«Qutadg'u bilig» ni nashrga tayyorlagan va tadqiq-tahlil etgan olimlar
Qayum Karimov
1924 Namangan nusxssidan
Asarning bolalarbop varianti
To`la nashri-15 yil davomida tayyorlangan
B.To`xliyev tomonidan yaratilgan
Mutalboyev S.M
Mallayev N.M
Yusuf Xos Hojibning didaktikasi Q.Karimov va Y.Jumaboyevlarning tomonidan har tomonlama tadqiq etilgan.
Asarni tahlil qilganlar
57-chizma
Qutadg’u biligning tadqiqotchilaridan biri B.To’xliyev ta’kidlaganidek, Yusuf Xos Xojib "Komil inson haqida gapirar ekan, kamolotning kator belgilarini ko’rsatib o’tadi. Ularning eng asosiysi aloxida shaxsning o’z manfaatlari, shaxsiy istaklari doirasini yorib chikib, Boshkalar g’ami bilan yashashi, ko’pchilik manfaati uchun fidoyi bo’la bilishdir".Hozirgacha "Qutadg’u bilig" ning Xirot, Koxira, Namangan nusxalari ma’lum bo’lib, Venaga keltirilgan Xirot nusxasini Xerman Vamberi nashr qildi va tarjimasini berdi.1890 yilda V.V.Radlov Vena nusxasining Faksimilesini, 1891 yilda shu Faksimile asosidagi matnini nashr qildiradi.1896 yilda Koxira nusxasi topilgandan so’ng, undan ko’chirma olgach, V.Radlov har ikki nusxani qiyoslab 1910 yilda rus grafikasiga asoslangan to’liq transkripsiyasini nemis tiliga tarjimasi bilan nashr ettirdi. 1913 yilda esa uning uchinchi nusxasi Namanganda topilib, keyinchalik olimlar bu asarni tadqiq etishga kirishdilar.
Demak, Yusuf Xos Xojibning "Qutadg’u bilig" asasarini ilmiy jihatdan o’rganishga juda ko’p olimlar hissa qo’shgan. V.V.Radlov, X.Vamberi, S.E.Malovlar uni tarjima etib, nashr qilgan bo’lsalar V.V.Bartolbd, E.Berishrtels, I.V. Stebleva, O.A. Valitovalar Har tomonlama tadqiq etdilar. Asarning mukammal nashrini tayyorlashda hamda uni tadqiq etishda o’zbek olimlarining xizmati, ayniqsa diqqatga sazovor.
Birinchi bo’lib professor Fitrat 1924 yilda Namangan nusxasini olib kutubxonaga keltiradi va u haqda maqola e’lon qiladi. "Qutadg’u bilig"ning mukammal nashri o’zbek olimi K. Karimov tomonidan amalga oshirildi va tadqiq etildi. Uni tahlil etishda S.M.Mo’talliboyev, N.M. Mallayevlarning ham xizmati katta Yusuf Xos Xojib X asrning tashkil topgan Koraxoniylar xukmronligi davrida yashab ijod etdi. Koraxoniylar Sirdaryodan yettisuvgacha, Shimoli Fargona va butun Sharqiy Turkistonda hukmronligini o’rnatgandan so’ng Movarounnaxrning ichki xududlariga ham kirib borib, Qoshg’ardan tortib Kaspiygacha bo’lgan keng maydonda o’z davlatini tarkib toptirgan edi. Uning markazi Qoshg’ar (Urdukent) bo’lib, shimolda Bolasogun (Ko’zurdu), G’arbda Samarkand, markazidagi Uzgand yirik shaharlardan hisoblanardi. Har bir davlatda bo’lganidek Koraxoniylar davlatining ham idora qilish usuli, yurgizadigan siyosati, qonunlari, tarbiya tamoyillari ifodalangan komus nizomnoma zarur edi.
Yuqorida eslatganimizdek, Yusuf Xos Xojibning asarida inson kamoloti masalasi markaziy masala bo’lib hisoblanadi. Mazkur asarda insonning jamiyat va hayotda tutgan o’rni, burch va vazifalari haqidagi muammolar o’ziga xos bir tarzda bayon etiladi.
Mutafakkir kitobning an’anaviy boshlanmasidan keyinrok insonning xaqikiy baxti bilimda ekanligini bayon etadi. Yana ilm-zakovatning ahamiyati haqida kator boblarda ham fikr yuritishi bilan birga unga alohida boblar ham bag’ishlangan. Lekin olim faqat ilm-ma’rifatning ahamiyatini ko’rsatibgina qolmaydi, u bilim va zakovatning amaliyotdagi o’rnini ham yoritadi.Yusuf Xos Xojibning biz tahlil etgan mazkur asari insonni har tomonlama kamolga yetkazishning barcha masalalari o’zining badiiy ifodasini topgan yirik ta’limiy - ahloqiy dostondir. Olim insonni kamolga yetishi uchun quyidagilarni nazarda tutadi:
1. Aqliy kamolot - bilim va zakovat, o’quvga ega bo’lish.
2. Ahloqiy kamolot.
3. Jismoniy kamolot.
Yusuf Xos Xojib insonning, kamolga yetishining yo’l-yuriklari, usullari, chora-tadbirlarini yuksak badiiy mahorat bilan yoritib beradi. uning uchun ham bu asar o’zining ilmiy , ma’rifiy, tarbiyaviy ahamiyatini shu paytgacha saqlab kelmokda.
Do'stlaringiz bilan baham: |