Tayanch so`z va iboralar
Sharq uyg`onish davri, Xalifa Xorun ar-Rashid (786-833), Ma’mun, "Baytul xikma" (Donishmandlik uyi), ilm markazi, Farg`oniy, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sinolarning umumpedagogik g`oyalari Mahmud Qoshg‘ariy, “Devonu lug‘otit-turk” asari, Yusuf Xos Xojib, “Qutadg‘u bilik” asari – pandnoma asar, Ahmad Yugnakiy, “Hibat ul-haqoyiq”, Kaykovus, “Qobusnoma” asari, Muslihiddin Sa'diy, "Guliston" asari.
Sharq uyg`onish davri va unda ta’lim - tarbiyaning taraqqiy etishi.
Arab xalifaligida yuz bergan ijtimoiy-siysiy o’zgarishlar yagona islom dining tarkib topishi madaniy, ma’naviy hayotga ham ta’sir etdi. Unda katta ko’tarinkilik ruhini paydo qildi. Arab xalifaligida IX asrda vujudga kelgan uyg’onish davri xalifalikning Bog’dod, Damashq va boshqa shaharlarida boshlanib barcha boshqa halqlar madaniy hayotiga tarqalgan bu esa u davlatning ham madaniy rivojlanishiga zamin tayyorlagan. Xalifalik yemirilishi natijasida tashkil topgan mustaqil davlatlardagi madaniy rivojlanish xalifalik davrdagi madaniy rivojlanishning davomi bo’ldi.
Uyg`onish davri IX asrdan boshlab XV - XVI asrlargacha ayrim uzilishlar bilan davom etdi.
Xalifa Xorun ar-Rashid (786-833) va uning o`g`li Ma’mun davrida Bog`dodda "Baytul xikma" (Donishmandlik uyi) tashkil etildi. Bu ilm sohiblarini to`plagan markazga aylandi.
X asrdan boshlab Movaraunnahr va Xurosondagi mustaqil feodal davlatlar - Tohiriylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, Faznaviylar, saljuqiylar, Xorazmshohlar davlatlarining paydo bo`lishi ham madaniy hayotning rivojiga olib keldi.
Somoniylar davrida Rudakiy, Firdavsiy, al-Xorazmiy, al-Forobiy, Beruniy, Ibn Sinolar yashab ijod etdi.
X asrning 2-yarmida tashkil topgan Qoraxoniylar davlatida ilm - fan rivojlanib, turkiy til shakllanib bordi. Xos Xojib, Mahmud Qoshg`ariylar dunyoga mashhur asarlar yaratdilar.
XI asrda Xorazmshohlar davlati tashkil topib, ilm - fan yuksldi. Xorazm shohi Ma’mun o`z saroyiga yirik olimlarni yig`di. U tashkil etgan Baytul hikmada qomusiy olimlar Beruniy, Ibn Sino, tarixchi Miskavayx, riyozatchi Irok kabilar ilm bilan shug`ullangan.
Saljuqiylarda Alp Arslon Muhammad hokimiyati boshqargan davrda uning vaziri Nizom ul Mulk mashhur ma’rifatparvar sifatida dovrug` qozondi. U davlat boshqaruviga oid "Siyosatnoma" asarini yozadi (1091-1092). 1067 yilda Bog`dodda "Nizomiya" madrasasini qurdiradi. 1074 yil O`rta Sharq mamlakatlari uchun kalendar taqvim yaratdi.
Sharq uyg`onish davrida ilm - fan rivojlanishi 3 yo`nalishda bo`ldi:
55-.chizma
Abu Abdulloh Xorazmiyning didaktik qarashlari. Ahmad al-Farg`oniy asarlari. Qomusiy olimlar o’z ilmiy merosida insonning aqliy, axloqiy, jismoniy va estetik takomili masalalariga katta e’tibor berganlar. Masalan, Muhammad Al-Xorazmiy (783-850) insonning kamolga yetishi va insoniy munosabatlarni yo’lga qo’yishda ilm-fanning muhim ahamiyatiga ega ekanligi to’g’risidagi g’oyani ilgari surgan holda pedagogik fikr taraqqiyotida munosib o’rin egallaydi.
Ayniqsa, u matematika sohasida yangilik yaratgan nazariyotchi hamda pedagog-uslubiyotchi olim sifatida tarixda qolgan. Xorazmiy o’z davrigacha bo’lgan qadimiy matematika fani rivojlangan mamlakatlar Vavilion (Bobil), YUnoniston, Hindiston, Xitoy, Misrdagi deyarli barcha matematiklarning kashfiyotlarini o’rgandi va o’zi hayotiy talablar nuqtai nazarida ulardan farq etuvchi yangi kashfiyot yaratdi.
Muhammad al-Xorazmiy ilmiy merosi bilan bilish nazariyasiga o’zining ulkan hissasini qo’shdi. “Al-kitob al-muxtasar fi-hisob al-jabr va-l muqobala” asarida (“aljabr va –l muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”) sonli kvadrat va chiziqli tenglamalar va ularni yechish yo’llarini bayon etadi. Bu asar uch qismdan iboratdir. Birinchisi algebraik qism. Uning oxirida savdo muomalasiga oid kichik bir bo’lim kiritiladi; ikkinchsi, geometrik qism-algebraik usul qo’llab o’lchashlar haqida; uchinchi qism vasiyatlar haqida bo’lib, muallif uni “Vasiyatlar kitobi” deb ataydi.
Muhammad al-Xorazmiy matematika fanida abstraksiya tushunchasini kengaytiradi. Induksiya yo’li bilan umumiy yechish usullarini hal etadi, deduksiya yo’li bilan umumiy usullar yordamida xususiy masalalarni yechadi. “Aljabr va-lmuqobala” asari bilan ham matematika fanini rivojlantirib, o’zidan avvalgi bilimlarni o’rgandi va ularni sintezlashtirdi hamda amalda qo’llash usullarini bayon etdi.
Muhammad al-Xorazmiy o’sha paytlarda amalda uchraydigan barcha chiziqli va kvadrat tenglamalarni jamlab, hozirgi matematik simvol orqali beriladigan quyidagi olti tipga keltirdi:
ax2 h vx(1)
ax2 h s
vx2 h s
x2-vxhs
x2-shvx
x2hvx-s
Mutafakkir ushbu tenglamalarni yechish uchun “Al-jabr” va “al-muqobala” (“tiklash” va “qiyoslash”) amallarini kiritdi. Bu amallarninng mohiyati tenglama hadlarining ishorasini o’zgartirgan holda ularni bir tomondan ikkinchi tomonga o’tkazish va yig’ishdan iboratdir. “Al-jabr” keyinchalik matematika fanining alohida bo’limiga aylandi va “algebra” deb ataladigan bo’ldi. Mazkur amallar yordamida har qanday tenglamani kononlik shakliga, ya’ni asosiy tiplardan biriga keltirib, keyin yechiladi. Bu usul fan olamida muhim ahamiyatga ega edi. SHu asar tufayli “Al-Xorazmiy” nomi lotincha transkripsiyada “Algoritmi” shaklini oldi, keyin “Algoritmus” va nihoyat hozirgi zamon hisoblash matematikasining asosiy tushunchasi “algoritm” (“algorifm”) ga aylandi. U matematikaning nazariy rivojlanishi bilan birga, undan turmushda foydalanish yo’llarini ham berdi. Meros taqsim qilish, vasiyatnomalarni tuzish hamda mol taqsim etish uchun zarur bo’lgan hisoblarni ta’lif etdi.
Muhammad al-Xorazmiyning matematikaga oid ikkinchi kitobi “Hind arifmetikasi haqida kitob” (“Hisob al-hind”)dir. Asar o’nlik tizim raqamlari (1,2.3,4,5,6.7,8,9)ga bag’ishlangan. Mutafakkir hindlarning falakiyot va matematikaga oid “Sindihin” nomli qo’llanmasini o’qib, uning yanglish va qiyin tomonlarini qayta tikladi, uning mundarijasiga yangi boblarni qo’shdi va bu asarni “qisqargan Sindihind” (“Algorizmi hind hisobi haqida”) deb atadi. Mazkur asar faqat Sharqdagina emas, yevropada ham qo’llanma sifatida shuhrat taratdi. U Hindistonda kashf etilgan raqamlarni soddalashtirdi va birinchi marta arab tilida bayon etdi. Ungacha ancha qo’pol sanoq usullaridan foydalanib kelingan. O’nlik tizimining kashf etilishi fan olamida sanoq tizimida inqilobiy o’zgarish deb ta’riflanadi. yevropaga 1,2.3,4,5,6,7,8,9 raqamlaridan foydalanish va nol yordamida eng katta sonlarni yozish va joylarni aniq ko’rsatish X-X1 asrlarda arablardan kirib kelgan.
Muhammad al-Xorazmiy arifmetikaning algoritmlari bo’lgan qo’shish, ayirish, bo’lish hamda ko’paytirish qoidalarini yaratgan. SHuningdek, turli “jins”dagi sonlarni ko’paytirish algoritmini ham bergan. Masalan, minut va sekundlarni bir-biriga ko’paytirish uchun, avvalo bir xil shaklga keltirish, ya’ni, sekund yoki minutga aylantirish maqsadga muvofiq ekanligini ko’rsatgan. Maxsus bobda kasr va ildizdan chiqarish amallarining mohiyatini bayon etgan.
Muhammad al-Xorazmiy o’zining falakiyotga doir ishlarida hindlarning falakiyot jadvallarini tahlil etib, “Xorazmiy ziji” nomi bilan mashhur astronomik jadvallar tuzdi.
Ma’lumotlarga ko’ra VIII-XV asrlarda hammasi bo’lib, yuztacha zij (trigonometriya va falakiyotga oid) jadvallar mavjud bo’lgan. Bu zijlar orasida boshqa olimlar bilan birga Muhammad al-Xorazmiy tuzgan zijlar ham bor edi. Bu kitob ham bir necha asrlar bu soha olimlariga qiziqish uyg’otadi va 1126 yilda latinchaga tarjima qilinadi. Arab tilida birinchi yozilgan sinuslar va tangenslar ziji Xorazmiyga taalluqli. Tadqiqotchilar fanda tekis, uchburchak trigonometriyasi va sferik uchburchak trigonometriyasini tadqiq qilish ham Xorazmiydan boshlangan deyishadi. Uning sinus zijlari latin tiliga o’girilib, yevropa falakiyotchi va geodez olimlariga qo’llanma sifatida xizmat qildi. Allomaning bu asari XII asrda latin tiliga tarjima etilib, bir necha asr davomida undan foydalanib kelindi. Bundan tashqari “Kitob surati-l-ard” (“Yevropa surati kitobi”) birinchi yozilgan geografiyaga oid kitob sanaladi. Bu asar xaritani tavsiflagan asardir. Asar Muhammad al-Xorazmiyning ko’p yillik olib borgan tekshirish-kuzatish ishlarining natijasi edi. Alloma sharq mamlakatlari ustida kuzatishlar olib borib, mamlakat va shaharlarning xaritalarini chizadi, nomlar ro’parasiga uzunlik va kenglik darajalarini ko’rsatadi. U geografiyaga oid asarlarida yerni yetti iqlimga bo’ladi hamda yerning xaritasini chizadi. Olimning to’rt xaritasi (Azov dengizi, Nil daryosi, YAqin va o’rta Sharq xalqlari xaritasi) saqlanib qolgan1. Uning yuqoridagi asari ham Sharq va g’arbda katta hamiyatga egadir.
827 yilda Xorazmiy rahbarligida yer kurrasining kattaligini aniqlash maqsadida yer meridianining bir gradusi o’lchab chiqildi. Bag’dodda yozilgan trigonometriyaga oid dastlabki asar ham Xorazmiyga tegishli bo’lib, unda sinus, tangeneslarning o’zgarish qonuniyati ko’rsatiladi. Uning trigonometrik jadvali o’sha davr jadvalaridan farq qilgan.
Muhammad al-Xorazmiyning tarix va musiqaga oid, quyosh soatlari to’g’risida ham asarlari bo’lib, “Tarix kitobi” (“Kitob at-tarix”) xalifalik tarixiga oid va xalifalikning birinchi tarixchilaridan sanaladi.
Xorozmiy asarlari
|
Ular haqida ma’lumot
|
Al-kitob al-muxtassar fi xisob al-jabr val-muobala
|
(al-jabr almuqobala hisobi haqida qisqacha kitob)
|
"Ziji al-Xorazmiy " (Xorazmiy Ziji)
|
arabcha nusxada saklanmagan. Asarning 1007 yili ispaniyalik arab astronomi Maslama al-Majritiy (X-XI) kayta ishlagan nusxadan XII asarda Adelard Bat bajargan lotincha tajrimaning nusxalari mavjud.
|
("Zaraif min amal Muxammad ibn Musa al-Xorazmiy ta rif as-samt bi-l-asturlob"
|
Asturlab yordamida azimtuni aniqlash. Yagona arabcha qo`lyozmasi Istanbulda Ayo Sufiyo kutubxonasidan 4830/13-raqamli inventar (198-200 varaqlar, xijriy 620 yili ko`chirilgan) raqam bilan saqlanadi. Ruscha tajrimasi nashr etilgan.
|
Kitob ar-ruxama
|
Mramar soat haqida kitob
|
Kitob at-ta rix
|
Tarix kitobi
|
Risola fi istixroj ta rix al-yaxud va a yoxidim)
|
YAxudiylarning yeralari va bayramlari haqida risola. (kadendarga taaluqli.
|
Kitob surati - l - arz
|
"Geografiya" haqida
|
Kitob al-amal bi-l - asturlobot
|
Asturloblar bilan amal tutish xakida kitob
|
56-chizma
|
Shuni ta’kidlash joizki, alloma o’zigacha bo’lgan ilmiy bilimlarning asosiy g’oyalari, tamoyil va metodlarini sintezlashtirdi. U ilmiy bilimlarni o’rganuvchilarning mustaqil bilim olishlariga e’tiborni qaratdi.
Xorazmiy bilim olishda talabaning shaxsiy kuzatishlariga hamda olgan bilimlaridan foydalanishga katta e’tibor berdi. Bunda u ilm izlovchilarning ilmiy manbalarni to’plash, ularni ifodalash va kuzatganlarni tushintira olish malaka va ko’nikmalarini hosil qilishga katta baho berdi. Masalan, “Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va-l muqobala” asarida olimlarni uch guruhga bo’lib shunday yozadi: Ulardan biri o’zidan avvalgilar qilgan ishlarni amalga oshirishda boshqalardan o’zib ketadi va uni o’zidan keyin qoluvchilarga meros qilib qodiradi.
Boshqasi o’zidan avvalgilarning asarlarini sharhlaydi va bu bilan qiyinchiliklarni osonlashtiradi, yopiqni ochadi, yo’lni yoritadi va uni tushunarliroq qiladi. Yoki bu ayrim kitoblarda nuqsonlar topadigan va sochilib yotganni to’playdigan odam bo’lib, u o’zidan avvalgilar haqida yaxshi fikrda bo’ladi, takabburlik qilmaydi va o’zi qilgan ishidan mag’rurlanmaydi.
Muhammad al-Xorazmiyning bu fikri bir tomondan, olimlar faoliyatining ezgulikka xizmat qilishini yoritsa, ikkinchi tomondan, o’sha davrda ilmiy tadqiqot ishlari va o’qitishning metod va vositalaridan qay darajada foydalanganligini ko’rsatadi.
Barcha mutafakkirlar kabi Muhammad al-Xorazmiy ham ko’rgazmali-tajriba metodlari, bilim berishning turli vositalari, savol-javob, malaka va ko’nikmalarni shakllantirish metodlari, bilimlarni sinash metodlaridan foydalangan. Allomaning arifmetikaga oid risolalari tafakkurni rivojlantirish uchun bilimlarni izchil bayon etishga e’tibor berganligini ko’rsatadi. “Men arifmetikaning oddiy va murakkab masalalarini o’z ichiga oluvchi “Aljabr val-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”ni ta’lif qildim, chunki meros taqsim qilishda, vasiyatnoma tuzishda, mol taqsimlashda va adliya ishlarida, savdoda va har qanday bitimlarda, shuningdek, yer o’lchashda, kanallar o’tkazishda, geometriyada va boshqa shunga o’xshash turlicha ishlarda kishilar uchun zarurdir”1. Muhammad al-Xorazmiy bilishni sezgidan mantiqiy tasavvur orqali farq qilish haqida fikr bayon etgan: “sezgi” orqali bilish bu qisman bilish bo’lsa, mantiqiy bilish esa haqiqiy bilimning muhim tomonini namoyon etadi.
Muhammad al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muhim hissa qo’shdi. U birinchilardan bo’lib, sinov-kuzatish va sinov metodlariga asos soldi (samoviy ob’ektlarning harakatini aks ettiruvchi jadval asosida matematik masalalarning algoritm metodida yechishni ishlab chiqdi). U matematik g’oyalar asosida odamlarning hayotiy zarurati yotishini, ilmiy kashfiyotlar odamlarning amaliy talablari asosida paydo bo’lishini asosladi. Masalan, yer ishlari, binolar qurish, kanallar ochish shunday paydo bo’lgan, deydi. U birinchi marta insonlar o’rtasidagi munosabatlarni matematik shakllarda ifodaladi.
Alloma ilmiy faoliyatining metodologik jihatlariga katta ahamiyat berdi.
Sharq uyg`onish davrining mashhur allomalaridan biri Ahmad al-Farg`oniy bo`lib (IX asr), u Bog`doddagi Baytul Hikmada mudarrislik qildi, riyozat, falakkiyot, geografiyaga oid asarlar yaratdi. Uning mashhur "Samoviy harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob"i arab tilida yozilgan dastlabki falakkiyotga oid asar bo`lgan, yana "Astrolyabiy haqida mukammal kitob", "Oy yer ustida yoki uning ostida bo`lgan paytlardagi vaqtlarni o`rganish haqida", "Yetti iqlim hisoboti" kabi asarlar yaratgan.
Abu Nasr Forobiyning asarlaridagi pedagogik fikrlar. Abu Nosr Forobiy (879-950) mashhur faylasuf va allomadir. Uning falsafa, mantiq, psixologiya, musiqa, matematika va boshqalarga oid 160 dan ortiq asarlari ma’lum. U "Al-muallim as-saniy" (ikkinchi muallim", "Sharq Arastusi" nomlariga sazovor bo`lgan. Uning axloq, tarbiya, sha’riyatga oid asarlari ham bor. "Kattalarning aqli haqida", "Ilmning kelib chiqishi va tasnifi", "She’r va qofiyalar haqida", "Baxt saodatga erishuv yo`llari haqida", "Fazilatli xulqlar" kabi asarlari mavjud.
Forobiy o`z falsafiy qarashlarida insonga bilim va tarbiya berishni asoslagan. U kishilarni guruhlarga bo`lgan va bunda ularning diniy mazxabga emas, balki avvalo, akliy iqtidoriga, ilm o`rganish va hayotiy tajriba to`plash jarayonida orttirgan bilim va ko`nikmalariga ahamiyat beradi.
Olimning falsafada insonparvarlik g`oyalari alohida o`rin olgan, har qanday zulm va urushlarni qoralagan. Forobiy muallimlik qilgan. U o`qitishning mazmuni va qonun - qoidalarini amaliy faoliyatida sinab ko`rgan. U fanlarni tasnifini beradi.
Forobiyning axloqiy qarashlari ham g`oyat qimmatlidir. U "Fozil shahar aholisining axloqiy qarashlari", "Ruh madaniyati haqida risola" asarlarida inson barkamol bo`lishi uchun avvalo axloqli bo`lishi zarurligini ta’kidlaydi. Forobiy axloqni 2 guruhga: ezgulik va yomon sifatlarga ajratadi. Insonning eng olijanob fazilati baxtga intilishdir. Haqiqiy baxtga erishish kishilardan yuksak axloqiy munosabatni, hamkorlik, o`zaro yordam va ahil yashashni talab qiladi.
Forobiy ta’lim-tarbiyaga bag’ishlangan asarlarida ta’lim-tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e’tibor berish zarurligi ta’lim-tarbiya usullari va uslublari haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shaxri», «Baxt saodatga erishuv to’g’risida", "Ixso-al-ulum", "Ilmlarning kelib chiqishi", Aql ma’nolari to’g’risda" kabi asarlarida ijtimoiy tarbiyaviy qarashlari o’z ifodasini topgan.
Forobiy "Baxt saodatga erishuv to’g’risida" asarida bilimlarni o’rganish tartibi haqida fikr bayon etgan. Uning ta’kidlashicha, avval bilish zarur bo’lgan ilm o’rganiladi, bu-olam asoslari haqida ilmdir. Uni o’rgangach, tabiiy ilmlarni, tabiiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi bilimlarni o’rganish lozim. Undan so’ng, umuman, jonli tabiat-o’simlik va hayvonlar haqidagi ilm o’rganiladi, deydi.
Forobiy inson kamolotga yolg’iz o’zi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada bo’lish, ularning ko’maklashuvi yoki munosabatlariga muhtoj bo’ladi, deb hisoblaydi.
Forobiy ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi " jamiyat talablariga javob berishra oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi.
Forobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta ta’rif berishrgan olim sanaladi. Ta’lim-degan so’z insonga o’qitish, tushuntirish asosida nazariy. Bilim berish; Tarbiya-nazariy fazilatni, ma’lum hunarni egallash uchun zarur bo’lgan xulq normalarini va amaliy malakalarini o’rgatishdir, deydi olim.
Abu Nasr Forobiy yana aytadi: «Ta’lim-degan so’z halqlar va shaharliklar o’rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu halqlar o’rtasidagi tug’ma fazilat va amaliy kasb xunar fazilatlarini birlashtirish degan so’zdir».
Ta’lim faqat so’z va o’rgatish bilangina bo’ladi. Tarbiya esa, amaliy ish tajriba bilan, ya’ni shu halq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bo’lgan ish-harakat, kasb-xunarga berilgan bo’lishi, o’rganishdir", -deydi.
Forobiy ta’lim-tarbiyada rag’batlantirish, odatlantirish, majbur etish metodlarini ilgari so’rgan. Har ikkala usul ham pirovardida insonni har tomonlama kamolga yetkazish maqsadini ko’zlaydi.
Xulosa qilib aytganda Forobiy pedagogik ta’limotining asosida komil topgan insonni, shakllantirish insonning o’z mohiyati bilan ijtimoiyligi, ya’ni faqat jamiyatda, o’zaro munosabatlar jarayonida komillika erishadi, degan falsafiy qarashi yotadi.
Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sinoning ilmiy-pedagogik qarashlari. Qomusiy olim Abu Rayxon Muhammad ibn Axmad al-Beruniy X asrning ikkinchi yarmi va XI asrning boshlarida, g’oyat murakkab tarixiy davrda yashadi va ijod etdi. Abu Rayxon Beruniy 362 yil 3 zulxijjada (milodiy 973 yil 4 sentyabr) Xorazmning Qiyot shahrida dunyoga keldi. Berun - birun so’zi "tashqari", shahardan tashqarida degan ma’noni anglatadi.
Beruniy xali juda yosh olim bo’lishiga qaramay, Qiyot shaxrida 994-995 yillarda astronomik kuzatishlar o’tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o’zi astronomik asboblar ixtiro etgan. O’sha davrda Xorazmda va Kaspiy oldi viloyatlarida Qobus ibn Vushmagir yosh olimga xayrihohlik ko’rsatadi. SHams al Maoli" ("Oli martabalar quyoshi") laqabi bilan mashhur bo’lgan bu podshohga bag’ishlab Beruniy "qadimgi halqlardan qolgan yodgorliklar" asarini yozadi va unga taqdim etadi. Bu asar Beruniy nomini YAqin va O’rta SHarqqa mashhur qildi.1004 yilda Beruniy Ma’mun II ibn Ma’mun tomonidan Xorazmga chaqirib olinadi va uning yaqin maslahatchisi bo’lib qoladi . Ma’mun davrida Urganchda "Ma’mun akademiyasi" nomli ilmiy markaz tashkil etiladi va u yerda musulmon sharqining yirik olimlari faoliyat ko’rsatadi.
Beruniy bir necha yil noyob metallar va qimmatbaho toshlar ustida kuzatishlar va tajribalar olib boradi va keyinchalik ana shu tadqiqotlar asosida "Mineralogiya" asasarini yaratadi. Beruniyning yana bir muhim asari munajjimlik san’atidan boshlang’ich tushunchalardir. Bu asarda ham u bir necha fanlar yuzasidan dastlabki tushuncha, ma’lumotlar berishrgan.
Ma’lumki, Maxmud G’aznaviy Xindistonga qarshi bosqinchilik yurishlarini olib borgan. Ana yurishlarning birida Beruniy ham G’aznaviyga hamrox bo’lib bordi. U sanskrit (eski xind tilini) bilganligi xind halqi madaniyati, adabiyoti va san’ati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo’ldi va bu mehnatlari natijasida 1030 yilda o’zining SHarq va G’arbda keng e’tirof qilingan mashhur "Xindiston" asarini yaratadi. Kitobning to’liq nomi "Kitobu fi taxkiki molil Xind ma’kulatin makbo’latin fil Aqli av marzulatin", ya’ni "Xindlarning sig’adigan sig’maydigan ta’limot asarini aniqlash kitobi" bo’lib, o’qishga qulay bo’lishligi uchun qisqacha "Taxkiku mo-mil Xind"-(“Xindistonga oid tadkiqotlar" yoki "Xindiston") deb yuritiladi.
Beruniy astranomiyaga oid "Al - qonun al - Mas’udy" ("Mas’ud qonuni”) nomli yirik asarni shox Mas’udga bag’ishlaydi. Beruniy yana "qimmatbaho toshlarni bilib olish bo’yicha ma’lumotlar to’plami" ("Mineralogiya"), "Dorivor o’simliklar haqida kitob” asarlarini ham yozdi. "Mineralogiya" sharqdagina emas, yevropada ham qimmatbaho toshlarni ishlash usullarini va ular bilan savdo qilish qonunlarni o’rganish. yer osti boyliklarini tekshirish haqida ma’lumot bersa, "Saidona" nomi bilan mashhur bo’lgan keyingi asarda SHarqdagi dorivor o’simliklarning tavsifi bayon qilingan. Mutafakir ilgari --surgan ahloqiy hislatlardan yana biri adolatdir. U jamiyatda adolat o’rnatish ,uni yovuzliklardan xalos etish uchun dono, adolatli xukmdor bo’lish kerak deydi. Beruniy insonni kamolotga yetkazuvchi hislatlardan yana biri olijanoblik deb ko’rsatadi. Olijanoblikning mazmuni yaxshilik tashkil etadi. Bunda olim inson sifatida muamola qilishni nazarida tutadi.
Eng muhim mutafakir inson kamolotida mehnat va mehnat tarbiyasi haqida muhim fikrlarni bayon etadi. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta’kidlaydi. Bu hozirgi davr pedagogikasi e’tirof qiluvchi irsiyat, muhim tarbiyadir. Beruniy inson har tomonlama kamolotga yetish uchun u ilmiy bilishi bilan birga mehnatsevar va xunar egasi bo’lish kerak deydi. Zero, uning o’zi ham xaqikiy komil insonga xos hislatlarga ega ekanligini, hayoti va ijodiy faoliyati, yozgan asarlari bilan isbotlab, kelajak avlodlarga katta ma’naviy meros qoldirdi.
SHarqda "SHayx ar - Rais" nomi bilan mashhur bo’lgan allomalardan biri o’rta asr buyuk mutafakkiri Abu Ali ibn Sinodir. Ibn Sino ham boshqa zamondosh Qomusiy olimlar qatori matematika, astronomiya, fizika, «kimyo, biologiya, tibbiyot, dorishunoslik, ruhshunoslik ,fiziologiya, falsafa, filologiya, ta’lim-tarbiya sohalarida ijod etgan va dunyoga mashhyp yirik asarlar meros qoldirgan olim.
Abu Ali Ibn Sino 980 yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida kichik amaldor oilasida dunyoga keladi. Keyinroq uning oilasi Buxoroga ko’chib o’tgach, u boshlang’ich maktabda o’qiy boshlaydi. Undagi tug’ma qobiliyat, o’tkir zehn, kuchli xotira o’zaro birikib ketgan edi. Ibn Sinoning otasi Abdullox xamda uning do’stlari bilimdon kishilar bo’lib, ularning ilmiy munozara o’tadigan oilaviy muhim yosh Ibn Sinoga ham ta’sir etadi. Shu bilan birga uning bolalik va usmirlik yillari o’tgan Buxoro shaxri Somoniylar davrining yirik madaniy markazi hisoblanar edi. Buxoroda ko’plab Madrasa, kasalxona nodir kitoblar saqlanadigan kutubxona bo’lgan. Jahonning turli mamlakatlaridan kelgan olimlarning munozaralarida yosh Ibn Sino ham qatnashib, turli fanlarga bilimlarini chuqurlashtirib borgan. U ustozlaridan hind hisobi, fiqxdan bilim olgan. Keyin esa faylasuf Abu Abdullox Notiliydan falsafa mantik, xandasa va boshqa fanlardan ta’lim oladi. Shundan so’ng Ibn Sino o’zi mustaqil holda barcha fanlar bilan shug’ullana boshlaydi. U Ayniqsa tip ilmini chuqur egallab oladi, bu sohada unga ta’lim berishgan kishi buxorolik Abu Mansur Kamariy bo’ldi. Ibn Sino so’ngra falsafani o’rganishga kirishadi. Ayniqsa, Arestotel falsafasini, uning “Metafizika" asari mohiyatini buyuk mutafakkir Abu Nars Forobiyning yozgan sharxi tufayli to’liq o’zlashtirib oladi.
X asr oxiri - XI asr boshlariga kelib, o’lkada siyosiy-ijtimoiy vaziyat murakkablashadi. SHu tufayli Ibn Sino Xorazmga - Urganchga ko’chib o’tadi. Xorazmda u bir qator olimlar bilan hamkorlikda Abu Rayxon Beruniy boshqarayotgan "Ma’mun akademiyasida" ilmiy ish bilan shug’ullana boshlaydi. Xorazmda o’zining yirik asari - "Tib qonunlari" , "Ash-SHifo kitoblari ustida ish olib boradi.
Ma’lumki, Ibn Sino ham boshqa mutafakkirlar kabi o’zining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan bog’liq holda ifodalagan, maxsus risolalarda talkin etgan. SHuningdek, fanlarni tasnif etadi. Bunda u birinchi o’ringa tibbiyot fanlarini qo’yadi. Falsafani esa ikki guruhga , ya’ni nazariy va amaliy guruhlarga bo’ladi. Nazariy guruh kishilarni o’zidan tashqaridagi borlik holati haqidagi bilimlarni egallashga yo’llasa, amaliy qism bizga bu duneda nima qilishimiz kerakligini o’rgatadi deydi.
U birinchi o’ringa etika, iqtisod, siyosatni kiritadi. Ikkinchi guruhga fizika, matematika, metafizika, dune qonuniyatlarini o’rganuvchi barcha fanlarni kiritadi.
Abu Ali Ibn Sino kamolotga erishishning birinchi mezoni sanalgan ma’rifatni egallashga dav’at etadi. CHunki ilm-fan insonga xizmat qilib, tabiat qonuniyatlarini ochib avlodlarga yetkazishi kerak. Bu maqsadga yetishish uchun inson kiyinchiliklardan qo’rqmasligi zarur, deydi. "Ey birodarlar! “Odamlarning botiri mushkulotdan qo’rqmaydi. Kamolot hosil qilishdan bosh tortgan kishi odamlarning eng qo’rqog’idir".
Talabaga bilim berish o’qituvchining mas’uliyatli burchidir. Shunga ko’ra Ibn Sino o’qituvchining qanday bo’lishi kerakligi haqida fikr yuritar ekan, shunday yo’l-yo`riqlar beradi. Bular quyidagilardan iborat:
- bolalar bilan muomalada bosik, jiddiy bo’lish;
- berilayotgan bilimning talabalar qanday o’zlashtirib olayotganiga e’tibor berishi.
- ta’limda turli metod va shakllardan foydalanish;
- talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilishi;
- fanga qiziqtira olishi;
- berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olishi;
- bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berishi;
- Har bir so’zning bolalar hissiyotini uyg’otish darajasida bo’lishiga erishish zarur, deydi olim.
Ibn Sinoning tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy tarbiya masalalariga keng o’rin berilgan. CHunki inson avvalo oilada kamolotga yetadi. Olim oilada ota-onaning vazifasi va burchiga katta e’tibor beradi. Oila munosabatlariga to’xtalar ekan, ayniqsa ota-onalarning oilada mehnat sevarligi bilan farzandlarini ham kasb va xunarga o’rgatishi borasida muhim fikrlar bayon etadi. Insonning xulqi va ruhiga mehnatning ijobiy ta’sirini ta’kidlash bilan bir qatorda turli kasb egalari xunarmand, dexqonlar mehnatini ulug’laydi va qimorboz, sudxo’r kabilarni qoralaydi. U mehnatsiz hayot kechirish insonga ham ruhiy tomondan salbiy ta’sir etishini to’g’ri talqin etadi.
Ibn Sinoning ta’lim-tarbiyaviy qarashlarida insonning ham aqliy, ham ahloqiy-estetik hamda jismoniy tomondan rivojlanishi uning kamolga yetishining asosiy mezoni sifatida talqin etiladi.
Tarbiya tizimiga jismoniy tarbiyaning kiritilishi esa Ibn Sinoning tarbiya sohasidagi katta xizmatlaridan bo’lib hisoblanadi.
Ibn Sino inson kamolotida aqliy, ahloqiy, jisomoniy tarbiyaning o’zaro aloqada amalga oshirishning ilmiy ta’limotini, usullarini yaratib, ta’lim-tarbiya sohasida o’z o’rniga ega bo’ldi.
Olimning buyuk xizmatlaridan biri shundaki u insonning mehnati, qobiliyati, aql-zakovatini ulug’laydi, undagi qudratga ishonadi, inson tafakkurining tantana qilishi kerakligini tinmay targ’ib qildi.
Ibn Sinoning inson kamolotida ta’lim-tarbiyaning ahamiyatiga oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarkibidagina emas, balki mustaqil risolalarida ahloqiy masalalarni chuqur ilmiy-amaliy jihatdan ifodalagan , ilm-fan sohasida tarbiyashunos olim sifatida ham tadkik etish, o’rganish navbatdagi vazifalardan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |