Muammoli pedagogik vaziyatni yeching
O`quvchi she`rni yaxshi ayta turib, birdan to`xtab qoldi, yana boshladi va to`xtadi. So`ngra yig`lab «Yodlagan edim», dedi. O`qituvchi «Mayli hayajonlanma, Dilbar javob bersin, keyin aytib berasan», -dedi.
O`quvchi o`zini tutib olib she`rni to`xtamay aytib berdi. O`qituvchi 5 baho qo`ydi.
Darsdan sung darsni kuzatgan talabalar o`rtasida bahoni oshirib qo`ymadimikin degan munozara boshlandi. O`qituvchi esa, men bahoni tushira olmayman, u juda intiluvchan, harakatchan, lekin doskada hayajonlanib qoladi. Masalan, Anvar shunday xato qilsa kechirmayman, chunki u o`qimagan bo`ladi.
O`qituvchi haqmi? Bu erda qaysi ta`lim principi qo`llanilayapti?
Quyidagi pedagogik vaziyatli masalalarni o’qing, unga javob bering va javobingizni izohlang.
1- masala. Bir ayol shunday fikr bildiradi: «Bizning oilamizda har xil ixtisosdagi kishilar bor. Тurmush o’rtog’im - muhandis, men- muxbir, otam- hisobchi, onam- tikuvchi. Ishonamanki, qizim har tomonlama rivojlangan odam bo’lib yetishadi».
Do'stlaringiz bilan baham: |