I.A.Karimov oila masalalariga doim diqqat-etibor berib kelmoqdalar. (Masalan, «Soglom avlod uchun» ordenining tasis etilishi, maxsus Respublika bolalar jamgarmasining bunyod etilishi, kop bolali onalar uchun qoshimcha moddiy yordam korsatish va shu kabi tadbirlar). Davlatning oilaga bunday munosabati tushunarlidir. Chunki, oilalarning serfarzandligi jihatidan Ozbekiston MDH davlatlari ichida Tojikistondan keyin ikkinchi orindadir.

Oilaning jamoatchilik bilan hamkorligi yaqin bo’lgandagina sog’lom g’oyalar, siyosiy ong va huquqiy madaniyat, mustaqil fikrlash, iymon, e’tiqod kabi tushunchalar ravnaqiga yetishadi. Bunda mahalla, bobolar va momolar tarbiyasi demokratiya darsxonasi bo’lishi kerak.




Download 8,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   703




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish