O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
UMUMIY PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA KAFEDRASI
UMUMIY PEDAGOGIKA
FANIDAN MA’RUZALAR MATNI
(2-kurs)
Navoiy-2021
III-SEMESTR
“PEDAGOGIKA NAZARIYASI. DIDAKTIKA”
1-mavzu: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI.
Reja:
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni (1997 yil, 2020 yil). Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari.
Ta’lim muassasalarining turlari va faoliyati.
Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar. Zamonaviy sharoitda jahon ta’limi: muammolar, yechimlar.
Tayanch so`z va iboralar:
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Kadrlar tayyorlash milliy modeli: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish, ta’lim muassasalarining turlari, ta’lim turlari: maktabgacha ta'lim, umumiy o’rta ta'lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o’quv yurtidan keyingi ta'lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta'lim.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni (1997, 2020 yil). Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi 9 sessiyasi (1997 yil 29 avgust)da ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish va uni yangi zamon talabi darajasiga ko’tarishni nazarda tutuvchi muhim davlat hujjatlari «Ta'lim to’g’risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi. Shu munosabat bilan birinchi prezidentimiz Islom Karimov «Barkamol avlod- O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» mavzusida nutq so’zlab, ta'lim-tarbiya tizimida islohatlar o’tkazish zarurati va omillarini asoslab bergan edi.
“Ta'lim to’g’risidagi” ushbu qonun 5 bo’lim, 34 moddadan iborat bo’lib, uning maqsadi fuqarolarga ta'lim, tarbiya berish, kasb-hunar o’rgatishning huquqiy asoslarini belgilash hamda har kimning bilim olish mumkinligi kabi konstitutsiyaviy huquqini ta'minlashdan iboratdir.
1-bo’lim «Umumiy qoidalar» deb nomlanadi. Unda ta'lim sog’asidagi davlat siyosatining asosiy printsiplari, bilim olish, pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish xuquqlari, ta'lim muassasasining xuquqiy maqomi, DTS, ta'lim berish tili kabi masalalar o’z ifodasini topgan.
2- bo’limda ta'lim tizimi va turlari mohiyati yoritilgan. Masalan, 9 -moddada ta'lim tizimining mohiyati ifodalangan. Qonunga ko’ra ta'lim tizimimiz quyidagilarni o’z ichiga oladi: Davlat ta'lim standartlariga muvofiq ta'lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta'lim muassasalarini; ta'lim tizimini rivojlanishini ta'minlash uchun zarur bo’lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarni; ta'lim sog’asidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek ularga qarashli korxona, muassasa va tashkilotlarni.
Qonunning 3- bo’limida ta'lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya kilish, 4-bo’limida ta'lim tizimini boshqarish masalalari yoritilgan, 5- bo’limda esa Yakuniy qoidalar ifodalab berilgan.
2020 yil 19 mayda yangi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul
qilingan. Senat tomonidan 2020 yil 7 avgustda ma’qullangan. 2020 yil 23sentyabrda Prezidrnt Sh. Mirziyoyev tomonidan tasdiqlandi (УРК-637).
Qonun 11 bob, 75-moddadan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |