O`quvchilarga ekologik ta`lim-tarbiya berish yo`llari
2-29.chizma
O`quvchilar ekologik tarbiya ishlari jarayonida quyidagilarni bilishlari zarur:
Tabiat haqida tushuncha, tabiiy muhit, tabiiy omillar va ular orasidagi bog`lanish;
Tabiat boyliklaridan tejab-tergab foydalanish va ularni muhofaza qilish;
Atrof-muhitni ifloslanishlardan saqlash;
Tabiatni kelajak avlodlar uchun tabiiy holda qoldirishga intilish.
Ekologik tarbiya berishda ta`lim tizimida o`qitilayotgan deyarli barcha fanlarning imkoniyatlaridan foydalanish mumkin. Jumladan, biologiya, ximiya, iqtisodiy geografiya, fizika, astronomiya fanlarini o`qitish jarayonida ham o`quvchilarga ekologik tarbiya berib boriladi.
Ekologik ta’lim tarbiya quyidagi asosli bo’limlarni o’z ichiga oladi:
1. O’quvchilarni tabiat go’zalliklarini sevish,ulardan estetik zavq olish ruhida tarbiyalash.
2. Jonli va jonsiz tabiatning rivojlanish qonuniyatlari , tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi murakkab o’zaro munosabatlar,inson xo’jalik faoliyatining tabiatga ta’siri oqibatlari haqida bilim berish.
3. O’quvchilarda ekologik madaniyatni tarbiyalash.Tabiatni sevish ,undan to’g’ri va ongli ravishda foydalana bilishni tarbiyalash kishilarda tabiat oldida masuliyatni anglash malakasini xosil qiladi. Tabiatning normal holati uchun fuqoralik masuliyatini anglash malakasini xosil qiladi.Tabiatning normal holati uchun fuqarolik masuliyatini to’la anglash ekologik ta’lim va tarbiyaning ifodasidir.
Kishilarda tabiat qonunlariga to’la rioya etish to’g’risida va bu sohada vatan ,xalq ,davlat va kelajak avlod oldidagi burch tuyg’usi va masuliyat hisi xosil etilsa, ularda ekologik ong va tafakkur xosil bo’lmaydi. Ekologik ong va tafakurga ega bo’lgan kishi o’z mehnat faoliyatida tabiatga ta’sir etish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini oldindan ko’rib, ongli ravishda ish tutadi.
Bolalarda ekologik xususiyatdagi tasavvurlarini kengaytirishda tarix va geografiya fanlarining imkoniyati katta. Bundan 500 yil,1000 yil avval o’lkamiz tabiati qanday bo’lgan , o’simlik va xayvonot olami qanday bo’lgani kabi savollarga javob topish mumkin. Ona tili darslaridagi ko’plab mashqlar o’quvchilarda tabiatga mexr uyg’otishi qo’l keladi.
Matematika fanida beriladigan ekologik ta’lim tarbiya jarayonida o’quvchilar tabiatidagi salbiy yoki ijobiy o’zgarishlar inson sog’ligiga qanday ta’sir qilishi haqida aniq tasavvurga ega bo’lishadi. Masalan: Respublikamizda 1200 ga yaqin sanoat korxonasi borligi, ular xavoga 1500 tonnaga yaqin zaharli moddalarni chiqarayotganligi, bunday holat 10 yil, 20 yildan keyin shu maromda ketaversa nimalarga olib kelishi mumkinligini misollar vositasida ekologik falokat oqibatlari yoshlarga tushuntiriladi.
Ekologik yo’nalishdagi to’garaklarda bolalar tabiatga zarar yetkazmaslikka, tabiat go’zalliklaridan zavqlanishga, atrof muxitni sevishga o’rgatilib boriladi.
To’garak mashg’ulotlarida o’tiladigan "Tabiatni e’zozlaylik", "Tabiat va inson", "Ekologiya va inson", "Orol madad so’raydi", "Qushlar bizning do’stimiz" kabi mavzularda tabiatga qiziqishni yanada oshiradi. O’qituvchining bolalarga ekologik ta’lim tarbiya berishda xalqimizning o’ziga xos milliy tarbiyasidan o’rinli foydaanishi yaxshi samara beradi.
Masalan, "Soyasidan xalq foydalanib to’rgan daraxtni kesib yuborgan odamni tangri do’zaxga maxkum etur", "Qaysi musulmon ekin eksa, yoki biror daraxt o’tkazsa, so’ng uning mevasidan kush yeki xayvon yesa, uning ekinidan yeyilgan narsaning har biridan unga sadaqa savobi yoziladi" kabi hodisalarda ekologiyaga oid tushunchalar bordir.
Qovun sayli, suv sayli, uzum sayli, hosil bayrami, navro’z bayrami, xirmon to’yi kabi bayramlar ham o’quvchilarga ekologik tarbiya berishda katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |